13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Endi shuni ichasiz, Homid aka!— Yo‘q, Sodiqboy inim, men juda ham bo‘lib qoldim, o‘zi ham juda kuchlik chiqg‘anekan.— Ichmasangiz qo‘ymayman, nekin...— Mutal polvonga ber! Siz oling-chi shuni!— Aniq ichmaysizmi? Kumush opamning salomatligiga ham ichmaysizmi?Bu so‘zni eshitkan Otabek ixtiyorsiz o‘rnidan turib ketdi. Jannat opaning xi-xi-xi qilibkulgan tovshi eshitildi.— Orag‘a nozik bir ismni kelturib solmasang, xudo haqqi ichmas edim. Qani, bo‘lmasaber-chi, Kumush apangning salomatligi hammadan ham menga kerakdir.— Xa-xa-xa, nozik joydan ushladimmi?Otabek bu so‘zlarni eshitar ekan, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a o‘zini darichaga hujum qilishdan bosibqolg‘an edi. Orada bir muncha mayda so‘zlar so‘zlangach, kimningdir ufff, deb yuborg‘anieshitildi.— Tag‘in nima bo‘ldi, Homid aka?— Bu kungi gap juda ham meni cho‘chitib qo‘ydi-da, Sodiqboy!— Maning gapimga nima uchun ishonmaysiz, axir! Yuz martaba sizga aytib yotibmanku,xumsani darbozadan chiqardim, tag‘in qanchag‘acha orqasidan borib to karvonlargaqo‘shilib ketkuncha kutdim, so‘ngra qaytib keldim, deb. Agar o‘sha ketishi bo‘lsa, bu kunxudda Qo‘qong‘a borib yetkan.— Ey, san bilmaysan, uka!— Nekin manga qolsa, shu ishdan hech bir qo‘rqaturg‘an gap yo‘q, usta bilantanishlig‘i bo‘lsa, uning uyiga mehmon bo‘lg‘andir, savdogarchilig‘i bo‘lsa Marg‘ilong‘akelgandir, axir ketib turg‘andag‘i so‘zini o‘z qulog‘ingiz bilan eshitdingiz-ku!— Bu mulohazang tuzik-ku, biroq men bilan achchig‘lashqan bir kishinikida mehmonbo‘lishi boshni qotiradir, tag‘in sizlarning havlilaringiz yonida...— Agar sirringizdan usta Alimning xabari bo‘lsa, ul vaqtda qo‘rqsangiz ham arziydir.Ammo menga qolsa u xumpar (Otabekni aytadir) Marg‘ilonda xotini borlig‘ini ham unitibyuborg‘an, deb o‘ylayman.— Maning bu sirrimni sizdan boshqa hech kim bilmaydir. Umarbek bilan bir oz nariberibo‘lib qolg‘an edik, haytovur tag‘in orani ochib yubordiq.— Undoq bo‘lsa tag‘in nimadan qo‘rqasiz?— Men uning Toshkand ketishini ko‘z bo‘yash uchun bo‘lg‘an hiylami, deb qo‘rqaman.— Xayr, ketmagan ham bo‘lsun: ul holda o‘zingiz aytkandek qilib to‘ppa-to‘g‘ri ertagaSalim sharbatdorning oldig‘a boraman-da, o‘g‘lingni Mirzakarim akaning ilgarigi toshkandlikkuyavi o‘ldirdi, men o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim, deyman. Ana undan so‘ng xumsaning holig‘amaymunlar yig‘lasin! Agar ul sirringizni bilgan bo‘lg‘anda ham allaqachon kelaturgan ishkatushunib olib, Marg‘ilondan dumini xoda qildi, desangiz-chi!— Qix... Sodiqning gapi jo‘yalik, — deb qo‘ydi Jannat opa.Otabek bu so‘z dahshatidan titrab ketkan edi. Sodiq davom etdi:— Endi ishning bo‘ladirg‘anini o‘ylash kerak, sizning qo‘rqoqlig‘ingizni ko‘rib, manaMutal polvon ham uxlab boshlabdir.— Uxlag‘anim yo‘q, hez, doringdan quy-chi!— Mutalboy o‘rtoq, — dedi Homid, — biz biravning yaxshilig‘ini unutaturg‘an kishiemasmiz. O‘rtog‘ingiz Sodiqboy men bilan birgalashib kamlik ko‘rmadi, avvali xudo,qolabersa men uni uylantirib qo‘ydim... Men birav bilan oshnachiliq qilsam, hatto, undanjonimni ham ayamay, ko‘nglini olmoqg‘a tirishaman.Sodiq:— Mutalboy sizni o‘bdan yaxshi biladir, Homid aka! Sizning qanday xizmatingizborlig‘ig‘a ham qong‘an... Ammo uning sizdan bir iltimosi bor ekan.131

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!