13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Insofsiz, adolatsiz!Otabek zaharxanda bilan so‘radi:— Men boshda sizga nima degan edim?— Nima degan eding?— Keliningiz mendan yaxshiliq ko‘rmas, demaganmi edim? Siz bilan otam bungako‘nmaganmi edingiz, siz buni inkor qilasizmi?— Ota-onamdan va’da olg‘anman, deb shunday xoting‘a jabr qilib yura berasanmi?— Keliningizga jabrni xohlamasangiz va o‘zingiz aytkan insofka qaytsangiz, eng osonbir yo‘l bor, — dedi va onasidan ma’lum «nima?» deb bilaturgan savolni kutib to‘xtadi.Ammo O‘zbek oyim so‘roq o‘rniga labini tishlab boshini ikki yelkasiga tebratdi. — Sizso‘rashni tilamasan-giz-da, men aytay: keliningizga jabrni xohlamasangiz mendan taloqqildiringiz va bir bechoraga bu yo‘sun azob berib yurmangiz! — dedi va bir oz to‘xtabdavom etdi. — Siz bilgan insofni men ham bilaman. Bir bechorani faqat sizning kayfingizuchun azob emas, chekkan xo‘rlig‘ini o‘ylab har kuni bir qat etdan tushaman... Agar o‘zkayfingizdan kechsangiz, yaxshi bilingizkim, bir emas ikki jonni azobdan qutqarg‘anbo‘lasiz, onajon! — dedi.O‘zbek oyim o‘g‘lining bunchalik qat’iy ketishini kutmagan edi va bu yo‘sun qattig‘muomalani-da Otabekdan birinchi martaba ko‘rar edi. So‘z qaytarishg‘a o‘rin topolmadimiva yo janjalning ulg‘ayishidan qo‘rqdimi, haytovur uzoqqina istehzolanib qarab turg‘ach,«esingni yebsan, bolam», dedi-da, mehmonxonadan chiqdi.Otabek yolg‘iz mehmonxonada yotib kun kechirish bilangina qolmadi. Kechalariallaqayoqlarg‘a ketib, yo‘qolaturg‘an odatlar ham chiqardi va bir-ikki qayta ortiqcha mastbo‘lg‘an holda qaytib, Hasanalini tamom hayratda qoldirdi. Ul Otabekka nasihat qilishniham bilmas va bu sirni biravga aytish uchun ham hayron edi.Bir kun kechasi ul yangi odati bo‘yicha allaqayoqqa ketkan edi. Hasanalining ko‘ngli bukun ham bir ishka guvohlik bergandek bo‘lib, ichkarida yotkusi kelmadi, o‘rinnimehmonxonag‘a yozib, darbozani zanjirlab keldi. Agar bu kun ham ul o‘sha holda qaytsa,bir narsa demakchi, ya’ni qo‘lidan kelgan nasihatni qilmoqchi edi. Uxlamay kutib o‘lturdi.Ammo ul tungi soat o‘n bir bo‘lsa ham kelmas, o‘n ikkida ham daraksiz edi. Nihoyat, kutakutauyqusi tang qilg‘ach, o‘rniga cho‘zilib kipragini kipragiga ulab yotdi va uxlab ketganinio‘zi ham sezmay qoldi. Oradan noma’lum bir muddat o‘tib darbozaning so‘naqasiztaqillashidan cho‘chib uyg‘ondi va yo‘lakka yugurdi. Qorong‘uda zanjirni timiskilar ekan,«kim?» deb so‘radi va javobig‘a «mmmman» degan sarxush tovushni eshitdi. Bu tovushuning yuragini uyushdirib yuborg‘an va «bu kun ham shunaqa» degan so‘zni ko‘nglidano‘tquzg‘an edi. Zanjirni tushurib, darbozaning bir tabaqasini ochishi hamono shu tabaqag‘asuyalib turgan Otabek Hasanalining oyog‘i ostig‘a yiqilib tushdi. Hasanali bu kungi kayfningo‘tacha ketkanligini payqag‘an, yo‘lakni tutib ketgan ichkulik isidan o‘qchiyozg‘an edi.Otabekni suyab mehmonxonag‘a kelturar ekan, ikki ko‘zi ichkari havlining eshigida, chunkiYusufbek hojining tunlari tashqarig‘a chiqaturg‘an odatining shu vaqtg‘a to‘g‘ri kelibqolishidan yuragi taka-puka edi. Otabekni yeshintirar ekan, rizosiz bir ohangda dedi:— O‘g‘lim, sizga shu shaytoni ishning nima zarurati bor?Otabek mastlarcha kuldi:— Mmmenga zarurati bo‘lmasa kkkimga bor?!— Nima bo‘lg‘anda ham men bu ishingizdan rozi emasman, — dedi Hasanali vaqanday javob eshitishini kutib turdi. Otabek o‘rniga yotib olg‘ach, kuchlik qilib bir uflaboldi. Hasanali undan javob kutar ekan, bir ozdan so‘ng javob o‘rniga xurrak tovshinieshitdi... Otabekning kutilmaganda bu yanglig‘ yaramas ko‘chalarga kirib ketishiga hech birturlik ma’no beralmay boshi qotsa ham, ammo uning ko‘z o‘ngidan ignaga zo‘rlab taqilg‘anip nariga ketmas edi. Undan so‘ng, ikki oylardan beri Marg‘ilonni tilga olmasliqda uni bir ozshubhaga tushirib, «oralaridan birar sovuqchiliq o‘tdimi ekan», deb ham ko‘nglidan113

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!