13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyqarshisig‘a o‘lturganda, mehmonxonaning yuqori darichasi ostig‘a Oftob oyim bilanKumush xat keltirguchining so‘zini eshitish uchun kelib to‘xtag‘an edilar.Qutidor uzr aytdi:— Kelturgan xabaringiz ta’sirida sizni unutayozibman...— Men buni payqadim, — dedi usta Alim kulib,— shu yo‘sinda makkor Homidningiblisona dasisasi1 bir oilani tamom ishdan chiqarayozg‘ankim, bu to‘g‘rida ayniqsa sizgaso‘zlash ortiqchadir. Ammo arslon yuraklik Otabek ham badbaxtni shundog‘ yanchibtashladikim, bu juda oz kishilar qo‘lidan kelaturgan ishdir.— O‘g‘rilarni o‘ldirganda Otabekning yonida necha kishisi bo‘lgan? — deb so‘radiqutidor.Usta kuldi:— Otabekning tanho o‘zi! — dedi.— Uch kishiga tanho o‘zi? — qutidor ishonmag‘an edi.— Azamatning yolg‘iz o‘zi! — deb usta Alim ilgarigi so‘zini qaytaladi.— Astag‘firulloh... Nega menga bu to‘g‘rida xabar bermagan?— Sizga xabar berib o‘lturishni yigitlik otig‘a eb bilmay, hatto menga ham bir narsasezdirmagan. Men hali bu nuqsoni uchun ayblasam: «Men o‘zimning ashaddiy dushmanimbilan tanho kurashib yo jon bermakka va yo jon olmaqqa qaror bergan edim. Shuninguchun hech kimga ham bildirmadim», deydir.Qutidor bir tomondan dahshatka tushsa, ikkinchi jihatdan Otabekning dov yuragigahayron qolar edi.— O‘ziga jarohat olmag‘anmi? — deb so‘radi qutidor.— Bo‘ksasi bilan qo‘lidan yaralang‘an bo‘lsa ham zararsizdir.Usta Alim qutidorning ba’zi bir e’tirozlariga qarshi Otabekning qutidor tomonidanquvlang‘anidan tortib, shundan beri Marg‘ilong‘a yetti-sakkiz martaba kelib ketkanini, harbir kelishida o‘zining uyiga kelib tushkanini va qalin o‘rtoq bo‘lib olg‘anlarini, shundoqbo‘lsa ham Otabekning o‘zidan chin ismini yashirib yurg‘anini, jum’a kuni usta Farfidanbirinchi martaba o‘z raqibini tanishini, nihoyat bu kungina unga chin ismini ochqaniniso‘zlab chiqdi.— Taloq xati-ku soxta ekan, — dedi qutidor, — nega biznikiga bir kelgani bilan qaytibkelmadi ekan?— Chunki uning so‘ziga qaraganda, siz uni og‘irroq tariqa bilan darbozangiz yonidanjo‘natqan ekansiz, — deb izohladi usta. — Toshkanddan uylanishida sizning bilfe’l boshqo‘shishingizni faqat qizingizni undan chiqarib olish uchun qurilg‘an bir hiyla ekan, debo‘ylab, qaytib eshikingizga oyoq bosmag‘an, hatto xotinini qozig‘a chaqirish to‘g‘risida fikribo‘lsa ham, siz bilan uchrashishdan qochib bu fikridan ham qaytqan, ya’ni sizning qizingizbo‘lg‘ani uchun suygan xotinidan ham kechmakka qaror bergan.Qutidor hali ham Otabekning ruhiga tushuna olmag‘an edi:— Mendan o‘zi xafa bo‘lg‘an bo‘lsa, orag‘a kishi qo‘ysa ham bo‘lar edi.— Shundog‘ qilsa ham bo‘lar edi, — dedi kulib usta Alim, — men hali undan shundaydeb so‘rasam, «O‘zimga ishonmag‘an kishi kishi so‘ziga kirarmidi, deb o‘yladim», deydir.Kuyavingizning qiziq tabi’atini shundan ham yaxshi bilib olsangiz bo‘ladirkim, shuchoqqacha ota-onalari ham bu foji’adan xabarsiz ekanlar.— Qiziq yigit, — dedi qutidor, — mendan ham katta nodonliq o‘tkan.— Hammasi ham taqdirning ishi, amak, bu orada siz bilan manim hech bir ixtiyorimizyo‘q.— Albatta yo‘q, — dedi qutidor va so‘radi: — o‘zi siznikidami?— Bu kun peshinda Toshkand jo‘nab ketdi.Qutidor tushuna olmag‘an edi:— Nega-nega? — deb so‘radi.145

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!