13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriysovug‘ig‘a iltifot etmas, vujudini izg‘iriqqa topshirib, fikrini hujra ichiga yuborg‘an edi. Hujraichiga bir muncha quloq solib o‘lturgandan keyin, uzun tin olib boshini tirqishdan uzdi,Otabekning pishillab uxlag‘an tovshini eshitib bir darajada tinchlandi. Vasvasadanariyozg‘an bo‘lsa ham o‘rnidan qo‘zg‘almadi, nima uchundir tag‘in ham sovuqqa junjibo‘ltira berdi. Oradan yana bir necha daqiqa fursat o‘tib, Hasanali tamom tinchlandi, hamturib ketmakchi bo‘ldi va shu holatda ichkaridan uyqusirash eshitdi:— «Qora ko‘zlari, kamon qoshlari...»— A-a-a, — dedi Hasanali va qaytadan qulog‘ini tirqishg‘a olib bordi. Endi uning butunborlig‘i quloq bo‘lib aylangan, o‘zini unutib barcha diqqati hujra ichiga oqg‘an edi. O‘rtadanko‘b fursat o‘tmadi, boyag‘i uyqusirash yana takrorlandi:— «Oy kabi yuzlar, kulib boqishlar, cho‘chib qochishlar... Uff».Hasanali uchun birinchida onglashilmay qolg‘an ma’nolar bu keyingi gap bilan yeshildi.Hasanali endigi o‘lturishni ortiqcha topib o‘rnidan turdi, hujrasiga kirar ekan, boshinichayqab o‘zicha so‘zlandi:— Bek oshiq!O‘rni ustiga choponini yopdi-da, ko‘rpasi ichiga kirib o‘lturdi va «chindan oshiqmi?»degan savolni ko‘nglidan kechirdi. Tanish bo‘lmag‘an bir shaharda kimning bo‘lsa hamqizig‘a uchrashsin, besh-olti kun ichida bu yanglig‘ uyquda ham... masalaga bu jihat bilanqarab bekning ishqig‘a ishongusi kelmas edi. Ammo ikkinchi tomondan qulog‘i ostidabekning o‘z og‘zidan eshitilgan— «kulib boqishlar, cho‘chib qochishlar...» jumlalaritakrorlang‘andek bo‘lib xo‘jazodasidagi bir necha kunlik o‘zgarishka muhabbatdan boshqahodisa, deb ma’no beralmas edi. Bu ikki turlik masalalarning o‘ng-tersini aylandiribmuhokama qildi va o‘lchadi. Hasanalining o‘zi tarozuning ishonmasliq pallasida bo‘lsa ham— «kulib boqishlar, cho‘chib qochishlar» hamon quloqlari ostida takrorlanar edilar. Tuntong otarg‘a yaqinlashg‘an, uning uyquliq miyasi hech bir turlik bu muammoni yeshabilmas edi. Ko‘b o‘ylasa ham bir qarorg‘a kela olmadi. Ammo ertaga bekning o‘zini sinabko‘rmakchi bo‘lib ko‘zi uyqug‘a ketdi.4. MARG‘ILON HAVOSI YOQMADIErtalabki choy hozirlang‘an. Otabek xomush o‘lturub, Hasanali ersa uning holini ta’qibetmakda edi. Oradag‘i so‘zsizlik bir piyoladan choy ichkuncha buzilmadi. Oxirida HasanaliOtabekning tusiga bir necha qayta ko‘tarilib qo‘ydi.— Bir necha kundan beri xomushroq ko‘rinasizmi?Otabek savol tashlag‘uchig‘a qarab oldi va tasdiq ishorasini berib:— Bilmadim, — dedi va bir oz to‘xtab izoh berdi. — Xomushligim sizga ham sezildimi,bilmadim... Mar-g‘ilon havosi mizojimga to‘g‘ri kelmaganga o‘xshaydir...— Aytkaningizdek, — dedi Hasanali. — Marg‘ilonning havosi buziq ekan, bir-ikkikundan beri manim ham ahvolim o‘zgarib boshladi. Marg‘ilondan tez jo‘namasaq men hamishdan chiqadirg‘an o‘xshayman...Bu gapdan keyin Hasanalining ko‘zi bekka tikilgan edi, agar tundagi uyqusirashHasanalining o‘ylag‘an ehtimoliga to‘g‘ri kelsa, o‘zining haligi so‘zi Otabekka bir o‘zgarishberishida shubha qilmas edi.Otabek boshi berk ko‘chada qolg‘ondek bo‘ldi, javobg‘a qiynaldi:— Ketamiz, — dedi bir oz o‘ylang‘andan keyin, — mol baholari to‘g‘risida bitishaolmay turamiz — olg‘uchilar arzon so‘raydirlar. Shuning uchun tag‘in bir necha kunqolishimizg‘a to‘g‘ri kelarmikin. Bilmadim...Hasanalining sinashi nihoyatiga yetkandek bo‘ldi, hatto yuqoridag‘i javobni eshitkanvaqtida nima uchundir o‘zini bir turlik kulgidan arang to‘xtatib qolg‘an edi. Yana o‘rtadaxomushlik hukm surib, Hasanali ishni tuzikroq ochish va yo shu ko‘yi qoldirib ketaberish11

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!