13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyedi. Ish shunchalik nozik bo‘laturib ham o‘g‘rilar o‘z tirikliklari orqasidan qolmaydirlar. Eshaka bilan Tosh akaning uylari orqasidan teshilib mollari o‘g‘irlana beradir, peshtoqdanqopqa bo‘g‘ilib tashlanmoq uchun fohishalar ham yetishib turadirlar. Butun umridapeshonasi sajda ko‘rmaganlar ham ko‘b, ammo farzi aynning bosh tomonidan to‘rt-beshjumlani har kim qiynalmasdan sayriy olar edi. Ko‘b kishilarning uylarida musallas bilanbo‘zalar xumlab qaynab yotsa, ikkinchi tomonda rasmiy suratda ichkulik sotish bilan tiriklikqilg‘uchilar ham yo‘q emas edilar. Toshkandning Chuqur qishloq degan yerida qozoqlartomonidan ochilg‘an va hamisha rustamnamo1 kishilar bilan ayqirib yotqan bo‘zaxonalarham yo‘q emas edi.2Besh oylab Oq masjid safarida yurib ketkach, Otabek to‘g‘ri shu Chuqur qishloqbo‘zaxonalaridan biriga kelib tushkandek bo‘ldi. Uni kunduz <strong>kunlar</strong>i bo‘zaxonada uchratibbo‘lmasa-da, ammo bo‘zaxonag‘a kelmagan kechasi juda oz edi. Bo‘zagar Otabekning kimbolasi ekanligini yaxshi bilgani uchun hamma ishni uning tilagiga qarab qilar, ul keldideguncha oddiy bo‘zaxo‘rlar yonig‘a o‘tquzmay o‘zining maxsus hujrasiga olib kirar,boshqalarg‘a berilaturgan loyqa bo‘zadan bermay, bo‘za-ning guli bilan mehmon qilar edi.Hozir ham ul shu bo‘zaxonada edi. Endi uchunchi kuvachani tugatib, to‘rtinchinichaqirg‘an edi. Bo‘zagar kirdi:— Bo‘za beraymi, bek? — deb so‘radi.— Bering, — dedi va: — mashshog‘ingizni ham kirgizing!Vaqt yarim kechadan ham og‘qan, kunduz kunidan beri ichishib charchag‘anxo‘randalar baqirishib-chaqirishib tarqalishqan edilar. Bo‘zaxona tinchigan edi. Qo‘lma-qo‘lyurib charchag‘an mashshoq ham bo‘shab, Otabekdan katta-katta ehsonlar ko‘rganiuchun, vaqtning kechligiga ham e’tibor qilmay kirgan edi. Mashshoq Otabekning sarxushqo‘lidan bir piyola bo‘zani ichkach, dutorini chertib so‘radi:— Qanday kuyni chalay, bek aka?Otabek sarxush tovush bilan jiddiygina qilib javob berdi:— Bilsangiz, haydalish kuyini chalingiz, ajralish kuyini chalingiz!Mashshoq ajabsing‘an edi:— Dunyoda bunday kuylar borlig‘ini umrimda birinchi martaba eshitaman, bek aka!— Dunyoda bunday kuy yo‘q deb o‘ylaysizmi, siz eshitmagan bo‘lsangiz maningeshitkanim bor... Bilmasangiz, bilgan kuyingizni chalingiz!Mashshoq dutorini sozlar ekan, yana so‘radi:— Bu kuylar yangi chiqg‘anmi?— Yangi chiqg‘an.— Qayerda eshitdingiz?Otabekning kayfi tarqag‘andek bo‘lib, mashshoqqa qaradi:— Bu kuylarni Farg‘onaning Marg‘ilonida eshitdim...— dedi.Dutorni sozlash uchun reza kuylardangina olib turg‘an mashshoq, Otabek kutmaganjoyda «Navo»dan boshlab yuborg‘an edi. Kuyning boshlanishi bilanoq uning vujudi zirr etibketkandek bo‘lib keyingi piyolasini bo‘shatdi va ixtiyorsiz ravishda dutorning mungliktovshig‘a berildi. Dutor tovshi qandaydir o‘zining bir hasratini so‘zlag‘andek, hikoyaqilg‘andek bo‘lib eshitilar edi. Yo‘q, bu hasratni ul o‘z tilidan so‘zlamas edi — Otabek tilidanso‘zlar edi... Otabekning ko‘z o‘ngidan o‘tkan <strong>kunlar</strong>i birma-bir o‘tib boshladilar-da, nihoyat«anuv» xotiralari, «anuv» hangomalari ham ko‘rinish berib o‘tdilar... Yo‘q, o‘tmadilar...uning ko‘z o‘ngida kelib to‘xtadilarda, shu ko‘yi turaberdilar... Dutor bu ko‘rinishni uningko‘z o‘ngiga keltirib to‘xtatqach, bu foji’aga o‘zi ham chidab turolmag‘andek yig‘liyboshladi... Dutor quruqqina yig‘lamas edi, balki butun koinotni zirr etdirib va xastayuraklarni dirr silkitib yig‘lar edi... Otabek ortiq chidab turolmadi-da, ro‘ymoli bilan ko‘ziniyashirib yig‘lamoqqa kirishdi... Ul ko‘z yoshlarini to‘xtatmoqchi bo‘lar edi. Biroq hozirgiixtiyor o‘zida emas edi — hamma ixtiyor dutorning hazin «Navo»sida, toqatsiz yig‘isida118

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!