13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyO‘zbek oyim yengilayozgan bo‘lsa ham, ayniqsa Hasanalidan til qisib qolg‘usi kelmasedi. Go‘yoki shuncha o‘tkan gaplarga qiymat bermagandek:— Men buning sirrini endi xo‘b bilib oldim, — deb qo‘ydi.Hasanali kuldi.— Bilsangiz ham yanglish onglabsiz, chunki buning sirri siz o‘ylag‘ancha emas.— Qandog‘?— O‘g‘lingizning har zamon Marg‘ilong‘a oshiqmog‘i... ayniqsa bu gal qayin ota, qayinonalaridan andisha qilibdir. Undan keyin...— Undan keyin?— Undan keyin katta keliningiz o‘g‘lingizning ko‘z ochib ko‘rgani.— Ko‘z ochib ko‘rgani? — dedi O‘zbek oyim va istehzolanib kuldi. — Zaynab o‘shamarg‘ilonliqcha bo‘lmapti, degin?— Men qayog‘dan bilay... Ehtimol o‘g‘lingizcha shundaydir...— O‘zing ularning ikkisini ham ko‘rgansan, indallo1 so‘zla: ulardan qaysi birisininghusni ortiq?Hasanali bu savol qarshisida nima deb aytishka bilmay qoldi...— Muhabbat degan narsa husnga qaramaydir.— Qaraydirmi, yo‘qmi, sandan uni so‘rayotqanim yo‘q. Qaysi birisi ko‘hlikrak debso‘rayman?Hasanali qiynaldi va gapni boshqag‘a chalg‘itish uchun:— Endi maslahat nima bo‘ldi? — deb so‘radi.— Oldin so‘zimga javob ber-chi, yer yutkur!— Savolingiz qiziq, nima deb javob berishga hayronman... To‘g‘risini aytaymi?— To‘g‘risini!— To‘g‘risini indallo so‘zlasam, — dedi va qiynalib to‘xtadi, — har bir gulning isi o‘zyo‘lig‘a.— To‘g‘risini deyman!— Anuv keliningizning o‘lsa o‘ligi ortiq...— Gapirma-gapirma, — dedi O‘zbek oyim, — boshda shu marg‘ilonliq balosiga o‘zingsababchi bo‘lg‘anmisan, hali ham o‘shaning tomonini olib so‘zlaysan! Sandek soqoli uzun,aqli qisqadan kengash so‘rab o‘lturg‘an men ham ahmoq!Hasanalining chalg‘itishi va hayron bo‘lishi O‘zbek oyimning tabi’atini yaxshi bilganiuchun edi. Ul o‘z xohishiga teskari kelgan haqiqatni ko‘rmaydirgan qiziq bir tabi’atka molikedi.— O‘zingiz to‘g‘risini so‘zlatib, tag‘in nega mendan xafa bo‘lasiz, oyi, — deb muqobalaqila boshlag‘an edi, O‘zbek oyim yana gurullab ketdi:— Bo‘ldi-bo‘ldi... tuzingni ichib, tuzlig‘ingga tupurganni xudoy ko‘tarsin, — dedi.Hasanali xo‘jabekasining qarg‘ish va koyishi ostida kula-kula uydan chiqdi.Bu musohaba ko‘rinishda O‘zbek oyimg‘a uncha o‘zgarish bermagandek sezilsa ham,lekin ruhan uni ancha bo‘shashdirg‘an edi.* * *Shu gapdan bir hafta chamasi keyin va charlar kutishning o‘n beshinchi <strong>kunlar</strong>i edi.Otabek meh-monxonada toqchadag‘i kitoblar orasidan qandaydir bir kitobni axtarar ekan,Hasanali uning yonig‘a kirdi.— Panjshanba kun charlar emish, xabarini berib ketdi.Otabek kitoblardan birini sug‘urib oldi va varaqlar ekan, «charlari ham qursin», debqo‘ydi. Ko‘nglidan kechirdi: — «Bu kun dushanba bo‘lsa, tag‘in orada to‘rt kun bor».89

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!