13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Zaynabni chaqir, Zaynabni!O‘zbek oyim tabib so‘zidan xabardor edi:— Zaynab! Zaynab!Zaynab yugurib uyga kirdi. Tusi murdadek oqarg‘an edi. Otabek Kumushni qo‘yibyerdagi atalani oldi:— Ich muni, ich jalab!Zaynab orqag‘a tislandi... Otabek kosani unga otdi... Zaynabning kiyimi atala bilanbelandi. Shuning ustiga dahlizdan Yusufbek hoji ko‘rindi.— Ket jalab, ket! Taloqsan, taloq!«Taloq» so‘zini eshitkan Kumushning ko‘zi yarq etib ochilib, yana yumildi... Hojivoqi’ani tabibdan eshitkan, shuning uchun hozirgi fojia’ sahnasidan ajablanib turmadi.— Chiq, Zaynab, chiq! — dedi ul ham, — la’nat sendek xoting‘a!Zaynab chetlanib uydan chiqdi... Hoji Kumushning boshig‘a kelib o‘lturdi. Otabek vaonasi oyog‘ ustida edilar, Kumushning ko‘zi yumiq, sochlari yuzi ustida parishon edi. Hojio‘z qo‘li bilan sochlarni tuzatib Kumushning ko‘kimtil tovlang‘an yuzini ko‘rdi va manglayinibosdi...— Oyim... Oyim!.. — dedi hoji. Kumush ko‘zini ochib besaranjom unga nazar tashladiva tanib... qo‘zg‘almoqchi bo‘ldi.— Qo‘zg‘almang, oyim... qo‘zg‘almang!Kumushning ko‘z yoshisi chakkasidan oqib tushdi... Hoji ham o‘zini to‘xtatolmay,Kumushning yoshini artib, boshini siladi:— Xudo shifo berar, bolam!Kumush jomga qo‘zg‘aldi, Otabek kelib qo‘ltiqladi, hoji ham uning boshini tutdi... Bugal qusuq qong‘a aylangan edi, burnidan ham bir necha tomchi qon oqdi... Qusubyotg‘ach, ko‘zi yarqillab ochilib ketdi va tevaragiga betoqat qarandi:— Oyi... dada... — so‘ngra, — begim, — deb ingrandi... Erining yuzini yuziga qo‘ydi,uyalg‘ansumon ko‘zini yumdi...* * *Ertasi kun dafn marosimi bo‘ldi. Janozag‘a Toshkandning har bir mahallasidan deyarlikkishilar ishtirok qildi. Faqat maqtulaning eng yaqinlarig‘ina bu tantanaga yetib kelalmadilar.Bechora ona, bechora ota!..Uchunchi kun ular ham kelib yetdilar... Ularning hozirgi holini tasvir etish mumkinmi?!Yettinchi kun xatmi qur’on qilinib xalqg‘a osh berildi va shu munosabat bilanchaqaloqqa «Yodgorbek» deb ism qo‘yildi.Kumushning yaqinlarig‘ina emas, balki foji’adan xabardor bo‘lg‘an shaharning kattakichigiZaynabka beriladirgan jazoni erta-kech kutmakda edilar. Biroq foji’aning o‘ninchi<strong>kunlar</strong>ida Zaynabning jinni bo‘lib, ochiq ko‘yi ko‘chada yurgan xabari va og‘asi tomonidanushlanib kishanga soling‘an mojarosi eshitildi. Zaynabning jununi qozilar va tabiblartarafidan ham tasdiq etilgach, uning ustidagi jazo ko‘tarildi. Darhaqiqat, aqldan ozibko‘chalarda ochiq kezish va kishanga tushishning o‘zi ham Zaynab uchun kichkina jazohisoblanmas edi.Foji’aning yigirmanchi kunida yana xatmi qur’on qilinib, butun yurtka osh berilgandanso‘ng, bechora bolu paridan1 ayrilg‘anlar Marg‘ilong‘a qaytish harakatiga tushdilar.Yodgorbek ham Oftob oyimning quchog‘ida ketmakchi, uning olib ketilishiga qarshi hechkim yo‘q edi.Eng keyingi vido’lashish kuni yetdi. Otabek, qutidor va Oftob oyim (...) qabristoniningikki tup qurig‘an chinor yog‘ochi orasig‘a turg‘uzilg‘an yangi xishtin sag‘ana qarshisida210

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!