13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Xushvaqt bo‘linglar, aylanay, qix... — dedi xotin va Kumushka qarab davom etdi, —anuv kungi so‘zingiz bilan yo‘ldan qayrilib kirgan edim. Ertaga o‘g‘lim Toshkandjo‘namoqchi, otangizning xat-patlari bo‘lsa... qix.Kumush javob berish o‘rniga onasig‘a qaradi. Qizining qarashidag‘i ma’noga tushunganOftob oyim «yuboraturg‘an xatimiz yo‘qdir», deb javob bedi. Bu so‘z bilan puchuq xoting‘ilt etib Kumushka qarab qo‘ydi. Kumush onasini unga xabarsiz ko‘rsatib javob berdi:— Otamning xatlari yo‘q, meniki bor, ozg‘ina kutishka vaqtingiz bo‘lsa, yozib beraredim.Puchuqning kelishidan maqsadi faqat shu yozib beriladirgan xatgina edi. Kumushningo‘tinchi unga moy kabi yoqib tushdi:— Yozib bering aylanay, poshsha qiz, boraturg‘an joyimdan kechiksam-da, savobi borku,qix... — dedi. Kumush xotindan minnatdor bo‘lib uyiga xat yozish uchun kirdi.* * *Yuqorida Otabek tomonidan oling‘an maktubning haqiqati mana shu yo‘sunxiyonatning natijasi edikim, biz endi xiyonat qahramonlari bilan o‘qug‘uchini tanishdiramiz.6. ISITMA ORASIDASaratonning ikkinchi kuni... Marg‘ilonning shimolida bo‘lg‘an B... mahallasiningkunchiqar tomonida janubga qarab burulg‘an tor ko‘chaning yuqorig‘i burchagida otiningtizginini ushlagani holda bir yigit kiyimiga o‘lturgan chang-to‘zonlarini qoqar edi. Yigitninguzoqqina yo‘ldan kelganligi, uning kiprak va qoshlarig‘a, ham endigina chiqa boshlag‘ansoqol-murtlariga o‘lturg‘an to‘zonlardan bilgulik edi. Yigirma ikki yoshlar chamasida bo‘lg‘anbu yigit sariq tanlik, ukkining ko‘zidek chaqchayib, o‘ynab va yonib turg‘an qizil ko‘zlik,yuziga parchinlangandek yuza (puchuq) burunlik, manglayi qancha tashqarig‘a o‘sibchiqg‘an bo‘lsa, yuzi o‘shancha ichkariga ketkan, qisqasi vaqtsizroq yaratilib qolg‘an birmaxluq edi. Burchakda yerdan ikki yarim gazlar yuksalikda kunbotishg‘a qaratib qurilg‘anikkita ko‘rimsiz bir betlik eshiklar yuzlariga yopiq holda edilar.Ma’lum yigit boshidag‘i qalpog‘ini qo‘lig‘a oldida, haligi eshiklarning o‘ngtomonidag‘isini ochib, oti bilan ichkariga yurdi. Eshik ortiqcha tor bo‘lg‘ani uchun otsiqilibkina o‘tdi-da, endi uzung‘ina usti ochiq yo‘lak boshlandi. Yo‘lakdan so‘ng havli edi.Havlining sharq va janub tomonlari buzilib-yorilib yotqan eski xaroba imoratlar bo‘lib, havliyuzi turlik axlatlar bilan bulg‘anch, go‘yo yillardan beri tozalanmag‘an, supurgiko‘rmagandek edi. Havlining o‘rta yerida pakanagina baliq tut o‘sib, ostig‘a kul va boshqaaxlatlar to‘plang‘an edi. Havlining kunbotar tomonida xarobaliqdan ozg‘ina berida bo‘lg‘an,boyag‘i yo‘lakka tiraltirib soling‘an ikki darichalik bir uy, bu uy qatorida bir ayvon bo‘lib,shuning ila bu havlining tikkaygan binosining hisobi tamom edi. Bu xonadonning oshxonasibo‘lmag‘ani uchun bo‘lsa kerak haligi ayvonning bir burchagiga o‘choq qurulg‘an. Tutunlarbilan ayvon deganimiz qob-qora is, go‘yo ayvon bo‘lg‘anig‘a ond ichmakda. Buning ustigao‘choq boshidag‘i tovoq-qoshiqlar, tog‘ora va qozonlar tartibsiz ravishda iflos yotarlar,qozon tevaragida uymalashmakda bo‘lg‘an uch-to‘rtta tovuqlar mundagi ifloslikni yana birqat oshirmoqda edilar. Ayvonning narigi yonidag‘i daricha orqaliq uyga kirilur edi. Uyningyarmisi quruq yer — qora shibdan iborat bo‘lsada, ammo to‘rida chaqich bog‘labyiltiramakda bo‘lg‘an — kir, yulduz kabi ilma-teshuk jafokash oq kiyiz, ham taxmondag‘ieski sandiq ustiga yig‘ib qo‘yulg‘an bir to‘da paxtasi chiqg‘an uvadalar ko‘rpa-yostiq otinio‘z ustilariga olur edilar. Bitta toqchadag‘i cheti uchkan, qoni qochqan uch to‘rtta piyola vabir qora qumg‘onni, ikkinchi toqchadag‘i umrida yuvinib ko‘rmagan qora mis barkashni,bo‘sh qoziqlar ko‘ngli uchun osilg‘an bittagina kir dasturxonni tilga olish bilan bu havlining95

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!