13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyqayin otam juda siyrak xabardor bo‘ldi. Shundog‘ ham bo‘lsa bu janjallar goho uningqulog‘ig‘a yetib qolar va biz ikki yov uning oldig‘a chaqirilib nasihatini eshitar va lekin yanayomonlig‘imizdan qolmas edik. Siz ranjisangiz ham aytay: qayin otamni o‘z dadamdan hamyaxshi ko‘raman. Bu yaxshi ko‘rishim kuyavingizning dadasi bo‘lg‘ani uchun emas, balkiuning nur ichiga cho‘milg‘andek bo‘lib ko‘ringan siymosini, oyim deb xitob qilg‘andagimuloyim, beozor va muassir2 so‘zini yaxshi ko‘raman. Ul nasihat uchun og‘iz ochsavujudim erib ketkandek va bir turluk uxlab huzurlang‘andek. Qisqasi, Zaynab bilanjanjallashishning o‘zi bir huzur va janjaldan bo‘shalg‘ach, qayin otamning qarshisig‘ao‘lturib nasihat eshitish undan ham yaxshi huzur... Siz manim telba so‘zlarimdanachchig‘lanmang. Agar bu gapimning to‘g‘rilig‘ini bilmakchi bo‘lsangiz, Toshkandkelingizda, qayin otamning nasihatini o‘z qulog‘ingiz bilan eshiting-da, undan keyinso‘zimga qiymat bering.Shu yo‘sun Zaynab bilan uyatsizcha ko‘b olishdiq, bu it-mushuklikdan biz zerikmasakda,kuyavingizning jonidan to‘ydirayozdiq. Mundan bir muncha ilgari ul biz ikkikundashning yuzimizga: «Agar shu holda davom etabersalaring ikavlaringga ham barobarjavob berib qutilaman!» dedi. Uning bu tahdidi ikkimizga emas, balki bittamizgagina xosedi. Men bu tahdiddan albatta qo‘rqmadim, ammo «Zaynab tushunib qolmasa yaxshi edi»,deb qo‘rqdim. Darvoqi’ natija men qo‘rqqancha bo‘ldi. Zaynab bu tahdiddan so‘ngonasining uyiga arazlagannamo ketib qoldi. Ulardan ham yaxshig‘ina dakki yegan bo‘lsakerak, bir necha kundan so‘ng yovoshqina bo‘lib qaytib keldi. Endi shu voqi’aga ikki oychamasi vaqt o‘tdi va lekin oramizdan janjal chiqmadi. Men jo‘rttaga ba’zi gaplarniteskarilikka olib ko‘rsam ham ul churq etmaydir. Uning bu holi ersa manim uchun yaxshiemas, ul yana ko‘b vaqt bizning oramizda tikan bo‘lmoqchi...Kelasi oydan juda yuragim uyushadir... Kechalari ko‘kka qarab kelasi oy shu <strong>kunlar</strong>dayorug‘ dunyoda bormanmi, yo‘qmanmi deyman... Oysha buvim marhum bo‘lmag‘anda shuoy ichi o‘zingiz Toshkandga yetib kelar edingiz. Aza hamma vaqt topiladi desangiz,qizingizning ko‘ngli uchun hali ham kelganingiz yaxshi. Dadamga manim arzimni aytsangiz,albatta qaytarmas. Mendan dadamga behad salom. Kelasi oydan qo‘rqaman...Ko‘rishalmasak mendan rozi bo‘ling, dadam va boshqa yoru do‘slar ham. Kumush yozdim.Toshkand, 1269-inchi yil 1-qavs1 oyida».Kumush o‘z xatida yozg‘anidek, darhaqiqat, Zaynab shu keyingi <strong>kunlar</strong>da yovoshkatortqan, o‘n og‘izg‘a bir og‘iz so‘z qaytarmas, tinchkina, muloyimgina, ya’ni mundan bir yilburung‘icha edi. Qayin ona tarafidan «Opangning ko‘zi yorir vaqti yetdi, o‘choqboshiishlaringni endi o‘z qo‘lingg‘a ol!» deb qiling‘an taklifni mamnuniyat bilan qabul etib, hattoOybodoq onani ham o‘choqboshi yumishidan xalos eta yozg‘an, unga faqat havli supurish,uy yig‘ish va shunga o‘xshash mayda ishlarnigina qoldirg‘an edi. Zaynabdagi bu o‘zgarishfaqat haligi taraf bilangina qolmay, eri to‘g‘risida ham shundog‘ edi. Otabek o‘z yonig‘akirsa — kirdingmi demas va kirmasa — kirmading demas edi. Erining ba’zi bir samimiyatiqorong‘uroq muomalalariga qarshi Zaynab ham muhmalrak qilib kulib qo‘yar edi.* * *Oy tug‘ib, mo‘ljal yaqin yetdi. Marg‘ilondan ham Oftob oyimning yo‘lg‘a chiqish xabarikeldi. Lekin Kumushda ma’lum og‘riq boshlang‘an edi. Og‘riqning birinchi kuni Kumushhech kimga sezdirmay yurdi. Ammo ikkinchi kun buni boshlab Otabek, undan keyin O‘zbekoyim sezdi. Otabek ma’lum xavf ostida bu sirdan kishiga og‘iz ochish uchun o‘zida majoltopmasa ham, O‘zbek oyim darrav Hasanalini mundan olti oy ilgari belgulanib qo‘yilg‘andoya xoting‘a yugurtirdi.Doya kelgandan so‘ng ichkari havli erkak zotidan tozalandi. Kumushni o‘qtin-o‘qtinog‘riq ushlamakda, doya xotin va O‘zbek oyim unga o‘zlari bilgan udimlar bilan205

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!