13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Juda to‘g‘ri aytasan, o‘g‘lim; biroq onangning bir mulohazasizligiga boshdayoq menlabimni tishlab qolg‘an edim. Hozirda ham shu holda qolmoqqa majburman, — dedi va: —Biz hozir andi-shaning bandasi, men emas onang biravni ishondirib qo‘yg‘an: bizningoiladan lafsizlik chiqishi menga ma’qul ko‘rinmaydir.Otabek ota-ona orzusig‘a o‘z ta’biricha jonsiz haykal bo‘lib rizoliq berdi. Ammo o‘zrizolig‘ining sharti qilib to‘ydan ilgari Marg‘ilon borib kelishni va bir daraja ularga aytibo‘tishni, shundan so‘ng to‘y boshlashni ahd qildi. Ishning yengil ko‘chishiga so‘yingan onaOtabek-ning bu shartiga lom demasdan ko‘ndi va orzuliq to‘yni tez boshlash uchun o‘g‘liniMarg‘ilon ketmakka qistay boshladi.2. UNUTMAYSIZMI?..Uning bu galgi Marg‘ilon yo‘liga qo‘zg‘alishi ortiqcha bir og‘irliq bilan, ikkilanish bilano‘ralg‘an edi. Kumushbibi uchun dunyoga sig‘masliq bir shodliqning, ko‘rguchi ko‘zlarigaishona olmasliq bir baxtning bu gal ko‘tarib bo‘lmayturg‘an bir qayg‘u, chidabbo‘lmayturg‘an bir hasrat bo‘lib borishini ul yaxshi tushunar edi. Har bir gal Marg‘ilonborg‘anida olib boraturg‘an nafis sovg‘alari bu gal juda zaharlik, ortiqcha alamlik birsovg‘ag‘a aylangan, Kumushbibi bu sovuq kundash sov-g‘asini ko‘rganda ehtimol... nimalarbo‘lar va qandog‘ hollarga tushar edi. Bu mudhish sovg‘ani ehtimolki, uning ota-onalariham qabul qilmaslar: birdan-bir yolg‘iz qizlari uchun bunday gapning yarashmasini aytib:«Sovg‘ang ham kerak emas, o‘zing ham» degan javob bilan yuziga ham urarlar. Mana,uning bu galgi og‘ir harakati va qo‘zg‘alishig‘a nimalar sabab edi.Bu og‘riqqa orzu egalarining qistoqlari nihoyat berdi. Ya’ni chor-nochor bu tuturiqsizsovg‘ani ko‘tarib yo‘lg‘a tushishka majbur bo‘ldi.Otning boshini o‘z ixtiyoriga qo‘yg‘an, ilgarigidek yurak oshiqishlari ichida otni tezyurishka qistamay suvga tushkan nondek bo‘kib-bo‘shashib, yuz xil sovuq, yaramasxayollar qo‘lida ezilib, o‘zining dunyoda bormi-yo‘qmilig‘ig‘a ham tushunmay keta beradir.Hozir ko‘klam <strong>kunlar</strong>i: qirlar, tog‘lar, soylar; ko‘k-qizil, oq-qora, sariq-zangor, pushtigo‘lasva tag‘in allaqancha ranglik chechaklar bilan ustlarini bejab, qishi bilan to‘nggib1arang yetishkan oshiqlarig‘a yangi hayot, yangi umid beradilar. Qish bo‘yi alla qaysi go‘rostlarida junjib chiqg‘an qush zotlari: chumchuqlar, chittaklar, to‘rg‘aylar, sa’valar vaboshqa allaqancha qush durkumlari o‘z to‘plari bilan vijir-vijir, chug‘ur-chug‘ur sayrabkuladirlar, yer yuzini tutkan chechak gilamlari ustini o‘pib yalaydirlar, yotib cho‘qiydirlar,sapchib uchadirlar... uzoq-uzoqdan kakku qush ham arzi vujud qiladir: «kakku-kakku».Poyonsiz qirlarning nihoyatsiz bijir-bijir ko‘rib to‘ymasliq ko‘k gilamlari va ularningdimog‘larg‘a majburiy iskatkan davo islari, yoqimliq hidlari har qandog‘ ishdanchiqayozg‘an hayot egasini ozg‘ina bo‘lsa ham epka ola biladirlar. Shuningdek, bu chechakqirlari o‘z bag‘rida suzib borg‘an Otabekni ham o‘ziga qaratmay qo‘ymaydir. Uning fikrianuv qorong‘uliqlar ichida suzma ham ko‘zi chechak va sabzalar tomoshasida, dimog‘ihidlar istishmomida2, qulog‘i qushlar nag‘masida bo‘ladir. Nima bo‘lsa ham tevaragidagiko‘klam bejaklarini ko‘zdan kechira boradir. Bora-bora fikri ham shu ko‘rinishlardan hissaolmoqqa boshlaydir.— Hov ana bir qaldirg‘och, to‘g‘rig‘a qarab o‘qdek otilib boradir, uchkan yo‘lida vijirvijirsayrab ham qo‘yadir. Qaldirg‘ochning qayg‘usi yo‘q, suyganining oldig‘a tezroq yetishuchun shoshadirg‘andir: sayrog‘i ham suyganining ko‘rish shodlig‘i uchundir... Baxtlikqaldirg‘och: olg‘an sovg‘asi ham qo‘rqunch emasdir, ota-onasining ham orzu-havaslariyo‘qdir. Ularning turmush qonunlari juda yengil, ikav-ikav, suygan-suyganni oladirlar-datog‘larda, yerlarda, ko‘klarda uchib yuruyberadirlar. Men ham shu qaldirg‘ochdek uning sariotilib, vijir-vijir sayrab uchar edim.74

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!