13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyKumushning oy-kuni yaqin edi. Nabiralik bo‘la-dirg‘an O‘zbek oyimning ishi boshidanoshqan, Kumushning oyi tug‘masdanoq ul beshik yasatish bilan mashg‘ul edi. Doyachakim, aqiqaga nechta qo‘y kerak, nechanchi kunda to‘y o‘tkaziladir, nechta erkak, nechtaxotin aytiladir va kimlar? Mana shuningdek masalalar bilan O‘zbek oyimning miyasi judashishkan edi. Kumushda ko‘rilgan ba’zi nishonalarga binoan nabirasining o‘g‘ul bo‘lishidashubha qilmas — «o‘g‘ul tug‘asan, Kumush, men ham Otabekni senga o‘xshash yengilko‘targan edim», der edi. Kumushni xizmatdan bo‘shatilib ba’zi o‘choq-boshi yumishlariniZaynab idorasiga topshirilg‘anig‘a endi bir oylab bor.O‘zbek oyim nabira masalasida qancha xursand bo‘lsa, Otabek shunchalik xafa, chunkiKumushni ko‘rgan sayin usta Alim foji’asini xotirlar edi. Yusufbek hoji ma’lum aldanishdanso‘ng yurt ishidan qo‘l yuvg‘an, ko‘b vaqtini mehmonxonada «Qur’on» va «Daloyil»1 o‘qubkechirar, kundash orasi buzilib, o‘rtadan so‘z chiqg‘anini goho eshitsa, ikkala kelinni o‘zoldig‘a chaqirtirib, ularni qator o‘tqazar edi. Avvalo Kumushdan o‘pka qilib: «Oyim, harnima siz kattasiz, Zaynab yosh, kattadan-kichikka shafqat lozim, mundog‘ yaxshi emas!»va Zaynabka qarab: «Bolam Zaynab otin! Sizdan hali yoshlik g‘ururi ketmagan, lekinmanim bolam bo‘lg‘an-lig‘ingizni siz ham unutmang!» der va shuning singari yumshoqgaplardan keyin ikkisini duo qilib bir-birisiga salom berdirar — «ana, shundog‘ bo‘lsin, opoqqizlarim!» deb ketishka ruxsat berar edi. Ular ketkandan keyin albatta O‘zbek oyim eriyonig‘a kirar, hoji bo‘lsa xotinig‘a sizsirab: «Siz ikki kelin ushlashni bilmabsiz, Zaynabkajabr qilg‘an ko‘rinasiz, ayniqsa Zaynabning ko‘ngliga qarashingiz kerak, Otabekka hamnasihatingiz lozim!» der edi. O‘zbek oyim shunday kezlarda Kumushning yonini olib«Zaynabni xudoy ko‘tarsin, ayb o‘zida...» deya boshlasa, hoji uning og‘zini arang to‘xtatur:«Sekin-sekin, uyat! Qayin ona deganning adl turishi lozim. Zaynab siz bilan manim orzuhavasimiz emasmidi?»Ammo nabira masalasidagi O‘zbek oyimning ba’zi bir quyushqondan tashqariharakatlarini ham bosquchi yana hoji edi: «Zaynab bor, Zaynabni unutdingizmi. O‘zkeliningiz Zaynabni!»Mundan o‘n besh kuncha ilgari Kumush onasig‘a bir xat yozg‘an edikim, ahamiyatigako‘ra biz bu o‘rinda ko‘chiramiz:«Onajon, kuyavingizning yozg‘anlaridan tashqari men sizga shu bilan oltinchi xatyozdim. Ammo sizdan uchta va dadamdan ikkita xat oldim. Ayniqsa dadamning keyingixatidagi qora xabar bilan dori dunyo1 ko‘zimga toraydi. O‘lim haq, ammo bechora buvimjon berar ekan, yonida turib duosini olib qolmag‘anim uchun ko‘b hasrat chekdim. Ayniqsamusofirchiligim yomon asar qildi. Ko‘z yoshlarim bilan yuzimni yuvdim. Bu kun beshinchikundan beri rahmatlik buvim arvohig‘a atab qur’on boshladim, xatim qilib bag‘ishlayman.Xudo g‘ariqi rahmat qilsin, sizga sabr bersin. Endi musofir qizingizning baxtiga siz o‘lmang,omin.Ba’da ma’lum bo‘lsinki, alhamdulilloh kuyavingiz va qudalaringiz salomatdirlar vaularning soyalarida men qizingiz ham o‘ynab-kulib yuribman. Sizni va otamni judasog‘indim, agarda og‘ir oyoq bo‘lmasam edi, qish bo‘lishig‘a qaramasdan Marg‘ilong‘ajo‘nar edim. Qudangiz — qayin onamning so‘ziga qarag‘anda, kelasi oyg‘a ko‘zim yoriremish. Qudangiz meni na yerga va na ko‘kka ishonadir, o‘n besh kundan beri qo‘limnisovuq suvga ham urdirmay qo‘ydi. O‘zi go‘yoki to‘yga hozir-lang‘andek beshik yasab, sarpatikib yuriydir... Manim bo‘lsa nima uchundir yuragimda bir qo‘rquv bor... O‘tkan xatlarimdakundashim bilan mirosamiz kelishmay turganini kulguluk tarzida yozg‘an edim. Nafsilamrdaersa, oramiz juda buzilg‘an, men ham o‘shal vaqtlarda chin kundashlik to‘nini kiygan edim.Zaynabning bitmas xusumati esa g‘olibo1 manim ikki qatlig‘im oshkor bo‘lg‘an kundanboshlandi. Sizning boshingizdan kundashlik savdosi o‘tmagan bo‘lsa ham tushunsangizkerak: biz ikav agar qo‘yib bersalar go‘yo bir-birimizni yeb-ichmakchi edik... U <strong>kunlar</strong>dagiholimdan o‘zimga endi hisob berishka ham uyalaman... Yaxshiki, bizning mojarolardan204

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!