13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy«Kundashlik uyda kunda janjal» deganlar. Albatta buni aytkuchi kishi o‘ylamasdan vabilmasdan aytmagandir. Jilla, har kuni janjal bo‘lmag‘anda ham haftada, o‘n kunda birto‘polon chiqmasa albatta kundashni kundash, deb bo‘lmas. Nega desangiz, bizning ba’zibir kundashsiz, chiqitsiz oilalarda ham ikki, uch kunda tovoq-qoshiq sinib, tog‘orayangilanganini har qaysimiz bilamiz, bas, endi kundashlik oilalarimizga kelganda-chi,albatta yuqoridag‘i — «kundashlik uyda kunda janjal» maqolini to‘g‘rig‘a, chingachiqarmasdan chora yo‘q.Men — yozg‘uchi, «O‘tkan <strong>kunlar</strong>» hikoyalarini otam marhumdan necha qaytalabeshitsam ham zerikmas edim, faqat bir joyigina meni zeriktirar edi. Bu kun men shu«O‘tkan <strong>kunlar</strong>»ni qalamga olganimda ham o‘sha o‘zimni zeriktirgan faslini tashlab o‘tishkamajbur bo‘ldim. Darhaqiqat, o‘z oramizda kundash janjalini kim bilmasin? Arzimagan gapustida dunyo buzg‘an kundash to‘polonlari kimning qulog‘ig‘a yoqsin? O‘qug‘uchiningqimmatlik vaqtini ayag‘animdek, qalamni ham bu g‘idi-bididan ozod qilishni muvofiqko‘rdim. Meni kechirsinlar.Zaynab xafaligi oshqan kezlarda qarindosh-urug‘larinikiga yurib chigilini yeshar edi.Uch-to‘rt oyning ichida ikki martaba egachisi Xushro‘ynikida ham mehmon bo‘lib ketdi.Ammo hozirgisi uchunchi martaba kelishi edi.— Nuchuk xudo yarlaqadi! — deb Xushro‘y singlisini qarshiladi. Sunbula1 oyiningmo‘’tadil havosiga qaramasdan Zaynab marjon-marjon terlagan edi.— Nega muncha o‘zingni oldirib qo‘yding, Zaynab! Uyingdan tinchmisan, ering esonomonyuriptimi?— Qurib ketsin, — dedi Zaynab va ko‘ziga yosh oldi. Xushro‘y achinish o‘rniga kuldi.— Kel, ayvong‘a chiq, — dedi, — oyimnikida eding-mi?— Yo‘q.— Uyingdan keldingmi?— Ha.Xushro‘y singlisini o‘tqazib cho‘risiga choy buyurdi. Fotihadan keyin «pochcham eson,omonmilar?» deb so‘rag‘uchi singlisiga:— Pochchang o‘lsin! — dedi achchig‘lanib Xushro‘y,— Najmiddinbek deganningdalasiga ketkan edi. To‘rt kundan beri dovu daraksiz, o‘ldimi, qoldimi — bilmayman.Zaynab uch-to‘rt oyning ichida kishi tanimasliq holga tushkan edi. Ilgarigi to‘lalig‘iningyarmisini yo‘qotqanidek tusiga qarimsiqlik kirgan, ko‘z harakatida ham bir besaranjomliqzohir va bularning ustiga har qachon unda ko‘rilgan «og‘irliq» o‘rniga asabiylikka yaqin birvaziyat o‘lturg‘andek edi. Zaynab egachisining haligi gapiga rizosizliq bildirdi:— Noshukur ekansiz, opa, — dedi, — pochchamdan nolishingiz yaxshi emas, sizningham boshingizg‘a manim kunimni solsa nima qilar edingiz?— Men ham Zaynab bo‘lsam, albatta solar edi, — deb kuldi Xushro‘y, — menga qolsahar kim o‘z nafsiga yaxshiliq yoki yomonliqni o‘zi hozirlaydir...— Tavba deng, opa.— Men shu choqg‘acha, — dedi Xushro‘y, — bandasiga bosh egishni va bandasi oldidatavba qilishni or bildim va orlanishim orqasida har kimning ustida yurdim...— Katta gapirmang.— Katta gapirsam va gapirmasam, — dedi Xushro‘y,— manim fe’lim har kimga ma’lumva hammadan ham senga ochiq... Qo‘ychi bu gaplarni, o‘zing tinchmisan?— Tinchligim qursin...— Aytsang, aytmasang, — dedi opasi, — albatta tinchliging qurig‘an.— Quritg‘an qurisin...— Sening tinchlig‘ingni hech kim quritg‘an emas, Zaynab! Hamma jabrni o‘zingo‘zinggaqilayapsan!201

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!