13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyammo ust tomoni qizil movutdan, oq qayishdan kamar, so‘lig‘a qilich osilib, o‘ng tomonigato‘fangcha qistirilg‘an har qatorda to‘rttadan otliq kelmakda edilar. Sipohlarning keksaliklarito‘g‘risidagi nuqsonni e’tiborga olinmasa, ko‘rinish muntazam edi.Qo‘rg‘on ustida yasov totqan qahramonlar qo‘l bog‘lab ikki bukilgansumon ta’zim bilanAzizbekni ilgariga o‘tkaza boshladilar. Azizbek ularga qarshi oltin soplik qamchisiniko‘kragiga ko‘ndalang qo‘yib boshi bilan ham javob ishorasi berib oldinlar edi. Shu kezdaboshlar uyumi yonida turg‘an qo‘rg‘on begisi otidan yerga tushib jilovini qovushtirilganqo‘llari orasig‘a oldi. Boshlar uyumi bilan Azizbek orasi qirq-elli ot adimi qolg‘an edi.Azizbek qahramonlarning salomlariga javob qaytarishni ham unutib, ko‘zini kesik boshlargatikdi. Azizbekning orqasidag‘i sarkarda va sipohlar ham bu dahshat uyumiga egarga qiyshiqo‘lturib tomosha qilib kelar edilar. Azizbek kishilari bilan boshlar yonig‘a kelib to‘xtadi.Azizbek bir muncha vaqt boshlarni tomosha qilib turdi-da, qarshida qo‘l bog‘lag‘anqo‘rg‘on begiga qarab iljaydi:— Barakalla g‘ayratlaringizga, — dedi Azizbek, — bu kun qipchoqlarg‘a rustamonajavob berib, o‘zlarini ham itdek qirg‘ansiz. Bunchalik g‘ayrat ko‘rsatkan fuqarolarga rahmat,dunyo turguncha tursinlar!Azizbek tashakkurini bitirgach, hudaychi qo‘rg‘on ustidagi qahramonlarg‘a hammatovshini qo‘yib qich-qirdi.— Bek janoblari bu kungi rustamona g‘ayratlarin-gizga rahmat aytib, haqlaringizgaduo qiladirlar!Mudofi’lar dunyoni buzib javob berdilar:— Qulliq taqsir, qulliq! Taqsirimiz dunyo turguncha turib, soyai davlatlari boshimizdankam bo‘lmasin!Azizbek qamchisini ko‘ndalang qo‘yib mudofi’larga qulliq qildi va hudaychiga buyurdi:— Qo‘rg‘on begiga kimxob to‘n, yuzboshilarg‘a atlas chopon, boshqa yigitlarga uchtangadan pul in’om beril-sin.Hudaychining xabaridan so‘ng mudofi’lar javob qaytardilar:— Davlatlari ziyoda bo‘lsin!Xazinachilar sipohlar orqasidan ikki otni yetaklashib hudaychi yonig‘a yetdilar. Birotning ustiga choponlar ortilg‘an, ikkinchi otdag‘i katta xurjinning ikki ko‘zi liq tanga edi.Boshlab hudaychi ot ustidan bir kimxob to‘nni olib, qo‘rg‘on begiga kiydirdi. Qo‘rg‘on begito‘nni kiyib Azizbek haqiga uzun duo qildi. So‘ngra hudaychi bir yigitka to‘n qo‘ltiqlatib,ikkinchi yigitka tangalardan oldirib qo‘rg‘on begi bilan birga qahramonlar yonig‘a chiqdi.Qo‘rg‘on begining ko‘rsatishicha kimga uch tanga pul, kimga adras chopon ulashilibboshlandi.Azizbek ot ustida boshlar uyumi tevaragida aylanib Rayimbek dodxoh va ola-bayroqto‘nlik kishiga o‘zining tanish sarkardalaridan bo‘lg‘an kimlarningdir boshlariniko‘rsatmakda, tirik vaqtlarida nima ishlarda bo‘linib va qora choponlilarg‘a qanday zulmlarqilg‘anlarini so‘zlamakda edi. Azizbekning bu gaplarini Rayimbek dodxoh samimiy eshitsaham olabayroq to‘nlik odam «taqsir, taqsir» bilan javob berib, boshlar uyumidanjirkangansumon egarining qoshig‘a ko‘zini tikib turmoqda edi.Yarim soatlik bir fursatdan keyin qo‘rg‘onning boshdan-oyoq yasov tortqanqahramonlariga in’omlar ulashilib bitdi-da, hudaychi o‘zining quruq xurjini bilan Azizbekqotig‘a kelib qulluq qildi. Azizbek qarshisida qo‘l bog‘lab turg‘an qo‘rg‘on begidan so‘radi:— Yigitlaringizning barchasi ham quruq qolmadimi?— Davlatingiz soyasida, taqsir.— Qipchoqlarning bu kungi hujumi qay vaqtda bo‘ldi?— Tong yorir-yorimas Oq tepa1 tomonidan to‘p ota boshladilar, — dedi qo‘rg‘on begi,— o‘n besh daqiqa o‘tar-o‘tmas otliq qipchoq qo‘shinlari ko‘rinib Samar-qand darbozasigayugirdilar. Shungacha men ham davla-tingiz soyasida ikki darboza oralarig‘a merganlarni45

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!