13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Sizning oldingizda yeshinaymi?— Uyalsangiz men yuzimni o‘girib turay, — dedi va yuzini chetka burdi.— Qaramang bo‘lmasa, — dedi Kumush yeshinar ekan, — «bo‘lg‘ani yo‘q, bo‘lg‘aniyo‘q» degan so‘zni besh-olti qayta takrorladi va o‘ringa kirib olg‘andan keyin ham«bo‘lg‘ani yo‘q, bo‘lg‘ani yo‘q» deb kular edi.Otabek nihoyatsiz «bo‘lg‘ani yo‘q» dan zerikib qaradi:— Aldamchi.— Bu aldashlar — aldash emas, siz hali qarab turing, qochqoq.— Aniq qo‘rqmaysizmi yolg‘iz?— Nega qo‘rqay, ikki yil yolg‘iz yotib, endi juda o‘rgandim... Ehtimol siz yolg‘izliqdanqo‘rqarsiz.— Kinoyangiz...— Bu kinoya emas, to‘g‘ri so‘zim, — dedi Kumush,— men bu holda yolg‘iz hamemasman...— Bu nima degan so‘zingiz tag‘in?— Ya’ni hamrohim bor, deganim — mendan qo‘rqmang, deganim...Otabek yana tushunmadi...— Hamrohingiz...— Hamrohimmi? — dedi Kumush, — hamrohim biravning xayoli, biravning fikri. Bas,bundan ham yaxshi rafiq bormi? Ba’zi vaqtlarda bu yo‘ldosh uyqudan ham shirin.Otabek «hamroh»ga tushundi va yotib Kumushning yuzidan o‘pdi:— Lekin men bu so‘zingizga ishonmayman.— Nega ishonmaysiz?— Negaki, siz anovi... kechasi hamrohsiz edingiz... Pish-pish uxlar edingiz...Kumush Otabekning yelkasiga qo‘lini tashladi:— O‘shal vaqtlarda hamrohsiz uxlag‘anim to‘g‘ri, — dedi, — chunki biravlardanbutunlay umidim kesilgan, hamrohim menga hamisha umidsizlikgina berar, dahshatimniginaortdirar edi. Ammo o‘sha <strong>kunlar</strong>da uyqu menga juda shirin bir narsa bo‘libqolg‘an, men uyqudag‘ina biravlarni ko‘rar va kunduzlari ham uyqu qidirar edim. Endibo‘lsa yana yo‘ldoshim xayol... Tag‘in nima deysiz?— Hech narsa demayman... Lekin siz ikki yil burung‘i Kumush emassiz.Kumush ko‘rpaga burkanib oldi:— Chiqing... uyqum keldi.Otabek zo‘rg‘agina o‘rnidan turdi... Ul uzog‘lash-qandan keyin Kumush sekinginayuzidan ko‘rpani oldi va mudroq ko‘zlari bilan Otabekka kulimsirab qaradi. Otabekhavlidag‘i oyog‘ tovshini eshitib, tokchadag‘i sham’lardan uchtasini o‘chirg‘an edi,darichadan Zaynab ko‘rindi: «Hali ham shu yerda ekansiz, men sizni tashqarig‘achiqg‘ansiz, deb o‘ylabman...» dedi. Otabek javob bermay qolg‘an sham’larni o‘chirdi.Zaynabning «hali ham shu yerda...» so‘zi bilan Kumushning ko‘zi uyqudan ochilib ketkanedi... Otabek eshikni yopib chiqdi.12. KUNDASH — KUNDASHDIRKumush qayin otasi bilan qayin onasiga uch-to‘rt kunning ichidayoq o‘zini ko‘rsatibqo‘ydi, shirin va aqllik muomalalari bilan ularni o‘ziga maftun qildi. Yusufbek hoji «bu odamfarzandi emas — farishta» der, orada Zaynab bo‘lmasa «farishta», deb atamoqqa hamhozir edi. O‘zbek oyim bo‘lsa eski kina va adovatlarni qaytib kelmas dunyosiga jo‘natdi.Tevarakdan marg‘ilonliq, kelinni ko‘rish uchun kelguchi xotinlarg‘a muomalani yana hamyuqoriroqdan turib qila boshladi. Har bir «keliningiz ajabmi?» deb Kumushka suqlang‘uchixotinlarg‘a, «Manim chin kelinim Marg‘ilonda edi-da!» der edi. Goho O‘zbek oyimning o‘zi185

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!