13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriykuyavning intizorida turadirlar. Nihoyat, soat besh yarimlarda kuyav keldi. Yigirma-o‘ttizchog‘liq yosh yigitlar — Rahmatning o‘rtoqlari, ular orasida Otabek — kuyav ko‘rindi:boshida simobi shohi salla, ustidan qora movut sirilgan sovsar po‘stin, ichida o‘ziningShamayda tiktirgani osmoni rang movut kamzul, movut shim: oyog‘ida qalapoy afzali,belida Kumushbibining usta qo‘li bilan tikilgan shohi qiyig‘... Yuzlar qizil, og‘iz irpaygan,ko‘zlar o‘ynab allakimni qidiradir. Oshlarini yeb bo‘lsalar ham jo‘rttaga kuyav ko‘rish uchuno‘lturg‘an mahalla kishilari bir-birlarini turtishib: «Tuzuk-tuzuk, kuyavlikka arzigundek,chakki chakkiga tushmapti, olmayu-anor» deyishdilar. Tomda kuyav kutib o‘lturg‘anxotinlar ichidan Oftob oyimning egachisi oshiqib singlisi yonig‘a tushdi-da: «Oftob, darravisiriq hozirla, kuyavingni yomon ko‘zdan o‘zi asrasin!» dedi. Qutidor eshik ostida qo‘lqovishtirib mehmonlarni kutib oladir, yer ostidan kuyaviga ko‘z qirini tashlab, kishigasezdirmay o‘zicha kulimsirab qo‘yadir. Mehmonxona ayvonida oq soqolliq, ko‘rkam siymova og‘ir tabi’atlik domla bilan Ziyo shohichi, Hasanali, qiz vakili va tag‘in bir necha kishilaro‘lturadilar. Yigitlar kuyavni domlalar qarshisig‘a kelturib to‘xtatqandan keyin Otabek vakilibo‘lg‘an Ziyo shohichi bilan Kumush qiz vakili Muhammadrahim oralarida mahr masalasiochiladir. Ko‘b tortishqandan so‘ng quyidag‘i mablag‘lar mahr qilib belgulanadirlar: uch yuzoltin pul, mundan keyin olib berish va’dasi bilan Marg‘ilondan o‘radek bir havli, sog‘ishuchun sigir, as-bobi ro‘zgor... Bunga Otabek ham o‘z rizolig‘ini bildiradir. Domla xutbaboshlaydir. Forsiycha o‘qulg‘an hamd, salovot va boshqalardan so‘ng xutba eng nozik biro‘ringa kelib to‘xtaydir: «Sizkim Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li Kumushbibi Mirzakarim qizinio‘zingizga shar’iy xotinliqqa qabul qilasizmi?» — fors tilida so‘ralg‘an bu savol Otabeknnigkulgusini qistatib, ko‘nglidan kechi-radir:— Qabul qilasizmi-ya?Ul birinchi so‘roqdayoq — «uchib, qo‘nib qabul qilamiz» deb javob bermakchi bo‘lsaham biroq xalqning— «o‘lib turg‘an ekan» deb qiladigan ta’nasidan cho‘chib, javobbermaydir. Yana bir qayta yuqoridagi «siz kim falonchi...» jumlasi domla tarafidantakrorlanadir. Kuyavlarga uchunchi so‘roqda javob berish odat hukmida bo‘lsa ham,Otabek bu takallufka chidalmaydir. Go‘yo uchinchi so‘roq o‘rnig‘a «Endi olmas ekansizKumushbibini...» deb majlis buziladirg‘andek seziladir-da, hamma tovshini qo‘yib,barchag‘a eshitdirib «Qabul qildik!» deb yuboradir.Domla alhamdulilloh, alhamdulilloh... bilan nikoh-ni tugatib majlis tomonidan kelinbilan kuyavning haqlarig‘a duo boshlanadir, hamma duog‘a qo‘l ko‘tarib, hatto tomdag‘itomoshachi xotinlarg‘acha «omin»ga ko‘maklashadirlar va shundan keyin nikoh majlisiyopiladir. Yigitlar kuyavni mehmonxonag‘a olib kiradirlar, ziyofat boshlanadir.Otabekda bir daqiqag‘a bo‘lsin to‘zim bo‘lmag‘an bir vaqtda bir necha soatlarga qarabcho‘zilg‘an bu tomoq majlisi bilan albatta ul yaxshi chiqisha olmaydir. Xuftanga yaqinbana’ji1 bir ishtiho bilan yeyilib bo‘shatilg‘an lagan, tovoqlar olinib dasturxonlar yig‘ildi.Bizningcha bir yarim soat, Otabekcha allaqancha yil hisoblangan bir fursat o‘tib, nihoyat,yangalar kuyav so‘radilar. Ikki yoshg‘a muhabbatlik umr so‘rab fotiha o‘qilg‘andan so‘ngOtabek ichkariga uzatildi.Hasanali mehmonxona ayvonida bekni kutib turar edi:— Endi kuyavlik muborak bo‘lsin, begim?— Qutlug‘ bo‘lsin.Hasanali boshdan-oyoq bekni kuzatdi, otaliq muhab-bati bilan bekning orqasini siladiva yoshli ko‘zlari bilan duo qilib unga ruxsat berdi. Otabek yangalar kutib turg‘an tarafkayurdi. Ul hozir qiziq holatda edi: bu nima gap, tushimi, o‘ngimi, nima gaplar o‘tib, nimalarbo‘lmoqda, bo‘lib turg‘an ish haqiqatmi?Biz ichkariga kiramiz: havlining ikki tomoni to Kumushbibining uyigacha qator kuyavkutkan xotinlar, bola-chaqalar bilan to‘lg‘an. Ba’zan kutkuchi xotinlarning qo‘lida yonibturg‘an sham’, kuyav tushadirgan uy to‘y mollari bilan juda ham bejalgan. Yuqorida yozilib31

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!