13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyO‘zbek oyimning dali-g‘ulilig‘idan Oftob oyim va Kumush unga juda o‘zlashib olg‘anlar,uning so‘ziga goh kulib, goh uzr aytar edilar. Hozir uyda Otabek bo‘lmag‘ani uchunmi,nimadan bo‘lsa ham har nuchuk Zaynab o‘z uyida kuymalanishib yotar va mehmonlarniO‘zbek oyimning tanho o‘ziga tashlag‘an edi.Tokchalarga sham’lar yoqilib, vaqt xuftanga yaqinlashib qolg‘andan so‘ng uyga Otabekkirdi. Ul kirgandan keyin Oftob oyim bilan O‘zbek oyim ular oldida o‘ltirishni eb bilmadilarda,sirlashish uchun boshqa uyga chiqib ketdilar. Ularning chiqib ketishini kutib turg‘andek,qo‘lig‘a bir choydish choy ko‘targani holda Zaynab kirdi va Otabekdan choy ichib, ichmasiniso‘radi. Otabek ichmayman, deb javob bergan edi, Kumush orag‘a tushdi.— Men ichaman, o‘zingiz ham o‘lturing.Zaynab uncha qistatmadi, o‘lturib Kumushka choy quyib bera boshladi. Kumush uniso‘zga solib so‘radi:— Manim balo-qazodek yetib kelishim uchun xafa bo‘lgandirsiz?Zaynab Otabekka qarab oldi:— Nega xafa bo‘lay, — dedi, — siz kelmaganingizda ham o‘zlari borar edilar...— Bormas edilar! — dedi Kumush, — men bilan urishib kelgan edilar...Otabek Kumushka yer ostidan kulib qaradi, Kumush ham kulib javob berdi.— Shu kishi birav bilan urishadirlarmi? — dedi Zaynab, — ikki yildan beri menga birog‘iz qattig‘ so‘z aytkanlarini bilmayman...— To‘g‘ri aytasiz, — dedi Kumush, — bu kishi emas, men urishkan edim... Bu kishidasira gunoh yo‘q va arazimizga bir to‘ng‘uz sababchi bo‘lg‘an edi.— Kim balo ekan ul? — dedi Zaynab.— Bizning shaharning eng yaramasi, — dedi Kumush va Otabekdan so‘radi, — sizeshitdingizmi, yaqinda o‘shani bir bek o‘ldiribdir?Otabek kulimsiradi:— Eshitdim...— O‘sha bekning haqiga eshitkan kunimdan beri duo qilib kelaman...Zaynab so‘radi:— Sizlarda qanday dushmanlig‘i bor ekan?Otabek «endi nima deysan» degandek qilib Kumushka qaradi. Kumush bo‘lsa parvosizjavob berdi:— O‘sha to‘ng‘iz uylanmakchi bo‘lib manim bir o‘rtog‘img‘a sovchi qo‘yib yurar edi...Men ersa o‘rtog‘imni unga tegishdan aynatkan edim. Aynatishim halig‘i to‘ng‘uzningqulog‘ig‘a yetib meni bu kishiga chaqibdir. Bu kishi bo‘lsa, nega biravni o‘rtasig‘a tushasan,deb mendan xafa bo‘ldilar...«Bu kishi» Kumushning yolg‘on uyushdirishidan kuldi, Zaynab ersa erini oqlab tushdi:— Ayb sizda ekan, — dedi, — siz ham nega biravning o‘rtasig‘a tushasiz?— Ayb mendalikka menda, — dedi Kumush va Otabekka qaradi. — Nafsilamrgaqarag‘anda ayb bizning oramizg‘a cho‘p bo‘lib tushkan xolamning qizi Zaynabda, shundog‘emasmi? — deb so‘radi.Otabek sachrab Kumushka yuz o‘girdi:— Bu o‘rtag‘a Zaynabni nimaga kelturib tiqasiz, endi?Kumush kuldi va eski holini buzmadi:— Siz hovliqmang, bek, — dedi, — tunovi kun xolamnikiga borg‘an edim, xolam qiziZaynabdan shikoyat qilib hamma gapni Homid cho‘chqaning qulog‘ig‘a yetkizguchi o‘z qiziZaynab gumbaz bo‘lg‘anini birma-bir aytib berdi, bildingizmi?Otabek zo‘rg‘a-zo‘rg‘a xaxolashdan o‘zini tutib qol-di:— Nima bo‘lg‘anda ham ayb sizda, nega boshda o‘zingiz bu ishka aralashdingiz, axir?— dedi.Zaynab:182

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!