13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyuning butun o‘rda va xazina, ashyo va yaroqlarini manim qo‘limg‘a topshirishi bu fikrimnibo‘shka chiqardi. Yusufbek hoji nihoyatda ta’masiz, xalq manfaatini kuzatkuchi bir odamekan. Binoan alayhi1 uning to‘risidag‘i bizning sui zanlarimiz2 xato bo‘lib chiqadir. UningAzizbekka qarshi xalqni oyoqlandirishi ham bizning Toshkanddan jo‘nashimizning ikkinchikuni Azizbekning nechog‘liq siqilg‘an xalq ustiga o‘ttuz ikki tangadan chochkan solig‘ibo‘libdur. Toshkand xalqi Azizbekning hiylasiga aldanib, bizga yog‘iyliq qilg‘ani uchunpushaymon va uning zulmidan qutilg‘ani vajdan xursanddir.Men Yusufbek hojining bunchalik katta xizmati evaziga xon hazratidan ulug‘ birmartaba olib berishka va’da bergan edim. Ul bunga qarshi uzr aytib, Toshkandga insoflikbir bek belgulansa, manim uchun kifoya, dedi. Uning xon janobidan kutkan bir marhamatibor ekankim, shu yaqinda savdo bila Marg‘ilonda yurgan yolg‘iz o‘g‘lini nomalum bir sababila O‘tabboy qushbegining qamag‘anlig‘ini eshitibdir. Uning bu xizmatini birar mukofotkaarzigulik ko‘rsalar, o‘shal qamoqda bo‘lg‘an o‘g‘lini ozod etmas uchun xon hazratlariningiladirg‘an inoyatlari har bir narsadan ham unga azizroq bir mukofot bo‘lur. Faqatqulingizcha ham Yusufbek hojining davlatimiz ustiga qo‘yg‘an bu minnati kichkina gapemasdir. Binoan alayhi uning o‘g‘li garchi o‘lim jazosig‘a sazovor bo‘lsa ham, marhamatishohonaning jo‘shg‘a keltirilishi biz navqarlariga ham muvofiq ko‘riladir. VaqtinchaToshkand bekligiga Qo‘shdodqoni belgulab, yoniga bir muncha sipohlar berdim. O‘zimAzizbekni olib tezda xizmatlariga yursam kerak, Normuhammad qushbegi, muhr”.Musulmonqul maktubni tugatdi-da, uyatsiz ravishda Otabekka qarab iljaydi va hudaychigabuyurdi.— Ikkita zarrin to‘n keltir!Otabekning mo‘jiza qabilidan so‘ng daqiqalarida ikkinchi qayta qutilishni ko‘rganO‘tabboy qushbegi beixtiyor yoqasini ushladi. Xudoyorxon ham yirtqich qayinotasiningchangalidan qutilg‘anini tabrik qil-g‘andek Otabekka kulib boqdi.Musulmonqul oqsoqlanib, o‘z qo‘li bilan Otabekka zarrin to‘n kiyguzar ekan:— Otangizning katta xizmati soyasida o‘limdan qutilg‘aningizdek zarrin to‘nliq hambo‘ldingiz, — deb yana bir qayta uyatsizlandi.Tag‘in bir necha kun turib qaytmoq uchun Otabek Marg‘ilong‘a, Hasanali ota Yusufbekhojini tinchitish uchun Toshkandga jo‘nadilar.Birinchi bo‘limining so‘ngg‘iU Z RRo‘mon deb sizga taqdim qilingan bu narsa dunyog‘a kelishi bilanoq baxtsizlikkauchray boshlag‘an edi: besh yillab bosila olmay yotdi. Nihoyat, bu kun bosilishi muyassarbo‘lg‘anida ham turlik zarbalarga uchradi; imlosi uch-to‘rtta imlochilarimiz tomonidantuzatilib (!) ajoyib bir quroq holiga keldi, musahhihlarimizning musohalalari2 orqasidatexnika jihati ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan bir yo‘sunda chiqdi. Bularning sababi bosilishchog‘ida o‘zimning hozir bo‘la olmag‘anlig‘im bo‘ldi. Ammo bu o‘rinda o‘zimning jaholatimto‘g‘risida aytib turishni lozim ko‘rmayman-da, faqat o‘qug‘uchilarning afvularini so‘rayman.Ro‘monning ikkinchi bo‘limini bunday xatolardan sof bo‘la olishig‘a va’da beraolmasam-da, ammo bosilish taqdiri noshir qo‘lida bo‘lg‘anlig‘ini bildirib qo‘yaman.Ikkinchi bo‘limAzizbek Toshkanddan jo‘natildi. Uning yeriga Qo‘qondan Normuhammad qushbegibelgulanib keldi.Azizbekni qo‘lg‘a tushurib berish bilan qipchoqlar nazdida ham Yusufbek hojiningqadru qiymati yuqorilang‘an edi. Ammo o‘zining mansab suymasligi vajhidan yana eskicha68

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!