13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Siz qizimizning andishasini qilib o‘lturmangiz, bek, — dedi qutidor, — bu ishni engyaxshisi unga bildirmaslikdir, keyinroq o‘zi ko‘nikib ketar, bu taraflardan tashvish lozimemas.— Yo‘q, — dedi bek, — men bu ishka basharti ko‘nganimda ham qizingizdanyashirmayman.— Nega?— Negaki uning rizolig‘ini olmasdan turib, bu ishka oyog‘ qo‘yishim mumkin emas.— Agar ko‘nmasa-chi?— Ko‘nmasa, men ham ko‘nmaslikka majburman.Bu uzil-kesil so‘zdan qutidor o‘ylab qoldi. Oftob oyim bo‘lsa, qizining qadrini bunchalikarshlargacha ko‘tarmakda bo‘lg‘an yigitka o‘zida cheksiz muhabbat, poyonsiz ehtiromsezmakda va nima uchundir yig‘lag‘usi va kuyavi yuzidan o‘pkusi kelmakda edi.— Tuzik, — dedi qutidor, — uning rizolig‘ini o‘zingiz olmoqchimisiz?— Yo‘q, negaki qizingiz uchun haqorat bo‘lg‘an bu so‘zni aytish manim qo‘limdankeladirgan ish emas, — dedi. Eru xotin bir-birlariga qarashib qo‘ydilar. Keyingi so‘zni aytibbitirgach, Otabekning ko‘ziga yosh kelgan edi. O‘zining holidan uyaldi shekillik, ularningoldidan turib tashqarig‘a chiqdi. Ul chiqg‘andan so‘ng eru xotin yana yarim soatchajanjallashib o‘lturdilar.* * *Xuftan namozidan so‘ng yangilangan tashvishlarni bir oz unutdirar umidi ila poychirog‘yonig‘a o‘lturib, Fuzuliy devonini varaqlar edi. Ammo Fuzuliyning rang-barang she’rlariustida qanoatlanib to‘xtamas, hamon varaqlag‘andan-varaqlar edi. Shoirning nafis she’rlarihozir uning uchun tuzsiz so‘zlar yig‘indisidan boshqa bir narsa ham emas edilar. Ul shuvaqt to‘sindan kitobni yopdi-da, ayvong‘a quloq soldi. Chunki hozirgina so‘zlashib o‘lturganKumush bilan onasining tovushlari o‘chkan edi. Ul bu holdan shakllandi. Ayvondan onabolaningqayoqqadir yo‘qolg‘anlarini payqag‘ach, tusida o‘zgarish bo‘lg‘ani holda qaytibkelib o‘lturdi. Nima uchundir hozir unda birar foji’aga tushkuchining holati bor edi. Kishiiztirobka tushkan kezlarda tilab emas, ixtiyorsiz ba’zi bir yo‘sunsiz ishlarga urinadir.Shuningdek, ul ham jiddiy bir ravishda Fuzuliy mutolaasiga berildi.Ul o‘zining shubhasidagi gapka qoni’1, oradan yarim soatlab emas, bir soatlab vaqto‘tib borg‘an bo‘lsa ham bu unga zerikarlik emas, tez kelgandan kelmagani yaxshi;yaxshiliqmi, yomonliqmi haytovur bo‘ladirg‘an ko‘ngilsiz gapni kechikkani yaxshi... Fuzuliyniyaxshilab o‘qush kerak. Shuning uchun ham ma’nolik she’rlardan boshini ko‘tarmaydir-da,go‘yoki aytarsiz kitobka mixlangan...Kumushning uyga kelib kirgani ham unga sezilmay qoldi. Ul qushlar kabi latif tovushchiqarmasliq qilib gilam ustidan yurib keldi-da, sekingina sham’ yonig‘a — Otabekqarshisig‘a o‘lturdi. Uning ko‘ynagining chiqarg‘an yengilgina shamoli bilan yonib turg‘ansham’ «lop» etdi-da, ko‘rishkandek, o‘ynashqandek bo‘ldi. Bu holdan kitob ustigamukkadan ketib o‘lturg‘uchi cho‘chib ko‘tarilib qaradi. Qarshisida: Fuzuliy ta’biricha sebizanaxdoni2 negadir qizarib, novaki mijgoni ko‘z yoshlari bilan juftlangan haligi pari edi...Birinchi qarashdayoq kutkan ishining to‘g‘rilig‘ig‘a inondi va osiylar1 kabi ko‘zini yerga tikdi.Ul Kumushdan itobomiz so‘zlar, achchig‘ xitoblar kutar; birinchi itobdayoq ota-onagunohiga tavba qilishg‘a hozirlanar edi. Ammo ish ul kutkuncha chiqmadi. Kutilmaganjoyda, go‘yoki uni bu og‘ir holdan qutqarmoqchi bo‘lg‘andek:— Fuzuliy yaxshi kitob, — dedi Kumush, — men ham yolg‘iz qolg‘an kezlarimda bukitobdan boshimni ololmas edim, sizammi?Bu oliyjanob go‘zalga nima deyishni bilmas, qayerdan so‘z boshlashqa hayron edi:— Kim yig‘latdi sizni?81

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!