13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyqadrlik yurar va xalq orasida ham otim «usta Alim kichkina» bo‘lib shuhratlangan edi.Ma’lumki, bofandalar1 oldig‘a ko‘pincha xotin-qizlar kelib, yangi nusxa qidirib yuriydirlar.Maning to‘qug‘an ishlarim va chiqarg‘an nusxalarim hammaga maqbul, ayniqsa xotin-qizlaruchun mashhur bo‘lib, har doim to‘quv do‘konim yonidan xotin-qizlar ayrilmas edilar.Kunlardan bir kun hali kishidan qochar darajaga yetmagan o‘n uch-o‘n to‘rt yoshlarchamaliq do‘ndiqqina bir qiz kelib, men chiqarg‘an yangi nusxa shohidan so‘radi. Qizningso‘rag‘an nusxasi to‘qilib va sotilib ketkan edi. Shuning uchun «yo‘q» deb javob berdim.Qiz ko‘zini jovdiratib turib, «maning uchun to‘qib berolmaysizmi?» deb so‘radi. Men qizningyuziga qarab, «mumkin emas opa, bir kiyimlik shohi deb nusxa bo‘yash og‘ir», dedim. Qizso‘zni aylantirib mendan va’da olishg‘a tirishar edi. Men so‘z orasida yana unga qaraboldim. Yonimdag‘i xalfalardan bittasi qizg‘a o‘la2, «to‘qib bering, usta, opani xafaqilmang!» deb qo‘ydi. Uchunchi qarashda o‘zimda qizg‘a qarshi bir yaqinliq his etkan, ungauzoqqina qarab qolishg‘a majbur bo‘lg‘an edim. Garchi qiz aytkan nusxani tayyorlash og‘irbo‘lsa ham qandaydir bir kuch ta’sirida haligi qizg‘a va’da berib yuboribman. Ul chiqibketkach, qanday va’da berganimni o‘ylab ko‘rib, va’da kuni kelsa to‘quy olmadim derman,degan so‘zni ko‘nglimdan o‘tquzdim, lekin qizning gunohsiz o‘ynab turg‘an qora ko‘zlari,qizil olmadek taram-taram yuzlari hamon ko‘z o‘ngimda ko‘rinib turar edilar va «maninguchun to‘qib berolmaysizmi?» so‘zi quloq ostimda takror aytilgandek bo‘lar edilar.Bir necha kun shu yo‘sun ikkilanib yurg‘ach, nihoyat o‘zimga tushunilmagan bir savq3ostida va’damni ifoga ham boshlabman, bir kiyim shohi, deb o‘ttuz kiyim bo‘laturg‘anipakni bo‘yash, tanda, arqoq, go‘la mashaq-qatlari ko‘zimga hech ko‘rinibdir. Va’damdanikki kun ilgariyoq shohini to‘qib, uning kelar yo‘lini poylar edim, ul kelmas edi. Nihoyatva’da kuni ham kelib o‘tdi, kel-madi. Sizga shuni ham aytib qo‘yayki, bir ko‘rgankishingizning tusini albatta uzoq fursat xotiringizda tutolmaysiz, lekin bu qiz to‘g‘risida mantamom boshqacha holatda bo‘ldim: shundoqki, uning qoshini, ko‘zini, tusini,qo‘g‘urchoqdek qaddini ko‘z o‘ngimda tuta-tuta tamom bir yillik bilishlardek bo‘libqolibman. Uning tovush ohanglari qulog‘im xotirasida u daraja yaxshi saqlanmag‘an bo‘lsada,ammo «maning uchun to‘qib berolmaysizmi?» so‘zini hozirg‘ina eshitkandek bo‘laredim.Va’da kunidan uch-to‘rt kun o‘tib ketkan bo‘lsa ham hanuz ul kelmas edi. Men uningko‘chasini so‘rab qolmag‘animdan xafa bo‘lar edim. Chunki, shohini o‘zim eltib berishkaham endi hozirlanib qolg‘an edim. Bu kutish <strong>kunlar</strong>imda na uchundir yonimdag‘i xalfashogirdlar bilan bo‘laturg‘an muomalalarim ham o‘zgara boshlag‘an, ya’ni so‘zlarim dag‘alva tundlikka aylangan, go‘yo buning ila Alining kekini Validan olar edim.Nihoyat va’daning beshinchi kuni qiz keldi. Qizni ko‘rish bilan men borliq-yo‘qliqholatda qolg‘an, bir necha zamon maning uchun so‘z topish ham qiyinlashqan edi. Qizshohini so‘ramay menga termulib turar edi. Uning minnatdorchiligini faqat shohi bilanolmoqchi bo‘lg‘anim uchun bu hol menga og‘ir keldi. «Nega va’daga kelmadingiz?» dedim.Qiz o‘ng‘aysizlanib, gunohkorlarcha ko‘zini yerga tikkani holda so‘radi:— Shohini sotib yubordingizmi?Yonimg‘a qo‘yib o‘lturg‘an shohini qizg‘a uzatdim. Ul shohining orqa-o‘ngini ag‘daribko‘rdi va: «Yaxshi to‘qibsiz», deb menga umidsizcha qarab qo‘ydi. Shohini menga beribqo‘lidagi mayda chaqalarni oldimg‘a to‘kdi.— Shohingiz qancha pullik?Men javob o‘rniga chaqalarni sanab chiqdim, bitta oltmish pullik tangasidan boshqasibir pullik, besh pullik zang bosqan chaqalar bo‘lib, ko‘p vaqtlardan beri yig‘ilib kelganligima’lum edi. Bergan puli shohining yarim bahosini qoplar-qoplamas bo‘lg‘anlig‘ini aytdim.— Tag‘in qancha kerak? — deb so‘radi.— Uch tanga, — dedim. Qizning o‘ychan yuzini yana qayg‘u bosdi. Men uning yuzidankatta husndor qizlarda ko‘riladigan bir ulug‘liq tomosha qilar edim va uning o‘z va’dasiga106

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!