13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyquvonmag‘an ota-ona sog‘qa hisoblanmaydir. San bunga yaxshi ishon. Ammo bizninghozirgi ba’zi bir ra’ylarimiz sanga yotishib kelmas ekan, bunga haqqing ham bor, lekinikkinchi tarafdan bizni ham haqsiz tashlab qo‘yma. O‘g‘lim, bizning sandan boshqa umidnishonimiz, hayot quvonchimiz yo‘q. Dunyoda ko‘rib o‘taturg‘an barcha orzumiz, havasimizfaqat sangagina qarab qolg‘an. Biz xudoi taolog‘a minglab shukur aytamizkim, sanboshqalarning farzandidek eslik-hushlik bo‘lding; kishilardek sen bilan iftixor qilolmasaqda,san orqalik xijolat chekmasimizga ishondik. Ayniqsa onangning saning tufaylikechiraturgan umidlari tobora ortib bordi. Bu kun onang saning oldingg‘a tiz cho‘kib vaonang ko‘ngli uchun men ham orag‘a tushib sandan so‘raymiz: san o‘z xohishing yo‘lidauylangan ekansan, rafiqang sanga muborak bo‘lsin. Eslilik da’vosida yurgan ota-onangtilagi albatta shundan boshqa bo‘lmas. Shu bilan birga saning sababi vujuding bo‘lg‘an birkishi o‘z hayoti ichida bolasi orqaliq bir orzu-havas kechirmakchi... Uning bu orzusig‘a haqberasanmi, yo‘qmi yana ixtiyor o‘zingda...Hojining bu so‘zi O‘zbek oyimg‘a nechog‘liq yoqqan bo‘lsa, Otabekni shu qadar yergaqaratqan edi. Hoji o‘zidan oshirib so‘zlag‘an bu so‘zlarini shu gap bilan tamomladi:— Bilgan topib so‘zlar, bilmagan qopib, deganlaridek, onangning aytmakchi bo‘lg‘anso‘zi faqat shu edi. Boyag‘i gaplari bo‘lsa o‘z haqqini himoya yo‘lida uning popisalariginabo‘lib, mendan ham ko‘ra onangning fe’lini o‘zing yaxshi bilasan...Otabek hamon sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan «shundog‘» ishorasini beraredi. Yusufbek hoji yuqorida o‘tkan gaplarni quruq va asossiz so‘zlamag‘an, balki shuturmushning rukn va asosini bir daraja aytib o‘tkan, Otabek esa buni shu muhitning biro‘g‘li bo‘lib eshitkan edi. To‘g‘risi ham ul dadasi tomonidan so‘zlangan haligi qonung‘aqarshi chiqish uchun lozim bo‘lg‘an kuchka molik emas; bas, kuchsizlikning natijasi esasukut edi. Ul bir tomondan shunday orzu-havas uchun bola o‘sdirg‘an ota-onanimukofotlandirmakchi va otasi aytkan xijolat chekdirmayturg‘an o‘g‘ullardan bo‘lmoqchi ediersa ham, ikkinchi yoqdan o‘zini asir etkan shahlo ko‘zlar unga nafratlanib qarag‘andekbo‘lurlar, go‘yoki vafosiz, va’dasiz, deb qichqirarlar edi. To‘g‘risi ham uni ota-onamukofotiga qarshi oyoqlandirmoqchi bo‘lg‘an narsa haligi ko‘zlargina, ammo uning buisyonnamo harakatidan boshqa unsurlar qidirish va chiqarish o‘rinsiz tushar edi. Ota-onaorzusini ifo etishdan1 bir soniya ham o‘zining ko‘z o‘ngidan xayoli ketmagan anuv ilohiymuhabbat uchun hech bir turlik kamchilik kelmasiga ishonsa ham hozir uning yuraginiboshqa bir haqiqat tirnay boshlag‘an va vijdonini faqat shu masalagina o‘rab olg‘an edi.Otabekcha eng nozik sanalg‘an bu masala qaroshidag‘i javob kutib o‘lturg‘uchilarni nihoyatzeriktirdi.— Bizni kutdirma, o‘g‘lim.Otabek mag‘lub bir boqish bilan bu so‘zni aytkuchi otasig‘a qaradi va yalinchoq birohangda javob berdi:— Men sizlarning orzularingizni bajarishka — agar xursandchilig‘ingiz shu bilan bo‘lsa— har vaqt hozirman. Ammo bir bechoraga ko‘ra-bila turib jabr ham xiyonat...Hoji o‘g‘lining maqsadig‘a darrov tushuna olmadi va so‘radi:— Kimga, xotiningg‘ami?— Yo‘q, sizning oladirg‘an keliningizga. O‘g‘lingizning vujudi bilan orzuingizni qondirishoson bo‘lsa ham keliningiz qarshisida meni bir jonsiz haykal o‘rnida tasavvur qilingiz.Yusufbek hoji yalt etib xotinig‘a qaradi. O‘zbek oyimning bo‘lsa oladirg‘an kelinigae’timodi yuqo-rilig‘idan o‘ylab-netib turmadi:— Mayli, bolam; buyoqni hozir san o‘ylamay qo‘y,— dedi.Otabek bir og‘iz so‘z aytmay sukut qildi, Yusufbek hojining esa o‘g‘lining so‘zinito‘g‘rilig‘ig‘a, keyindan yuz ko‘rsataturg‘an ko‘ngilsiz ishlarga aqli yetsa ham, ammo birmulohaza yuzasidan istiqbolning qorong‘i ishlarini hozir uncha mulohaza qilib ko‘rmadi:73

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!