13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Qani gapuring-chi menga, orangizdan bir gap o‘tdimi, — deb so‘radi.— Ha o‘tdi, — dedi Kumush va chetka qarab kulimsiradi.— O‘n besh kun bo‘lmasdan?— Mendan boshqa xotin bo‘lsa Zaynabingiz bilan birinchi kundanoq arazlashar edi...— Xudo xayringizni bersin...— Kesatmang.— Kesatmasam gapuring.Kumushning raqobat o‘ti bir oz o‘cha tushkan edi, uch-to‘rt kunlik mojarodanyaxshig‘ina hasrat ochildi. Otabek hasratni yarim jiddiy tinglab bordi. Zaynabning keyingiso‘zi va so‘nggi yelpitish foji’alari ham hasrat qolipig‘a birma-bir kirib chiqdi. Hasrattugalgandan so‘ng Otabekning yuzidagi boyag‘i yarim jiddiylik ketib, uning o‘rninio‘ychanliq oldi. Ul shu holatda anchagina so‘zsiz qoldi va oxirda o‘zini natija kutibo‘lturg‘uchi Kumushka qarab kulib qo‘ydi.— Nega kulasiz?— Chunki yig‘lamoqqa arzimaydir.Kumushning qoshlari chimirildi:— Zaynabingizning bu qilig‘iga men chidalmayman.— Chidash va chidamasni hozircha bir tarafka qo‘yib turayliq, — dedi Otabek, —ammo hammadan ilgari sizdan so‘rayman: menga ishonchingiz bormi?— Bor, ham yo‘q, — dedi Kumush va kulimsirab bir oz o‘ylanib oldi, — Zaynabninghaligidek gaplari kishini shubhaga solar ekan...— Ammo sizni shubhadan chiqaraturg‘an hujjatlaringiz albatta yo‘q emas edi.Kumush uyalg‘annamo yuzini chetka burdi, Otabek tovshini sekinlatib davom etdi:— O‘tkan kun sizdan «Toshkandda qolasizmi, yo‘q-mi?» deb so‘rag‘anim ham faqatshunga o‘xshash gaplar bilan siz xafalanmang, deb aytilgan edi. Agarda siz siqilar ekansiz,hali ham Toshkandda qolmasligingiz menga ma’qul ko‘rinadir. Chunki men sizni shuningsingari o‘rinsiz ozor chekishingizni xohlamayman.— Siz quvlamasangiz, men Marg‘ilong‘a bormayman.Otabek kuldi.— Agar siz shunga o‘xshash arzimagan gaplar uchun manim ustimga hujumqilabersangiz, albatta quvlayman.Kumush bir xil o‘pkalangan boqishda:— Sizga ishonsam bo‘ladimi? — deb so‘radi.— Yuragingizdan so‘rang.— Yuragim... Yuragim ishonma, deydi.— Bo‘lmasa bu yurak so‘zi emas.— Albatta yurak so‘zi.— Yuragingizning ishonma, deyishka birar vaji bordir?— Bor.— Bo‘lsa ayting.— Yuragim: quvlanishg‘a kim sazovor, deb sizdan so‘raydi... Siz o‘z yuragingizdan olibjavob bering.Otabek maqsadga tushundi, daf’atan javob berishka hayron bo‘lib qoldi. Darhaqiqat,Kumush eng nozik joydan ushlag‘an edi.Kumush Otabekdan javob kutib o‘lturmay yana dedi:— Boshqalar yuragini sinab ko‘rishka qudratim yetmasa ham manim yuragim ikkinarsani o‘z ichiga sig‘dira olmaydir...— Sening yuraging ikki narsani o‘z ichiga sig‘di-radir, demakchisiz.— Demakchi emasman, — dedi Kumush, — chunki hech vaqt bo‘ladirg‘an gap emas...192

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!