13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriytamoman ochilib-sochilib ketkan Saodatning bolalarcha qilig‘ini ko‘rib to‘ymas edim. Saodatgoh men bilan, goh atlas bilan mashg‘ul, boyag‘i uyalib turishini bir yoqqa yig‘ishdiribqo‘yg‘an, onasi bilan meni kuldirib, anchagina ko‘tarilib qolg‘an latif ko‘kragi ustiga«senginadan aylaniy!» deb atlasni bosib quchoqlar edi. Men bo‘lsa go‘yo atlas emas,quchoqlang‘uchi o‘zim bo‘lg‘andek kayflanar edim.Men kampir bilan xayrlashib chiqa boshlag‘an edim, Saodat «Panjshanba kunboraymi», deb so‘radi. Men kampirning oldig‘a qaytib bordim-da, aytdim:—Saodatingizning bo‘yi cho‘zilib qolg‘an ko‘rinadir, mundan so‘ng maktabdan bo‘shag‘anvaqtida Sayfini yuborsangiz qalay bo‘lar ekan va qo‘lim bo‘shag‘an kezlarda o‘zim hamkelib turarman, — dedim. Go‘yo kampir ham mendan shu so‘zni kutib turg‘an ekan,hamiyatimga va aqlimga tahsin o‘qudi va qizig‘a qaradi. «Ana, eshitdingmi ustakangningso‘zini, endi vaqt-bevaqt ko‘chaga ham chiqaberma!» dedi. Men chiqaturib Saodatkaqarag‘an edim, mendan o‘pkalagansumon ko‘rindi. Ammo maning bu so‘zim bekorgaemas, balki xalfa shogirdlardan ba’zilarining unga yomon ko‘z bilan qarag‘anlarinipayqag‘anim uchun edi.Shu yo‘sunda Saodatning onasi ham mendan qochmay qo‘yib, aloqamiz tag‘in hamqattig‘lashdi. Kutmagan bu muvaffaqiyatim bir necha kungacha ko‘zimdagi uyquni hamqochirib qo‘ydi. Uch-to‘rt kun go‘yo bu kun-erta Saodatka uylanaturg‘an kabi hovliqib hamyurdim.Uncha-muncha narsani ayamag‘anim uchun bo‘lsa kerak, tez zamonda go‘yo Saodatlaroilasining boshlig‘i holini olib qoldim. Jum’a <strong>kunlar</strong>i masallig‘ni ko‘tarib Saodatlarnikigaborar, Saodatning qo‘lidan osh qildirib yeb qaytar edim. Saodat kundan-kunga o‘sib borar,shu nusbatda husniga husn qo‘shilar va men battar uning maftuni kesilar edim. Shu holdaoradan ikki yil chamasi fursat o‘tib ketib, Saodat ham o‘n olti yoshlarg‘a yetib qoldi. Endimaning oshiqona termulishlarim ma’nosini ongliy boshlag‘an, negadir «aka» debqilaturg‘an xitoblarnida tark etkan edi. Ikki yildan beri kampirning oldig‘a sovchi kirguzishnio‘ylab kelgan bo‘lsam-da, ammo nima uchundir Saodatdek qizg‘a uylanish baxtigaerishmakni o‘zimga tasavvur qilolmas edim. Bu to‘g‘rida bo‘lgan hamma umidimSaodatning onasidan edi, balki o‘zi so‘z ochar va yokim orag‘a kishi qo‘yar, deb kutar edi.Orag‘a boshlab o‘zim sovchi qo‘yishdan o‘ngg‘aysizlanar, to‘g‘risi o‘zimga tushunilmagan birxavf ostida bu jasoratdan mahrum edim.Bir kun odatimcha Saodatlar uyiga borg‘an edim. Osh-suvdan keyin kampir Saodatnio‘choqboshi yumishiga yuborib, menga qarab kuldi:— Saodatka bir yaxshi joydan kuyav chiqib qoldi. Kecha unashsak unashkundek hambo‘lg‘an edik, biroq sizning maslahatingizni olayin, deb sovchilarni qay-tardim, —demasinmi, ustimdan bir chelak sovuq suv quyg‘andek entikdim, qanday javob berishkatilim kelmay qoldi. Uzoq vaqt kesak kabi harakatsiz qolg‘ach, kuch orqasida tilimni bazo‘rshu so‘zga harakatlantirdim:— Joyi yaxshi bo‘lsa, o‘ylab ko‘rish kerak...Kuyavning kimning o‘g‘li bo‘lg‘anlig‘ini va qanday kasb qilishini sharh qila boshlag‘anedi, sabrim tamom bitdi:— Undog‘ bo‘lsa, kecha sovchilarni bekor qaytaribsiz,— dedim. Kampir manim bukinoyamga tushunmag‘an edi:— Kuyavning tegi-taxti menga ma’qul bo‘lishka bo‘ldi-ya, faqat endi ish sizningkengashingizga qarab qoldi, siz Saodatka ota bo‘lmasangiz ham lekin otaliqdan yuqoriishlarni qilib kelasiz. Endilikda Saodatni uzatishda ham otalig‘ingizni ayamangiz, — dedi. Buso‘z bilan yana o‘lganning ustiga chiqib tepilgandek bo‘ldim.Chayon kabi menizaharlamakda bo‘lg‘an kampirning to‘g‘ri so‘zini eshitib turishka ortiq to‘zalmadim-da,ertagacha o‘ylab javob berishni aytib kampirning oldidan chiqdim.109

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!