13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriybo‘lganimda nima sababdandir ul qochdi. Shu kungacha uni topib bo‘lmadi. Muningqochishi garchi bu shahodatning birar adovat yuzasidan bo‘lg‘an si’oyat1 ekanini onglataredi ersa ham men yana hanuz Otabekni kafolatda saqlar edimki, janobi oliydan bu xabaryetdi. Darhol Otabekni yigitlardan o‘ratib saodatxonai shahanshohiga jo‘nadim. OtabekningMarg‘ilon mojarosi shundan iborat bo‘lib, manimcha Otabek ustida hali shunday tergovlarborayotqan bir vaqtda unga bundog‘ javobgarlik vazifani topshirish qalay bo‘larikin,deyman...Musulmonquldek makkor tulkining o‘ylag‘anlarini qushbegining to‘g‘ri so‘zlari ost-ustqilib, uning O‘tabboy to‘g‘risidag‘i sui zanlari bir muncha ozayib tushdi. AmmoMusulmonqulning ikki kishi ustiga yo‘nalgan qahru g‘azabi o‘zining borliq dahshati bilanfaqat Oybek ustiga tikildi va Toshkand qo‘rg‘onlari ostida qurbon bo‘lg‘an sipohlariningqonini Azizbekning o‘ng qo‘li bo‘lg‘anning o‘g‘lidan olmoqchi bo‘ldi.— Yusufbek hojining maktubi yoningizdadir?— Taqsir, — dedi qushbegi, maktubni olib Musul-monqulg‘a uzatdi. Musulmonqulo‘nda-so‘nda maktubga ko‘z yugurtirib chiqdi-da, zaharxanda ichida O‘tabboyg‘a qaradi:— Yusufbek hojining qurg‘an hiylalariga tushun-maguchi ehtimol Marg‘ilondantopilmag‘andur! U tulki o‘z o‘g‘lini Marg‘ilonda to‘polon chiqarish uchun, debyuborishidayoq har bir ehtimolga qarshi bu maktubni yozib bergan, bunga Marg‘ilonkalvaklari tushunmasalar ham biz tushuna olamiz! — dedi va mag‘rur bir tusda Xudoyorg‘aqarab qo‘ydi. Qushbegi uning bu istehzosini yutishka majbur edi. Chunki ozg‘ina tildantoysa o‘zining ham Otabek qatoriga kiritilishini yaxshi onglar edi. Sukut qildi:— Hudaychi!— Qulingiz!— Haligi qushbegi bilan birga kelgan yigitni huzurimizg‘a hozirla!Musulmonqulning apti ortiq dahshatlik bir holga kirgan, taxt ustiga qo‘ndirilg‘an jonlikXudoyor haykal ham sukutda, o‘zining nima bo‘lishig‘a tushunmagan O‘tabboy ham borliq,yo‘qliq holatda...Otabek hudaychi orqasidan kirib xong‘a ta’zim qildi va qo‘l bog‘lab to‘xtadi. OtabekMusulmonqul otini, uning yirtqichlig‘ini yaxshi bilsa ham, ammo shaxsan o‘zini ko‘rmagan,shuning uchun xonning yonidag‘i xoqong‘a iltifot etmadi. Uning bu iltifotsizligiMusulmonqulg‘a asarsiz qolmadi-da, achchig‘i ustiga achchig‘, kek ustiga kek qo‘shildi vashular ichida yasalib chiqg‘an bir istehzo iljayishi va bir tovush bilan:— Manga qarang, bek yigit, — dedi. Otabek o‘ziga qarag‘ach: — Siz kim bo‘lasiz? —deb so‘radi. Ul hanuz boyag‘i masxara holatda edi.— Men Otabek.— Dunyoda Otabekdan ko‘pi bormi, siz qanday Otabek?— Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li.— Ha-a-a, shundog‘ deng-chi... Toshkandlik Yusufbek hojikim, Azizbegimizninggumashtasi bo‘lg‘an zoti sharifning o‘g‘illari?Otabek bu cho‘ltog‘ supurgini tanidi va uning isteh-zolarini payqadi. U bundan so‘ngg‘iko‘rguligini tamom ma’nosi bilan onglab, ma’nosiz bu savollarga javob berib o‘lturishdansukutni xayrlik topdi. Go‘yo o‘zining bu sukuti bilan Musulmonqulg‘a ma’nolik bir javobniifoda qilar edi. Chindan ham Musulmonqul bu sukutdan tahqirlandi, tutuni ko‘kka ko‘tarilarekan baqirdi:— Nega javob bermaysan?!— Siz meni qanday tanig‘an bo‘lsangiz-bo‘lingiz, men o‘shandog‘ kishining o‘g‘li, —dedi bek. — Men bilan otam siz bilan qushbegiga bir necha turlik bo‘lib tanilsaqla, o‘zvijdonimiz oldida bir turlikkinadirmiz! Shuning uchun siz tilagan tarafingizga hukmqilingizda, buyrug‘ingizni beraveringiz!66

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!