13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Marg‘ilong‘a birinchi kelishingizmi?— Birinchi kelishim...— Savdo vajhi bilan kelgandirsiz? — uy egasi Otabekning qiyofat va ust-boshidansavdogarga o‘xshat-qan edi.— Yo‘q... Man asli Qo‘qong‘a kelgan edim, ammo Marg‘ilonda otam tanishlaridanbittasida ozroq olasimiz bo‘lib, shu kishiga uchrashib ketayin, deb Marg‘ilong‘a o‘tkan edim,— Otabek o‘zining yolg‘onlashidan o‘ng‘aysizlanib bir oz to‘xtab oldi: — bu kishiningqayerda turishi manga ochiq ma’lum emas edi va Marg‘ilonda boshqa tanishimbo‘lmag‘anliqdan va vaqtning kechligidan adashib qoldim...Uy egasi kuldi:— Nasibdan qochib bo‘lmaydi, Shokirbek; bu kun kechasi menga mehmon bo‘lishingizbor ekan. Uchrashaturg‘an kishingizning oti nima?— Komilboy...Uy egasi o‘ylab turdi-da:— Bizning bu yaqinlarda bunday kishi yo‘q, ehtimol nariga dahadadir, — dedi va turiboshig‘a qarab ketdi. Otabek o‘zining qip-qizil yolg‘onlashidan vijdoni oldida qizarindi. Ammoul bir tomondan bunga majbur ham edi, chunki uning qutidor bilan qamalish va o‘lumgahukm etilish tarixi butun Marg‘ilong‘a mashhur bo‘lib, haqiqiy ismini yashirmay aytkanda,ehtimolki boshqa sirlarni ham ochmoqqa to‘g‘ri kelar edi. Uy egasi qozon yonig‘a ketkach,ul ham o‘rnidan turib havlig‘a tushdi. Ayvonning narigi yoni bilan sharqqa qarabkirilaturgan bir yo‘lak orqaliq bir boqchag‘ami, maydongami chiqilishini bilib shu yoqqayurdi va kichikrak bir mevazorga chiqdi. Kechaning qorong‘ilig‘i ustiga mevalarning quyuqyaproqlari qo‘shilishib, bu maydon ayniqsa Ota-bekning hozirgi ko‘ngliga yaqinlashib kelaredi. Uning ko‘ngil mevasi bu kungi qora voqi’a bilan qanday o‘ralib, yo‘qolib ketgan bo‘lsa,bundagi daraxtlar ham o‘z mevalarini kecha rangi bilan bo‘yab, yashil yaproqlari ilako‘mgan edilar, ya’ni bunda o‘skan daraxtlar qanday meva beradir — ajratish qiyin edi. Ulshu qorong‘izor bilan qo‘shilishib ketkandek va qorong‘iliqning quchog‘iga kira borg‘andekmevazorning ichkarisiga yuriy bordi. Va nihoyat butoqlari bag‘rig‘a solinib tush-kan birdaraxtning ostig‘a o‘lturdi va bu o‘lturishda uzoq fursat qotib qolg‘andek harakatsiz edi. O‘nbesh daqiqalardan so‘ng ichiga yel qamalg‘an puvvakdek ufff etib yuborgach, o‘rnidanturdi. Boqchaning kunbotari bilan xarobazor imoratlarni yonlab yurdi.Otabek ayvong‘a qaytib kelganda, uy egasi oshni damlab bo‘lib ayvonda kutibo‘ltirmakda edi.— Otingizga ozroq johori berib qo‘ydim.— Rahmat, mulla aka, — dedi Otabek, uy egasi nimadir so‘zlamakchi bo‘lsa hamo‘ngg‘aysizlang‘an sumol Otabekka tikilib-tikilib qo‘ymoqda edi.— Kasbim to‘qug‘uchiliq, Shokirbek, — dedi uy egasi. Otabek so‘zni tugalmaganliginibilib, uning og‘zig‘a qarab turar edi:— Doim zaxda o‘lturib ishlaganimdanmi yoki o‘zimning tabi’atimda zaiflik bormi, ishqilib nima bo‘lsa ham ko‘p vaqtdan beri bedarmon tortib yuribman,— dedi va davom etdi,— goho ko‘krak ham og‘rib qo‘yadir. Yaqinlarda tabiblarga ko‘rsatkan edim, qoningiz oz,qimiz iching, xo‘rak oldidan maviz1 isti’mol qiling, deb kengash berdilar. Ularning kengashibo‘yun-cha uch-to‘rt kun qimiz va maviz iste’mol qilib boqqan edim, voqi’an bir munchafoydasi ham ma’lum bo‘ldi. Sizga buni so‘zlab shuni aytmakchimanki, osh oldidan bir-ikkipiyola maviz ichib yuborsam, albatta bunga sizning qarshilig‘ingiz bo‘lmas-a? — dedi vakuldi.— Qanday qarshilig‘im bo‘lsin, siz ma’zursiz.Uy egasi iljaygan holda hujraga kirib, o‘zining ta’biricha may emas, bir ko‘vachamavizni olib chiqdi, toqchadan piyola olg‘ach, kelib Otabekning yonig‘a o‘lturdi. Maviznipiyolaga chulduratib quyar ekan, mehmonga yer ostidan mo‘ralab kulimsirab qo‘ydi.103

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!