13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyHomidning yuzidagi boyag‘i holat yana ham kuchlanib go‘yo toqatsizlang‘andekko‘rinar edi, Rahmat davom etti:— Uning havlisi poyafzal rastasining burchagidagi imoratdir. O‘zi davlatmand bir kishi;Toshkand ashroflarining1 ko‘blari bilan aloqador bo‘lg‘anliqdan balki otangiz bilan tanishchiqar.— Ehtimol, — dedi Otabek va nima uchundir g‘ayri-ixtiyoriy bir tebrandi. Uning yuzidabir o‘zgarish va vujudida bir chayqalish bor edi. Undagi bu o‘zgarishdan Rahmat xabarsizbo‘lsa ham, ammo Homid uni yer ostidan ta’qib etar edi. Bu ta’qib Otabekdagi haligio‘zgarishni payqabmi yoki tasodifiymi edi, bu to‘g‘rida bir mulohaza aytish, albatta mumkinemas. Yana bir necha vaqt jim qoldilar.— Endi biznikiga qachon mehmon bo‘lasiz, bek aka?Rahmatning bu so‘zi bilan Otabek xayolidan bosh ko‘tardi:— Xudo xohlag‘an vaqtda bo‘larmiz...— Yo‘q, bek aka, — dedi Rahmat, — siz aniqlab bir kunni tayin qilingiz, biz bu yergasizni taklif qilg‘ali kelganmiz.— Ovora bo‘lmoqning nima zarurati bor?— Bunda ovora bo‘lish degan narsa yo‘q. Iloji bo‘lsa sizni bu saroydan havlig‘ako‘chiramiz. Hozirga bir kunni tayin qilib bizga mehmon bo‘ling-chi... Otam sizning bilano‘lturishib Toshkand ahvolotini so‘zlash-makka mushtoqdirlar.— Bu saroydan sizlarnikiga ko‘chishim og‘ir, — dedi Otabek, — ammo otangizningziyoratlariga borishg‘a har qachon hozirman.— Sog‘ bo‘ling, bek aka, boradirg‘an kuningizni ta-yin qila olasizmi?— Ma’lumingiz, kechalari bo‘sh bo‘laman, shuning bilan birga otangiz qaysi vaqtniixtiyor qilsalar ijobat etishdan o‘zga choram bo‘lmas.— Salomat bo‘lingiz, — dedi Rahmat, — shuni ham sizdan so‘rayin: o‘lturishka begonakishilar ham aytilsa mumkinmi, ozor chekmasmisiz? Chaqirilg‘anda ham o‘zimizga yaqin vaahl kishilar bo‘lur, masalan, Mirzakarim qutidor kabi.Bu vaqt Otabekning tusiga ham haligidek o‘zgarish chiqdi ersada, lekin sezdirmaslikkatirishib javob berdi:— Manim uchun farqsiz.Oshdan so‘ng mehmonlar bilan xayrlashib chiqdilar.2. XON QIZIG‘A LOYIQ BIR YIGITOtabek o‘zi bilan ko‘rishgan mundaki ikki yot kishini tanimaganliqdan bir-ikki qaytaularni ko‘z ostidan kechirdi. Buni payqag‘an Ziyo shohichi Otabekka tanitdi:— Amakilaringizni siz tanimag‘andirsiz albatta, — dedi. — Bu kishi otangizning yaqindo‘stlaridan Mirzakarim qutidor. Bu zot Andijon savdog‘arlaridan Akram hoji.Mirzakarim ismlik qirq besh-elli yoshlar chamasida qora qosh, qora ko‘z, ko‘rkam yuz,yaxshig‘ina kiyingan bir kishi bo‘lib, Akram hoji elli besh yoshlar orasidag‘i bir keksa edi.Otabek qaytadan Mirzakarim qutidorni ko‘zdan kechirdi.— Ota qadrdonlari bilan tanishdirg‘aningiz uchun rahmat, amak, — dedi va Akram hojibilan Mirzakarim akaga tavozu’landi. — Otam sizlardek yaqin do‘stlariga salom aytishnimenga amonat topshirg‘an edilar.— Rahmat, sog‘ bo‘lsinlar.Majlis Ziyo shohichining uyida Otabekning meh-mondorchilig‘i uchun yig‘ilg‘an,yuqorida ismlari o‘tkan zotlardan boshqa Homid, Rahmat ham Hasanali bor edilar.Tanishdirishdan so‘ng Otabek bilan qutidorning ko‘zlari bir-birlariga tez-tez uchrashaboshladilar. Qutidor nimanidir Otabekdan so‘ramoqqa og‘zini jo‘plab tursa ham Akram hoji5

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!