13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Yo‘q edi. Bu ishni hozirg‘acha bir o‘zim va bir tangri bildi. Endi bu sirnibilguchilarning uchunchisi siz bo‘ldingiz!— Astag‘firulloh! — deb qo‘ydi usta Alim, — raqibingiz Homidni birinchi martaba ustaFarfi orqaliq tanig‘aningizmi?— Birinchi martaba tanishim, — dedi uflab olib Otabek, — bunga ham sizning bilanbo‘lg‘an oshnalig‘im ko‘mak berganlikdan sizga minnatdorlik qilishdan ojizdirman.— Sizning aqllar ishonmaslik qahramonlig‘ingizg‘a yuragim qinidan chiqish darajasigayetdi! Otabek, Homidning bu keyingi rejasini qayerdan bildingiz?Otabek kuldi.— Xudog‘a shukurlar bo‘lsunki, manim tortqan ohlarimni quriqqa yubormay, kutmaganyerdan sirni bildirdi. Men sizga hikoyamni boshidan so‘zlab beraymi va yo Homidningrejasini bilishimniginami?— Boshidan so‘zlangiz, Otabek! — dedi hovliqib usta Alim va ish to‘qish ila mashg‘ulSayfini savzi to‘g‘rashqa buyurdi.Usta Alimni hikoya tinglamak uchun hozirlang‘an ko‘rgach, Otabek dedi:— Tahoratning sababi yodingizdan ko‘tarildi shekillik!— Ko‘tarilgani yo‘q, Otabek, yomonning janozasidan yaxshining hikoyasi foydalikko‘rinadir... Qani, so‘zdan keling!Otabek o‘zining chin do‘stig‘a birinchi marta Marg‘i-lon kelishidan tortib hikoyasiniso‘zlab ketdi. Uning uch yil ichida boshidan o‘tkanlarini bir soatlik vaqtga cho‘zilib, Sayfioshni suzib kelganda yo‘lda uchrashqan Rahmat bilan hikoyasini tugatdi. Usta AlimOtabekning yelkasiga qoqib der erdi: — Sizda chin yurak bor, do‘stim. Bu yurakingiz bilanhech vaqt dard qolmaysiz, Otabek! Ammo mendan chin ismingizni yashirib kelganingizuchun sizni ayblay olmayman. Biroq jum’a kun kechasi Homid izidan manim havlimga kirib,menga o‘zingizni bildirmay ketkaningizga xafa bo‘laman, xudoy ko‘rsatmasin bir falokatyuz berganda nima bo‘lar edi?Oshdan so‘ng usta Alim shunday fotiha o‘qudi:— Dushmanlaringizning yo‘q bo‘lg‘anlari chin bo‘l-sin, suyganingiz bilan endi mas’udyashang!Otabek tashakkur etdi. Tag‘in bir oz choy ichib so‘z-lashqandan so‘ng, Otabekdaftaridan ikkita xat chiqarib dedi:— Sizga og‘ir kelmasa, bir xizmat topshirmoqchi-man, usta!— Buyuringiz!Otabek qo‘lidag‘i xatlarni uzatib:— Men shu soatning ichida Toshkand jo‘nashg‘a majburman. Shuning uchun siz buxatlarni qayin otamnikiga o‘z qo‘lingiz bilan eltib berasiz.Usta uning bu gapiga tushunolmay qoldi:— Nega endi Toshkand jo‘naysiz, o‘zingiz...— O‘zimga mumkin emas, chunki... ikki tomong‘a ham o‘ngg‘aysiz. Men hozir ketishkamajburman, balki o‘zingiz ham onglarsiz.— Ongladim, — dedi usta va: — gap-so‘z bosilayozg‘ach, kelmakchimisiz?— Balki... — deb to‘xtadi Otabek, — xatlarning birisi qayin otamg‘a, ikkinchisi unga, —dedi.— Xo‘b.— Qayin otamg‘a yozg‘anim qisqa bo‘lg‘ani uchun siz unga mendan eshitkanlaringizniso‘zlab qondirarsiz. Qutidor bilan ishingizni tugatib qaytishingizda uning xatini berarsiz,tuzikmi?— Ma’qul.— Uchrashqaningiz to‘g‘risida menga ma’lumot yozsangiz, tag‘in minnatdor qilaredingiz...141

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!