13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Shu. Shundan beri har bir Marg‘ilon kelganida va Andijon o‘tkanida maning oldimg‘akirmasdan ketmaydir. O‘zi juda og‘ir va aqllik yigit, buning ustiga qiziq tabi’ati ham bor, —dedi.— Qizig‘i qanaqa, — deb so‘radi usta Farfi.— Juda qiziq, — dedi usta va kechagi voqi’ani so‘zlab chiqdi. — Kecha ertalab shaharnibir aylanib kelayin deb chiqib ketkan va tushlik oshka yetib kelish uchun va’da ham berganedi. Men va’da vaqtig‘a oshni damlab o‘lturibman-o‘lturibman, sira kelsa-chi! Nihoyat,sizdan sal ilgariroq kelib turg‘an edi. So‘rasam: «Xo‘ja Ma’oz»ni tunab qoldim, deydir. Ko‘ziuyqusizliqdan bir qarich ichiga tushib ketibdir. Juda ham tabi’ati qiziq yigit.— Yaxshi yigit ekan, — deb qo‘ydi usta Farfi.Oshni yeb bo‘lg‘anlarida u yoq-bu yoqdan jum’a tovshi kela boshlag‘an edi. Shuninguchun choy ichib o‘lturishka to‘g‘ri kelmay usta Farfi usta Alimdan ilgariroq namozi jum’agaqo‘zg‘aldi va eshikdan chiqishi bilan o‘z uyidan kelayotqandek ko‘ringan Homidgauchrashdi.— Ha, usta Farfi, baxay? — dedi Homid.— Usta Alimnikiga kelgan edim.— Bo‘lmasa ziyofat quyuq ekan-da!— Quyuq! — dedi kulib usta Farfi, — usta Alim o‘z uyiga do‘kon qurg‘an ekan, gilalab1yurmasin deb fotihaga kelgan edim.— Shundoqmi! — deb qo‘ydi Homid. Birgalashib keta boshladilar.— Bo‘lmasa usta Alim o‘z uyiga do‘kon quribdir, deng-chi!— Do‘kon quribdir.— Arvoh piri bermasdan-a?— Qishda arvoh piri qilib bermoqchi! — dedi usta Farfi. Yana bir necha daqiqag‘aoradan so‘z kesilib qoldi.— Osh qilib bergandir?— Albatta.— Boshqa mehmon ham bor ekanmi? — deb so‘rab qo‘ydi Homid. Usta FarfiOtabekning Homid bilan uchrashg‘anini xotirlag‘an edi.— Toshkandlik bir savdogar mehmoni ham bor ekan,— dedi. Masjidga yaqinlashibqolg‘an edilar. Homid yana nimanidir so‘ramoqchi bo‘lsa ham, usta Farfi shoshib masjidgaburildi.14. RAQIB IZIDANO‘n olti-o‘n yetti kunlik oy oq bulut ichidan qo‘toslanib2 ko‘rinar edi. Hamma xuftannamoziga kirib ketkan, ko‘chalar suv quyg‘andek tinch edi. Ko‘chaning bu tinch paytidanfoydalang‘an kabi usta Alimning eshigi yonig‘a kelib to‘xtag‘an kimsaning kim ekanliginibilish uchun oy yoruqlig‘ig‘a qarshi tushkan bo‘g‘ot xalal berar edi. Bo‘g‘ot panasida vaeshik halqasida qadalib bir muncha vaqt nimanidir kutib turg‘an bu kishi nihoyat,avaylabgina eshikni ochib o‘zini yo‘lakka oldi. Tag‘in anchagina eshikning ichkarigi qismidaturg‘ach, ochishidag‘i ehtiyot bilan eshikni yopdi.Oy yoruqlig‘i uch burchak ravishda yo‘lakka tushib turar edi. Bu noma’lum kimsa oyoquchi bilan yurib keldi-da, mo‘ralab ayvong‘a qaradi. Ayvonning tokchasida sham’ yonib,Sayfi o‘rin yozish bilan ovora edi. Noma’lum kimsa yo‘lakning qorong‘i qismig‘a o‘zini olib,ko‘zini Sayfidan uzmay tura boshladi, Sayfi o‘rnini to‘shab bo‘lg‘andan so‘ng ayvonningpeshonasida yozilib yotqan dasturxon va laganni ko‘tarib hujraga kirdi. Yo‘lakdagi majhulkimarsa go‘yo shuni kutib turg‘andek oyog‘ uchini onda-sonda tashlab o‘zini maydon ichigaoldi...129

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!