13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Sizdan albatta kattaman, — dedi Kumush.Kumushning «albatta kattaman» degan so‘zini Otabek ichidan tasdiqladi, uninghusndagina emas, aqlda va boshqada Zaynabdan necha barobar yuqorida ekanini o‘yladi.Orag‘a bir necha daqiqaliq so‘zsizlik kirdi. Otabek yer ostidan Kumushka nigoh tashlar,Zaynab gilamning popugini chirmab nimaningdir xayolini surar, Kumush bo‘lsa hech kimgaham qaramay mudrag‘an sumol o‘lturar edi. Kumushni bu holda ko‘rib Otabekning yuragiachidi...— Yo‘lda charchag‘an ko‘rinasiz, Kumush.Zaynab gilamdan ko‘zini oldi, Kumush mudrashdan cho‘chidi...— Qaydam...— Biz ketaylik, siz tinchib uxlang, — dedi Otabek.— Mayli... Xuftanni ham o‘quy olmaydirg‘an o‘xshayman.— Zarari yo‘q, — dedi, — yolg‘iz qo‘rqmaysizmi... Yoningizda Zaynab yotsinmi?— Zaynabnisa siz bilan yotsin... Men yolg‘izliqg‘a o‘rganganman...— Onangizni chaqirib beraylik bo‘lmasa.— Rahmat.— Yolg‘iz yotib qolgangizni ayniqsa oyim eshitsa...— Siz bilan Zaynabnisa yolg‘iz yotib qolg‘animni aytmasangiz, hech kim bilmaydir...O‘rin o‘shami?Zaynab nimagadir juda ham quvonib ketdi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Kumushnio‘rin yozishg‘a qo‘ymay o‘zi par to‘shakni olib yerga soldi. Kumush mudrag‘an ko‘yiZaynabka tashakkur aytib to‘rdagi burchakka o‘lturib oldi. Otabek berigi burchakdan turibuni qo‘li bilan yanar va kulimsirab xo‘mrayar edi. Kumush mudrag‘an ko‘yi, suzilgan ko‘yiiljayib javob berar edi...O‘rnini solib bitirgandan keyin, Zaynab qanoatlanib uydan chiqmoqchi bo‘lg‘an edi, uniKumush to‘xtatdi:— Zaynabnisa, — dedi, Zaynab qaradi, — bu kishini tashqarig‘a chiqib yotishg‘aqo‘ymang, tuzikmi?— Nimaga?— Nimagaki, dadamning ko‘ngliga gap keladir.— Xo‘b, — dedi Zaynab va eshitdingmi degandek qilib eriga qarab olg‘andan keyinuydan chiqdi. Uning keticha Kumush Otabekka qattig‘ qilib aytdi:— Qani, siz ham uyingizga!..Zaynab juda ishong‘an holda o‘z uyiga borib yetdi.— Chindan aytib yotibman, eshitasizmi?Otabek o‘zini g‘aflatka solib Kumushning yonig‘a bordi:— Siz...— Men?— Siz quvsiz...— Men quv emasman, — dedi kulib Kumush, — men hali urushig‘liq holdaman,yarashqanim yo‘q.— Boya nimalarni so‘zladingiz, sir ochiladimi, deb jonim bo‘g‘zimg‘a keldi.— Nega sir ochilsin? — dedi, — men siz bilan o‘tkan ishlar haqida so‘zlashmoqchibo‘lib turar edim — o‘zi jo‘rttaga kirib keldi. Men ham so‘zimni to‘xtatmay jo‘rttaga boshqayo‘lda aytib chiqdim. Nima, bir narsa payqadimi?— Payqamadi-ku... Shundog‘ bo‘lsa ham men juda qo‘rqdim.— Hali shu yuragingiz bilan uch kishini o‘ldirdingizmi, men ishonmayman, — dediKumush va Otabekning xanjar tekkan qo‘lining chizig‘ig‘a ko‘zi tushdi. — Pichoq yomonkesipti... Chumchuq so‘ydingizmi? Qani chiqing, men yotaman.— Yota beringiz.184

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!