13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyCholu kampirning har bir o‘lturishlarida so‘z O‘zbek oyim tomonidan boshlandimi,albatta noqobil o‘g‘ul bilan marg‘ilonliq «andi» kelin ustida bo‘lar va uning uchun engahamiyatlik masala faqatgina shugina bo‘lib ko‘rinar edi.Boshqa kezlarda kampirning bu to‘g‘ridag‘i dod-hasratini kulgulik bilan va kamhavsalalilik bilan eshitsa ham, ammo bu gal O‘zbek oyimning o‘sha eski ashulasini ortiqchabir to‘zimsizlik orasida kutar edi. Kampirning dardi g‘o‘zada, sichqonning ko‘zi donlikko‘zada, deganlaridek, bizning O‘zbek oyimizning ham dardi bo‘zada edi. So‘z urindi,so‘zdan — so‘z chiqdi, nihoyat hojining kutkanidek o‘g‘ul hasrati ham boshlandi:— Ahmoqingiz bir oz esini yig‘qan ko‘rinadir, — dedi O‘zbek oyim, — haytovur uchoydan beri Marg‘i-lonni esidan chiqarib qo‘ydi.Hoji kuldi:— Issiq-sovug‘ing kor qilg‘andir...— Bilmadim... Har nechuk suv quyg‘andek bo‘ldi, qoldi. Ilohim em tushkan bo‘lsin...— Ilohi em tushsin, — deb kuldi hoji.O‘zbek oyim erining istehzosiga tushunib qoldi va labi-labiga tegmay bobillay ketdi:— Nega kulasiz? — deb depsindi, — bu kungacha kulib-ku, o‘g‘lingizdan ajralayozdingiz. Endi nega siz ham... xudoyo tavba qildim...— Zo‘ri behuda miyon shikanad.— Ilohi tojikingiz qursin! — dedi O‘zbek oyim, — men to‘g‘risini aytsam, bu gaplarninghammasiga siz sabab bo‘lmoqdasiz, er. Yakkash kulish, yakkash kulgi! Undan ko‘ra o‘g‘ulqizo‘sdirishg‘a uquvim yo‘q, deb ayting!Hoji tag‘in kuldi:— Ha, uquvim yo‘q, oyimcha!— Kuling-e, kuling! Xudo o‘lim bersin kulguga! — dedi O‘zbek oyim va achchig‘i bilanyuzini chetka o‘girdi.— Menga qara, xotin, — dedi hoji jiddiy tusda. O‘zbek oyim qaradi. — O‘rinsizchiransang, beling sinadir, deydi tojiklar. Shunga o‘xshash o‘zing joysiz chiranganingdek,meni ham o‘z yoningg‘a tortmoqchi bo‘-lasan.— Bo‘lmasa manim barcha harakatlarim o‘rinsiz ekan-da?— O‘rinsiz.— Nega o‘rinsiz bo‘lar ekan?— Sening muddaong, — dedi hoji, — marg‘ilonliq kelinni o‘g‘lingdan ajratib yuborishva bu kelining bilan qoldirish — shundog‘mi?— Albatta shundog‘!— Mana bu harakatingni o‘rinsiz chiranish, deydilar. Nega desang, bilfarz1 o‘g‘lingnioldingg‘a olsangda, undan so‘rasang «qaysi xotining bilan bo‘lishni xohlaysan?Xohlamag‘aningni qo‘y», deb. Ana shu vaqtda o‘g‘ling nima der edi? Nima deyishini o‘zingham yaxshi bilsang kerak, xotin!— Bilaman, — dedi O‘zbek oyim, — marg‘ilonliq-ning domlasi kuchlik. O‘g‘limbechoraning boshini aylantirib, ko‘nglini xippa o‘ziga bog‘lag‘an.Yusufbek hoji o‘zini kulgidan yana to‘xtata olmadi:— Yaxshi, — dedi, — sen ham-ku uch yildan beri Toshkanddagi hammadomlaxo‘jalarning eshigiga birma-bir kirib-chiqding. Bas, sen ham nega o‘g‘lingningko‘nglini Zaynabka xippa qilib bog‘lay olmading?O‘zbek oyim erining bu savolidan hayron bo‘lib turmadi:— Marg‘ilonlikning domlasi sihirchi hindi edi. Men bo‘lsam, bu yerdan hindi domla topaolmadim.Hoji endi kulmadi. Chunki xotinining holiga achina boshlag‘an edi.— Bundog‘ aqlsiz ishlarni qo‘yayliq, xotin, — deb muloyimona so‘zlab ketdi, — bir ozaqlg‘a yon berib ish qilg‘an kishi hech bir vaqt dard qilmaydir. Modomiki, ikkimizning yolg‘iz167

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!