13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Teshilayozg‘anmikin?— Ozg‘ina qolg‘andir, deb o‘ylayman, negaki, paxsaning enidan bir gaz chamasi joyochilg‘an!Mutal tovshini baralla qo‘yib so‘zlar edi, shuning uchun Sodiq dedi:— Tovshingni sekinroq chiqarsang-chi!Mutal belidan teshasini olar ekan, unga javob berdi:— Hali shundan ham qo‘rqasanmi, balki hali ashulamni ham aytib yuborarman!— Jinnilig‘ingni qo‘y, Mutal aka! Men ham yoningda turaymi?— Turasanmi, yo‘qmi — ixtiyor o‘zingda!Mutal kovakka kirib kovlashka tutindi.— Teshani qattig‘ solma, — dedi Sodiq.— Menga o‘rgatma, o‘zim bilaman.Sodiq Mutalning ehtiyotsizligidan qo‘rqdi shekillik, bir oz Mutalning ishiga qarabturg‘ach, dedi:— Bo‘lmasa, men eshik yonig‘a borib turay, teshildi deguncha hushtak ber.— Tuzik, hali Homid kuyaving qayog‘da qoldi?— Ko‘chaning boshida poylab o‘lturgandir. Hushtagingni eshitkach, uni hamchaqiraymi?— Chaqir, — dedi Mutal va shitir-shitir kesak tushira berdi.Sodiq eshikdan chiqg‘an ham edi, Otabek sekingina boshini ko‘tardi-da, Mutal sarishuviy1 boshladi. Mutal esa yemirilib tushkan kesaklarni tashqarig‘a surish bilan ovoraedi... Shu vaqt uning qo‘ltug‘i ostidan uzatilg‘an qo‘l hiqildog‘idan ombir kabi siqib oldi...Mutal kuchli edi, ammo Otabek undan ham kuchlik edi. Sapchib hiqildog‘ini ajratish uchunbo‘lg‘an Mutalning birinchi harakati bo‘shka ketdi-da, chap biqinig‘a o‘tkir xanjar g‘achchabotirildi... Ammo ul hamon bo‘shalishg‘a kuchanar edi va kuchli qo‘l battarroq uni siqar edi.Uch daqiqalik kurashdan so‘ng Mutal bo‘shashdi, ilgarigi kuchanishlardan qoldi va bir-ikkidaf’a to‘lg‘anib jimgina jon berdi. Otabek eshik tomondan ko‘zini uzmag‘ani holda Mutalnisudrab o‘zi biqing‘an loyxonag‘a olib bordi va qo‘rqibqina hiqildoqdan qo‘lini oldi. Mutalningboshi shilq etib loyxonag‘a tushdi-da, mangulik uyquga ketkanligi ma’lum bo‘ldi... Otabekbitta-bitta teshilgan bino yonig‘a kelib eshik tomong‘a hushtak berdi, javob hushtagieshitilgach, teshuk ichiga kirib o‘lturdi. Teshukning yuqorisidan bir oz tuynuk ochilganbo‘lg‘ani uchun ichkaridan quloqqa yengilcha pishillash eshitilar edi... Sodiq yaqin yetkanedi, kesmadan uzoqroqda turib shivirladi:— Teshdingmi, Mutal?— Teshdim, beri kel.Sodiq kesma yonig‘a kelib engashdi. Engashishi hamono qo‘l hiqildoqqa to‘g‘ri kelganedi va xanjar qornig‘a botirilgan edi... Sodiq qo‘lidag‘i xanjarini bir-ikki qayta solib ko‘rsaham tegdirish uchun kesmaning tubanlig‘i xalal berdi, lekin o‘zi tetuk edi. Otabek sapchibkesmadan chiqdi va bor kuchi bilan Sodiqni bosib tushdi... Bosib tushishi hamono allaqaysiyeri achishkandek sezildi... So‘l qo‘li Sodiqning hiqil-dog‘ida, xanjarlik qo‘li Sodiqningxanjarlik qo‘lida edi... Bir oz kuchini yig‘ib olg‘ach, hiqildoqni bor kuchi bilan siqa boshladi.Sodiq xirillar, shunday bo‘lsa ham qo‘lidag‘i xanjarni bo‘shatmas edi. Eshik tomondanHomid ham ko‘rinib qoldi... Vaqt tang kelgan edi... Sodiqning ko‘kragini qochirib xanjarlikqo‘lini bo‘shatdi va Sodiqning ko‘kragiga soldi. Sodiqning xanjari bir-ikki qayta uningorqasiga kuchsiz-kuchsiz kelib tekkan edi. Xanjarini ikkinchi urishda Sodiq bo‘shashdi vaqo‘lidan xanjari tushdi.— Homid akangga juda ham mehribon ekansan, Sodiq! — dedi bosib yotqan joyidanOtabek. — Joning-ni ham unga qurbon qilding!Sodiq ingranib qo‘ydi.— Kim xirillaydir? — dedi yaqinlashib kelgan Homid.137

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!