13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Toshkand to‘g‘risida hech gap aytmaydimi?— Toshkandga bir gap bo‘lg‘anmi?— Toshkandga hech gap bo‘lmag‘an, — deb kulimsiradi qutidor. — Manim muddaomboshqa to‘g‘rilarda. Qizingdan ham hech gap eshitmadingmi?— Hech gap... Ha, aytkandek kecha, erining mundan keyin Toshkand bormaslig‘iniso‘zlag‘andek bo‘lg‘an edi.Qutidor bir ishka tushungandek ko‘zini o‘ynatib oldi va so‘radi:— Endi Toshkand bormas emishmi?— Bilmadim; chinmi, chin emasmi, haytovur qizingizdan eshitkandek bo‘lg‘an edim.Nima, ota-onasi bilan urishib kelganmi?— Yo‘q, — dedi qutidor va cho‘ntagidan bir narsani ola-ola aytdi, — men bu kunToshkanddan qiziq bir xat oldim.— Kimdan?— Qudangdan, — dedi qutidor va xatni ocha-ocha,— shuni sanga o‘qubbermakchiman, — dedi.— Axir o‘zi nima gap? — deb so‘radi Oftob oyim.— Eshitsang bilasan.«Qudamiz Mirzakarim qutidorg‘a va qudachamiz xonimg‘a yetub ma’lum bo‘lg‘aykim,bizlar munda sog‘-salomatdirmiz va ul jonibdagi1 siz hurmatlik va izzatliklarni parvardigoriolamdin sihhatlaringizni saloti xamsa2 oldida so‘rab turmoqdamiz. Ba’da maxfiyqolmag‘aykim, kuyav o‘g‘lingiz xizmatlariga yuborilg‘an edi. Inshoolloh, salomat yetkanbo‘lsa kerak. Ammo siz hurmatlularga ma’lumdir, bizning shul Otabekdan o‘zga farzandimizbo‘lmay, dunyoda o‘zimizdan keyin qoldiraturg‘an tuyoqimiz va ko‘z tikkan orzu-havasimiz,umid hadafimiz3 faqat shul Otabekdir. Muhtaram siz burodarimizning shul yagonao‘g‘limizni farzandlikka qabul qilib, ammo bizning kelin bolamizni Toshkandgayubormag‘anlari bizning janoblaridin bo‘lg‘an minnatdorlig‘imizni va yana o‘g‘limizg‘abo‘lg‘an marhamatlarini bir oz tugallay olmadilar. Ammo kaminalari bu xususdagi aybnisizning ustingizga butunlay yuklay olmaymiz, zeroki, bizning boshimizda bo‘lg‘an «yolg‘iztuyoqliq» savdosi sizning ham boshingizda bordir. Nachukkim, Otabekning ko‘p umriMarg‘ilonda o‘tib, bizlarni ham siz o‘ylag‘an og‘irliqqa solmoqdadir. Birodari aziz, siz manimbu so‘zlarimdin xafa bo‘la ko‘rmangiz, zeroki, faqiringiz bu so‘zlarni bir yo‘sin kelish vajhidinyozib o‘tdimiz. Dunyo orzu-havas uyi derlar. Yuqorida bayon qiling‘anidek va o‘zlaribilganlaridek, ayniqsa qudachalarining dunyoga kelib kutkani shu yolg‘iz o‘g‘ulning orzuhavasidir.Janoblari bul ishka haq berurlarmi, yo‘qmi, ammo azizlarning ruxsatlariniolmasdanoq Otabekni Toshkanddan ham taalluqdor qilmoqchi bo‘lib, bul ma’niga ba’ziharakatlarini qilib qo‘ygan erdik. Ammo bizlarning bul ra’yimizga o‘g‘lingiz qarshi tushibharchand rad qilsa ham nihoyatida onasining so‘zini yerda qoldirmasliq uchun qabul qilg‘anerdi. Ammo bul to‘g‘risidag‘i siz janoblarining ruxsatlaringiz ba’dida javob bermakchi bo‘lib,xizmatlariga ketkan erdi. Siz hurmatlular bul ma’nini savob toparsizlarmi-yo‘qmi, bu jihatiyana marhamatlaringizga bog‘liqdir. Bu maktubni yozishdan qasdimiz1 shulkim,Otabekning u ikkinchi taalluqqa aslo ra’yi bo‘lmay va yana sizlarga aytmay bul tarafdabizlarni xijolat chekdirib qo‘yarmi, deb o‘yladiq. Burodari kiromi, siz dunyo ko‘rgan birkishisiz, onasining bu talabini xo‘b mulohaza qilib ko‘ringiz, bu to‘g‘ridag‘i ra’yi o‘g‘lingizgaqarag‘anda ham faqirlaricha sizlarda bo‘lg‘ani vajhidin albatta ko‘ndirishka sa’y va ko‘shish2qilursiz, deb ishonamiz. Otabekning ikkinchi taalluqi to‘g‘risida kelin bolamizg‘a bildirilmasaxo‘b erdi. Bizlarning xursandchiliklarimiz yo‘lida Otabek bilan birga Toshkand tushib, o‘zqo‘llari bilan to‘yimizni o‘tkazishingizga ishonib Yusufbek hoji va qudachalari. 17-nchi savr3oyida 1265-inchi hijriyada yozildi».Qutidor xatni o‘qub bitirdida, xotinig‘a qaradi. Oftob oyimg‘a bu xat muzlik suvgasho‘ng‘utib olish ta’sirini bergan va o‘lturgan yerida sirra bo‘lib qotib qolg‘an edi. Otalar77

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!