13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyto‘xtadilar. Sag‘ananing o‘ng boshidag‘i toshdan o‘yib yasalg‘an lavha ko‘zga chaqilib turaredi:La ilaha illa-ollohu Muhammadu-rasul-ullohHazihil markadul munavvaratu lil mazlumatilmashhudati al-mag‘furati.Kumushbibi binti Mirzakarim Marg‘inoniy, tarixi tavalludi 1248.Vafoti 1269-yil hijriy, jumod-ul-avval.Bu lavha bir dilporadan husn sanamiga yodgordir.Bunda madfun kundash balosining namoyon bir qurbonidir.Ayo charx, etding ortuq jabr bunyod,Ko‘zim yoshlig‘, tilimda qoldi faryod.Hayotim lolazoridin ayurding,Yoqib jonim, kulim ko‘kka sovurding.Bechora ona chidalmadi, qabrni quchog‘lab uvvos tortdi. Otabek ham qabr yonig‘a tizcho‘kib, ko‘z yoshisi bilan tuproqni loy qila berdi... Qutidor lavha qarshisida edi. Lavhanio‘qub chiqgandan keyin ul ham piq-piq yig‘lab yubordi. Yarim soat chamasi shul holdaqoldilar.Qur’on o‘qushg‘a hech kimda majol yo‘q edi.Qarshidag‘i binoga Yusufbek hoji tarafidan qo‘yilg‘an qori bularning holiga tushundi.Sekin-sekin qorixonadan chiqib keldi va narida o‘lturib qur’on o‘qudi. Oftob oyimning nolasibosilsa ham, lekin ko‘z yoshisi tiyilmadi. Bir ulgina emas, anovlar ham shu holda edilar.Fotiha tortilg‘andan so‘ng qutidor va Oftob oyim qorig‘a pul berdilar. Qori ketkandan keyinhar qaysilari o‘zlarini bosib alohida-alohida qur’on o‘qub bag‘ishladilar, so‘ngra ohistaohistayo‘l olib qabr bilan vido’lashdilar. Go‘yo Kumush «mendan rozi bo‘ling!..» debonasig‘a xitob qilar, Oftob oyim orqasig‘a qaray-qaray yig‘lab kelar edi...Otabek ularni uyga qo‘yib, qabr yonig‘a keldi va tuni bilan shunda qoldi. Erta bilanHasanali aravani qo‘shib tayyorlag‘an, mayda-chuyda aravaga tashilar edi. Eng keyindaOftob oyim Kumushning kiyimlari bilan Yodgorbekni ko‘tarib chiqdi, keyinroq Yusufbek hojibilan qutidor ko‘rindilar. Qutidor vidolashib aravaga chiqg‘anda ko‘cha tarafdan Otabekkela berdi, kelib otning jilovini ushladi va ot ustiga mingan Hasanaliga — «tushing otdan!»dedi. Hasanali otdan tushdi. Otabek irg‘ib otqa mindi va qutidordan so‘radi:— Otni haydaymi?Qutidor bilan hoji tushunisholmay bir-birlariga qarashdilar. Yo‘lakda turgan O‘zbekoyim darbozadan mo‘ralab qo‘ydi. Qutidor indamagani uchun Otabek o‘zicha otni haydabyubordi.— Xayr!— Xo‘sh!Marg‘ilong‘a jo‘naydirg‘an Hasanali gangib ko‘cha-ning o‘rtasidan hojig‘a qaradi. Hojiyo‘lakdagi oyimg‘a yer ostidan ko‘z qirini tashladi... Otabek ortig‘a qaramasdan aravanihaydar edi...17. XOTIMABir yildan so‘ng Otabek usta Alim bilan birga Toshkand keldi. Hoji va O‘zbek oyim og‘izochib undan ranjiy olmadilar. Ul mehmonlar kabi edi. Na otasi va na onasi bilan ochilibso‘zlashmadi. Usta Alim bilan bir hafta chamasi Toshkandda turib eng so‘ngg‘i kech yolg‘izko‘yi Kumush qabri yonida bo‘ldi. Kecha oydin, qabriston tib-tinch, uzog‘roqdan qur’ontovshi eshitilar edi. Ikki tub chinor butoqlarida qo‘nib o‘lturgan uch-to‘rtta boyqushlar, qabryonig‘a tizlangan Otabek va yuqori, quyi do‘mbaygan qabrlar bu tilovatka somi’ kabi edilar.211

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!