13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriySaroydan ancha uzoqlashqan edi, qarshidan o‘ziga qarab kelguchi Rahmatni ko‘rdi vachor-nochor so‘rash-moqqa to‘g‘ri keldi:— Ha, mulla Rahmat, salomatmisiz?Rahmat oshiqibg‘ina uning bilan ko‘rishdi:— Qachon keldingiz, bek aka?— Kelganimga bir-ikki kun bo‘ldi... Nega xafa ko‘rinasiz, mulla Rahmat?Rahmat uflab oldi:— Eyyy, bek aka, bizning boshka tushkanni dushmaningizga ham ko‘rsatmasin!Otabek ajabsinish tusi ko‘rsatib so‘radi:— Nima bo‘ldi, uy-ichingiz bilan salomatmisiz?— O‘zingiz bilasiz, bultur padar marhum bo‘lg‘an edilar, bu kun yana boshimizg‘a o‘limtushaturg‘an bo‘lib qoldi, tog‘am Homidni allakimlar chavog‘lab ketibdirlar.Otabek ko‘zini olalantirg‘an bo‘ldi:— Qayerda, kimlar, yarasi qo‘rqunch emasmi?Rahmat voqi’ani qayerda bo‘lg‘anlig‘ini so‘zlab turmadi:— Yarasi yomon, hushsiz holda hiqillab yotibdir. Qornini tikdirmakchi bo‘lg‘an edim,jarroh bo‘lmaydir, dedi.—Chavog‘lag‘uchini aytmadimi?— Til bo‘lsa aytadi-da, — dedi Rahmat, — ul yiqi-lib yotqan joyda yana ikki yigitningo‘lugi bor ekan... Shulardan zarb olg‘anmi deb o‘ylayman.— Xudo shifo bersin! — dedi Otabek.Ajralishdilar.Otabek usta Alimning ko‘chasiga burilg‘ach, Sodiq eshigida uch-to‘rtta bel bog‘lag‘ankishilarni tobut yasash bilan mashg‘ul ko‘rib tinchsizlanib ketdi. Usta Alimning yo‘lagigakirar ekan, Jannat opa bilan yana bir xotinning yig‘i tovushlarini eshitdi...Janozaga tahorat olish uchun obdasta yonig‘a o‘lturgan usta Alim Toshkand jo‘nabketkan Shokirbekni oradan uch-to‘rt kun o‘tmay qaytib kelishiga ajabsingan edi:— Keling-keling, Shokirbek... Toshkand jo‘na-mag‘anmi edingiz?!Otabek ayvonning oldig‘a o‘lturar ekan, kuldi:— Toshkandga borib keldim...Usta Alim uning hazilini fahmladi-da, tahorat ola-ola qiziq voqi’adan so‘z ochdi:— Marg‘ilondan ketmagan bo‘lsangiz, o‘zingiz ham eshitkandirsiz Shokirbek, siz bilanmenga tarjimai hollari ma’lum bo‘lg‘an Homid bilan Sodiqni va tag‘in Mutal degan yana biryigitni Mirzakarim akaning havlisi orqasida o‘ldirib ketibdirlar. Yomonlar o‘z jazalarinitopibdirlar.— Eshitdim, — dedi Otabek va tag‘in kulib qo‘ydi.Usta Alim uning bu kulgisiga e’tibor qilmag‘an edi, so‘zida davom etib so‘radi:— Siz bularni kim o‘ldirgan deb o‘ylaysiz?— Siz-chi? — dedi Otabek va tag‘in iljayib qo‘ydi.— Menga qolsa, — dedi usta Alim, — o‘ldirguchi albatta Mirzakarim akaning kuyaviOtabekdir... zap ish qilg‘an-da, men unga qoyilman. Men uning O‘tabboy qushbegigaqilg‘an muomalasini eshitib, yuragiga bali degan edim... zap yigit ekan-da!Otabek o‘ng‘aysizlanib ketdi. Usta Alim yuz-ko‘zini artib Otabekning qo‘lini olibko‘rishmakchi bo‘lg‘an edi, ko‘zi o‘ralg‘an dokaga tushdi:— Qo‘lingizga nima qildi, Shokirbek?— Pichaq kesib ketdi...— Yomon kesdimi?— Sal.Usta Alim Otabekning yonig‘a o‘lturdi va:— Nega Toshkand jo‘namadingiz, birarta mone’ chiqib qoldimi? — deb so‘radi.139

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!