13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyHomid:— Bo‘lmasa, dushanba kuni kechasiga bo‘lsin!Sodiq:— Biz qaysi kunga desangiz ham hozirmiz!Mutal:— Menga qolsa, shu topta borsaq deyman!Homid:— Yaxshisi dushanba kun, undan nariga o‘tkani ham yaramag‘andek, berisi hamfoydasiz bo‘ladir, chunki bir-ikki kun bunga hozirlik ham kerak.Sodiq:— Tag‘in qanaqa hozirligi bor?Homid:— Olib chiqg‘andan so‘ng, uni Marg‘ilon ichida olib turib bo‘lmaydir: to rom qilg‘unchabirarta qishloqg‘a yuborishka to‘g‘ri keladir. Olib chiqishimiz dushanba kechasining qaysipaytiga to‘g‘ri kelishini ham hozirdan aytib bo‘lmaydir. Olib chiqg‘an zamon Marg‘ilondanchiqarilib yuborilmasa, kunduz kuni chiqarish tag‘in xavflik. Kechasi ma’lum, Marg‘ilondarbozalari yopiq bo‘ladir. Shuning uchun birarta darbozabonni qo‘lga olib qo‘ymog‘imiz,albatta, kerak...Sodiq:— Yaxshi maslahat, qutidornikiga qanaqa qilib tushamiz?Homid:— Masalaning bu yog‘ini ham o‘ylashimiz kerak ekan hali!Sodiq:— Eng yaxshisi darbozasidan kirish!Mutal:— Darbozasidan kirib bo‘lmasa, tomidan oshib tushamiz!Sodiq:— Ha-ha-ha, balli, Mutal to‘ram!Mutal:— Kulishingni bejo qilma, hez Abdikarim! San hali dunyog‘a kelib nimani ko‘rding-ku,sanga kulish tushib qoldi! Bu bosh dunyoga kelib nimalarni ko‘rmadi-a? Bunaqanggiqochiriq ishlarni endi qilib turipti, deb o‘ylaysanmi? Eyxa-x-x, Mutal akang nimalarniqilmadi? Xa-xa-xa... Musulmonsan otangning arvoyi, Homid aka! Bir kuni Jonkeldiboyhasratini qilib Hotam to‘raning o‘g‘lini yaxshi ko‘rganligini, diydoriga to‘yolmay besarbo‘lg‘anini arz qilib qoldi-ku, yonimda Qalandar polvon bor edi, Jonkeldiga, bo‘lmasa o‘noqta1 ber bizga, biz Qalandar bilan birga do‘ndiqchangni muhayyo qilib beraylik, dedim.Jonkeldi o‘lib turg‘an ekan, quloq qoqmay xo‘b, dedi. Biz qalandar bilan tunni yarim qildiqda,Hotam to‘raning havlisiga keldik. Ishning ebini jo‘blab qarasaq juda kashal2, devor —tosh hamin!3 Oshib tushishning sira o‘nqovi yo‘q. Bu ishkalni ko‘rgan Qalandarning tarbuziqo‘ltug‘idan tushib «besh oqtani qaytarish uvol-ku?!» dedi. O‘zimning sal shunaqanggikayfim balandroq edi, xanjarchamni qinidan sug‘urib oldim-da, to‘g‘ri Hotam to‘raningdarbozasig‘a borib chaqira boshladim. Bu ishimdan jon-poni chiqib ketkan Qalandaryonimg‘a kelib turta boshladi: «Hoy, Mutal, sanga nima bo‘ldi?» Men Hotam to‘rani chaqiraberib «tovshingni chiqarma, xoting‘a o‘xshag‘an yigit», dedim. Qalandar yonimdaturolmadi, meni yolg‘uz qoldirib ura qochdi. Bir vaqtda haligi Hotam to‘ra darboza orqasig‘akelib «kim» dedi. Men tovshimga shoshilishqan tus berib «Men, men, oching tezroq!»dedim. Bechora go‘l to‘ra darbozani ochib yuborishi bormi, lip etib o‘zimni ichkariga oldimva Hotam to‘rani qo‘lidan ushlab havlig‘a boshladim. Bechora endi meni tanig‘an,avzog‘imning buzuqlig‘ini ham payqag‘an edi. Ke-kirdagiga xanjarimni tirab: «Joningdanumiding bormi, yo‘qmi, noinsof!» dedim. Juda tili shishib qolg‘an edi xumsaning — «bovv-133

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!