13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriysoxta xatini uning qo‘l yozuvini mulohaza qilmasdan yuborg‘an va bu kungacha bu sirniqutidor, Kumushbibilar tomonidan sezilib qolishidan qo‘rqib kelmakda edi. Endi bu ikkinchisoxta xatni yozdirishda garchi hozir Otabekning qo‘lyozmasi o‘z qo‘lida bo‘lsa ham yanaqo‘rqunchi yo‘q emas edi. Endigi xatni nihoyatda ehtiyot bilan nusxaga qarab yozdirishniko‘nglidan o‘tkazdi-da, yana qaysi to‘g‘ridadir uzoq o‘ylab olg‘ach, Sodiqqa dedi:— Inim Sodiqboy, sizga ham yana katta bir xizmat bor, basharti...— Kishining xizmatidan qochqan yigit emasman!Homid Sodiq bilan Jannat opag‘a qarab oldi va: — Shundoqmi? — debishonmag‘ansumon takror so‘radi, undan ijobiy javob olg‘ach, yonini kavlashdira berib: —Jannat opa, — dedi Sodiq horib qorni ochib kelgan ko‘rinadir, man ham ertadan beritomoq yegan emasman, biz Sodiq bilan so‘zlashib o‘ltursak-da, siz mana shu pulgaguzardan chiqib bir chorak1 et keltirib, sho‘rba qilib bersangiz. — Jannat opa paranjisiniyopinib etka ketdi, so‘ngra Homid Sodiqdan takror so‘radi:— Kishining xizmatidan qochqan yigit emasman, deng-chi? — negadir HomidSodiqning takror-takror: «qochqon odam emasman, sinamasdan xizmatini aytabering»,deyishiga ishonmas edi. Nihoyat:— Basharti sizga buyuradirg‘an xizmatim bu kungacha qilg‘an ishlaringizdan tamomanboshqa va og‘ir bo‘lsa-chi», — dedi. Sodiq Homidning maqsadig‘a tushungandek bo‘ldi vao‘ylab turmay:— Odam o‘ldirishmi? — deb so‘radi. Homid Sodiqqa ishonmag‘ani holda bir daqiqachamasi qarab turdi, so‘ngra tevaragiga alang‘lab olg‘ach, hazil tariqasida:— Basharti odam o‘ldirish bo‘lsa-chi? — deb so‘radi.— Bu kungacha ikkitasini joylashdirdim, uchunchiga o‘tsa nima qiladi? — dedi Sodiq vamag‘rur kulib qo‘ydi. Bu so‘zdan so‘ng Homid ustidagi yukni otqandek so‘lish olib qo‘yg‘anedi.— Man kishining xizmatini unutaturg‘an yigit emasman, — dedi Homid va davom qildi,— o‘g‘ul bola uchun o‘g‘ul bolalig‘im, yomon uchun yomonlig‘im bor, basharti shu xizmatnibajarib berishni bo‘yningga olsang, ond bilan aytamanki, davlatimning yarmisi sanikibo‘lsin!Sodiq o‘lturgan joydan qo‘lini Homidga uzatib «qaytmaysizmi?» deb so‘radi. Homidqo‘lini olib «so‘z ham bir, xudo ham bir» javobini berdi.Shu kunning ertasidan boshlab, Sodiq qutidorning eshik oldi tevaragida Otabeknikutmakchi, ul kelib yo‘lakka kirdi deguncha orqadan borib uning ishini saranjomlamoqchiedi. Sodiqning fikricha, bu ishni darbozadan tashqarida bajarish muvofiq bo‘lsa ham, nimauchundir Homid bunga ko‘nmay qutidorning uzun qorong‘i yo‘lagini qulay bilmish edi.Sodiqning «qay vaqtda kelar ekan?» savoliga:— Albatta, shaharning darbozasi ertalab ochilib, shom bilan yopiladir, gumonimchaertalab Qo‘qondan chiqsa, asr vaqtlarida Marg‘ilong‘a kiradir, — dedi va so‘z oxirida oradaso‘zlanib o‘tilgan shartni yana ta’kidladi.— Yaxshi o‘yla, Sodiq. Olam hodis qo‘lg‘a tushib qolsang, so‘roq kezida aybni faqat o‘zbo‘yningga olib, orag‘a meni qotishtirmaysan.— Xotirjam’ bo‘ling, Sodiq deganingiz bunday xumsalikni jallodning qo‘lida hamqilmas, azbaroyi xudo.— Undan so‘ng ikkinchi shart: bu sir faqat ikkimizning oramizdag‘ina qoladir, o‘zingham sezgan bo‘lsang kerakkim, Jannat opani etka ovora qilishim uni ham bu sirdantashqarida tutish uchun edi.— Ko‘nglingizni mendan juda to‘q tutabering, aka! Avg‘oni xanjaringizni beramandegan edingiz-a?— Sho‘rba pishguncha kelturaman, — dedi Homid va ketdi.99

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!