13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyO‘zbek oyim marg‘ilonliqning domlasini kuchlik ekanida shubha qilmasa ham, ammobir ishka juda hayron edi: juhudning qilg‘an jodusini — juhud, musulmon domlanikini —musulmon daf’ qila olur edi; nega bular asar qilmaydi sira? — Hozir O‘zbek oyim buningsirrini o‘ylab topolmas edi. Bu boshi berk ko‘chada ul uzoq qamalib qolmadi — buningsirrini daf’atan topdi, ham juda to‘g‘ri topdi: «Marg‘ilonliqning domlasi juhud ham emas,musulmon ham emas — hindi! Hindilarning ham hannosi3: bas, hannosining sihrini namusulmon domlasi qaytarsinu, na juhud. O‘shal hindining o‘zi qaytarmasa, o‘zga iloj yo‘q!»Nima qilmoq kerak? Toshkandda birarta hindi dom-lasi yo‘qki, ilojini qilib bersa... Endixotin boshi bilan marg‘ilong‘a murojaat qilsunmi?Boshqa tushkanni ko‘z ko‘rar, degan so‘z bor. O‘zbek oyim ham boshig‘a tushkan bukulfatni ko‘rishka majbur edi: «Shu galdan qoldirmay Otabekning yonig‘a Hasanaliniqo‘shib Marg‘ilong‘a yuboraman, Hasanali u yerdagi hindi domlag‘a uchrashib, Otabekustidagi sihr-jodularni yeshdirsin... Hindi har qancha olsa ham mayli, bisotdan u-buni sotibpul qilib beraman».Otabek onasining qarshisida boyag‘i sukutka ketkanicha jim o‘lturar edi. O‘zbek oyimhaligi kashfiyotdan qutilib bu to‘g‘rida so‘ngg‘i qarorini ham berib bo‘lg‘ach, Otabekka dedi:— O‘g‘lim... yangi uylangan oting bor. Manim oldimda o‘lturib nima qilasan? Bechorayolg‘iz o‘lturibdir.Otabek onasig‘a bir qarab oldi-da, javob bermadi.— Bor, bolam, bor. Yaxshi emas bu ishing... — O‘zbek oyim so‘zini bo‘lib darichayonig‘a kelib to‘xtag‘an Oybodoqqa qaradi.— Sutchoy tayyor bo‘ldi, suzib kiraymi?— Ikki kosani kelinlik uyga ber, men bilan Hasanalinikini shu yerga keltir.Oybodoq keta boshlag‘an edi, Otabek uni to‘xtatdi:— Manikini ham shu yerga olib kir, — dedi. Oybodoq O‘zbek oyimg‘a qaradi. O‘zbekoyim o‘g‘lig‘a xo‘mraydi. Otabek xo‘mrayishg‘a iltifot qilmay, Oybodoqqa «shundoq qil»ishorasini berdi.— Bo‘lmasa kelinnikini ham shu yerga berib, o‘zini chaqir. Hasanali uyida ichsin, —dedi O‘zbek oyim. Oybodoq ketkach, o‘g‘lidan so‘radi: — bu nima qiliq, bolam?— Qiliq emas.— Kelin bilan birga ichsang nima bo‘lar edi? Biravning bolasini munchalik xorlashyaxshi emas.— Bundan xorlag‘anliq chiqmaydir. O‘zini shu yerga chaqirdingiz — ish bitdi.O‘zbek oyim tag‘in nimadir aytmakchi edi, Oybodoq dasturxon ko‘tarib kirib qoldi.— Kelinga aytdingmi?— Aytdim.Dasturxon yozilib, tushlik choy keldi. O‘zbek oyim kosasiga non tashlab ko‘zi eshikda,ya’ni kelinni kutar edi. Kelin eshikdan ko‘ringach, o‘g‘lig‘a «qarshi ol» degandek qilib qarabqo‘ydi. O‘n yetti yoshlar chamaliq, kulchalik yuzlik, oppoqqina, o‘rtacha husnlik Zaynabqayin onasining tilak va sha’niga loyiq tavozi’ — odoblar bilan bitta-bitta bosib dasturxonyonig‘a keldi. Qayin ona tomonidan «o‘lturing» ruxsati berilganidan so‘ng, qisilib-qimtinibtovush chiqarmayg‘ina o‘lturdi. O‘zbek oyimning ko‘zi o‘g‘lida. O‘g‘li bo‘lsa choyga nonho‘llab yemoqda edi. Bir-ikki qayta xo‘mrayib-xo‘mrayib o‘g‘lig‘a qaradi-da, uning ko‘ziniuchrashdira olmag‘andan keyin, unga so‘z qotishg‘a majbur bo‘ldi:— Charlaring ham bo‘la qolmadiki, qayin otangni borib ko‘rsang. Yoki charlarsiz hamko‘ra qolasanmi?1Zaynab ko‘zini eriga tikib qoldi. Otabek salqing‘ina onasig‘a javob berdi:— Ko‘rsam bo‘ladir... — dedi va kulimsiragansumon Zaynabka qaradi. Zaynab hamkulgan bo‘ldi. Shu kichkinagina kulimsirash O‘zbek oyimni ancha tinchitdi. Ammomusohaba shuning bilan to‘xtalib, orag‘a yana boyag‘i jimjitlik kirdi. O‘g‘lining miridan sirini86

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!