13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyQushbegi o‘zining yozilib qo‘yilgan hukmnomasini qo‘lig‘a olib o‘qishg‘a hozirlandi.Hamma tip-tinch, yerga qarag‘an edi:«Menkim Marg‘ilon hokimi O‘tabboy qushbegi o‘z hukmimni xoqon ibni xoqon janobioliy Xudoyorxon ismi shariflaridan eshitdiraman...»Xudoyor ismini eshitkuchi a’yon uning ta’zimi uchun o‘rinlaridan turib yana o‘lturdilar.Qushbegi hukmini o‘qudi: «E’timodlik1 bir kishining shahodatiga binoan toshkandlikYusufbek hojining o‘g‘li— Otabek, bu kunda xonimizg‘a qarshi bosh ko‘targan Azizparvonachi va o‘z otasining vakolatlari bilan Marg‘ilon kelib, bu yerdagi fuqarolarni hamxon janobig‘a qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lg‘an Otabekning bu harakati ululamir1 bo‘lg‘anjanobga bog‘iyliq2 bo‘lib, uni, ya’ni Otabek Yusufbek hoji o‘g‘lini o‘lim jazosi bilan jazolashtaqozo etadir. Ikkinchi, Otabekka yo‘lda ko‘makchi bo‘lib yurgan Marg‘ilon fuqarosiMirzakarim qutidor ham shu jazoga sazovor tutiladir. Ziyo shohichi bilan o‘g‘li Rahmat bubog‘iyliqdan xabardor bo‘laturib, vaqtida hukumatka ma’lum qilmag‘anlari uchun bir yildanzindon jazosiga mahkum bo‘lurlar!»— Haqsiz jazo, — deb Otabek kulimsirab qo‘ydi... Qutidor bo‘lsa chin o‘lik tusiga kirganedi.Ziyo aka bilan o‘g‘li zindong‘a jo‘natildilar va Otabek bilan qutidor jallod qo‘lig‘atopshirildilarda, shuning ila hukm majlisi tamom bo‘ldi.Oradan o‘n daqiqa chamasi fursat kechkan edi, qushbegining a’yonga so‘zlab o‘lturganhikoyasini tezroq bitishini kutmakda bo‘lgan qo‘rboshi nihoyat chidalmay o‘rnidan turdi va:— Dor ostig‘a borib hukm ijrosi vaqtida hozir turishimg‘a ijozatlari bo‘ladirmi? — debso‘radi. Ul bu so‘zni tugatar-tugatmas o‘rda qorovuli Pirmat ko‘rindi-da, qushbegiga qulluqqildi:— Bir xotin kishi arzim bor deydir, kirsinmi?Qushbegi qo‘rboshig‘a ruxsat ishorasini berib, Pirmatka dedi:— Kirsin.O‘xshamag‘an yerda bir xotinning arzga kelishi qo‘r-boshining ko‘ngliga shubha soldi.Majhula3 xotinning qanday arzi bo‘lg‘anlig‘ini bilib ketishka tilasa ham qushbegidan ruxsatolib qo‘yg‘ani uchun mahkamadan chiqishga majbur edi. Qo‘rboshi mahkama eshigidandahlizga chiqar ekan, eskigina paranjiga o‘ralg‘an bir xotin qushbegi to‘g‘risig‘a to‘xtab,bukilib ta’zim qildi. Xotinda hayajon va entikish holatlari bor edi. Shuning uchunqo‘rboshining boyag‘i shubhasi yana kuchaydi, qushbegining ko‘zidan yo‘qolib turishmaqsadida o‘zini eshikning orqasiga olib ketmay to‘xtadi.Xotin shoshilib kavshini yeshdida, eshik ostida nimanidir paranji ichidan oxtarindi.Xotinning bu harakatiga tushunolmay ajablangan qushbegi:— Ichkariga kirib arzingizni so‘zlang, opa, — dedi.Xotin ichkariga kirdi va qushbegi oldig‘a borib unga nimadir berdida, orqasig‘a qaytibeshik yonig‘a kelib turdi. Xotinning berib ketkan narsasi uch, to‘rt buklangan bir qog‘oz edi.Qushbegi sekin-sekin qog‘oz taxtlarini ocha boshladi...— Xudo rizosi uchun tezroq. Yo‘qsa... ikki gunoh-sizning qonlarig‘a botarsiz!Xotinning bu so‘zidan a’yon bir-birlariga qarash-dilar. Qushbegi tez-tez qog‘oz taxlariniochib bitirdi va yo‘g‘on qalam bilan yozilgan uzun bir maktubni o‘qumoqqa oldi. Maktubnio‘qub chiqish uzoqqa cho‘zilg‘anliqdan nihoyatda toqatsizlashgan edi. Oxirda qushbegimaktubning so‘ngrog‘ig‘a kelib to‘xtadi-da, chaqirdi:— Pirmat, Pirmat!Pirmat yugurib kirdi.— Labbay, taqsir!Qushbegining tovshida shu choqg‘acha eshitilmagan bir holat bor edi:— Darrov haligi osilish uchun yuborilg‘an gunoh-korlarning orqasidan ot bilan yugir!Dor ostidan bo‘lsa ham qaytarib kel! Buyrug‘imni qo‘rboshig‘a aytsang unar!52

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!