13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyazoni aytilib, sekin-sekin tong yorib bordi, mahalla masjididan ham azon tovshi kelgach, ultahorat olmoq uchun qo‘zg‘aldi.Kumushning yonig‘a kirish qulay bo‘lsin, deb nonishtani Zaynabning uyida qildi. O‘zbekoyim tarafidan kirish uchun ruxsat berilgan edi. Choydan keyin doyacha Kumush yonidanbir oz vaqtg‘a chiqib turdi. To‘rga Kumush yotqizilg‘an, uning oyog‘ tomonida O‘zbek oyimchaqaloqni ko‘tarib o‘lturgan edi. Otabek kirganda o‘zining siniqg‘an yuzi, ichkarigabotinqirag‘an ko‘zi bilan Kumush iljayib unga qaradi. Otabek tutilinqirab, «muborakbo‘lsin!» dedi. Kumush javob o‘rniga uyalib yuzini ko‘rpaga yashirdi. O‘zbek oyim:— Berganga qulliq bo‘lsin, o‘ltur, — dedi.Otabek Kumushning bosh tomonig‘a o‘lturdi. O‘zbek oyim fotiha o‘qudi. So‘ngrachaqaloqni Otabekka yaqinlashdirib, — toychog‘imning ko‘rmanasini chiqar, dadasi. —Otabek qizarib bolag‘a qaradi, Kumush yuzini yana ko‘rpaga yashirib oldi.— O‘zingiz tuzikmisiz?— Shukur...— Qiynalibsiz, deb eshitdim...— Tug‘moq hazilmi senga, — dedi O‘zbek oyim.Kumush Otabekni o‘ziga imladi va qulog‘ig‘a shivirladi: «sizning gunohingizga...»— Xo‘rak qildingizmi?O‘zbek oyim:— Kechadan beri ichiga issig‘ kirgani yo‘q. Zaynabka aytay sutlik atala qilib bersin, —dedi.— Albatta! — dedi Otabek va onasig‘a bir tilla so‘yinchi bergandan so‘ng xotirjam’likbilan uydan chiqdi.Tushlikdan keyin Otabek mehmonxonada kitob mutolaa qilur, dahlizda Hasanaliuzilgan ot asboblarini ulab tikar, Hoji masjidgami, boshqag‘ami ketkan edi. Shu vaqtichkaridan Oybodoq chiqib Otabek yonig‘a keldi:— Bek, siz uyga kirib chiqar emishsiz, — dedi.Otabek kitobni belguluk qilib yopdi:— Tinchlikmi?— Tinchlik... darrav kiring-chi!Otabek Oybodoq bilan ketma-ket ichkariga kirdi. Zaynab rangi o‘chkan holdaKumushning uyidan chiqib kelar edi.— Nima gap? — deb undan so‘radi Otabek.— Bilmadim, — dedi, — opam ko‘ngillari aynab qusyaptilar...Otabek eshik yonig‘a kelgandan so‘ng uydan bir necha xotin paranji yopinib chiqdilarda,ul uyga kirdi. O‘zbek oyim jom ushlag‘an, Kumush jomga o‘qchib qusar edi.— Nima bo‘ldi?Kumush javob beralmadi.— Bilmadim... boyatdan beri to‘xtovsiz qusyapti, — dedi O‘zbek oyim. Qusibcharchag‘an Kumush holsizlanib boshini yostiqqa tashladi. O‘qchib yoshlang‘an ko‘zlaribilan eriga qarab oldi.— Yoqmaydirg‘an xo‘rak bergansiz.— Yoqmaydirg‘an hech narsa yegani yo‘q, — dedi onasi,— o‘sha ataladan boshqaxo‘rak qilmadi. Undan ham yarim kosagina ichdi. Qolg‘ani ana tokchada...O‘zbek oyimning gapi tugamasdan Kumush yana jomga intildi. Otabek uning boshinitutdi.— Tabib aytdiraymi?— Aytdir. Manim ham ko‘nglimga shu kelib turgan edi.Otabek Kumushning qusug‘i bitkuncha turdi-da, so‘ngra yugurib tashqarig‘a chiqdi.Hasanali hanuz boyag‘i ishda edi.208

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!