13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Oldingizg‘a chiqmag‘anim yuzingizni ko‘rmaslik uchun bo‘lg‘anini siz qayoqdanbildingiz, manim ichimga kirib chiqmag‘andirsiz-ku, axir?Zaynab ham ancha qizishib oldi. Kumush undan ham oshib tushdi:— Bilish uchun ichingizga kirib chiqishim shart emas... Ba’zi ishlaringiz ichingizdaginimenga ochiq so‘zlaydir.— Qaysi ishlarim?— So‘ramang...— Bilmagan bo‘lsam bildirib qo‘ying, axir.— Aytsam yana achchig‘ingiz qistaydir...— To‘g‘ri gap bo‘lsa achchig‘im sira qistamaydir...Yaqinroqda yumish qilib yurgan Oybodoq eshitmasin uchun sekinroq tovushda:— Qistamasa aytay, — dedi Kumush, — eringiz manim oldimg‘a kirsa, nega ishingizbo‘lsa-bo‘lmasa kirib o‘ltirib olasiz-da, yolg‘iz qolg‘animda kirmaysiz?— Shundog‘ deyarsiz, deb turg‘an edim o‘zim ham— dedi Zaynab,— kirishimni hamko‘nglingizga olg‘an bo‘lsangiz, endi mundan so‘ng kirmaganim bo‘lsin.— Qani, to‘g‘ri gapka achchig‘ingizning qistamag‘ani?— Axir, eringiz bilan yolg‘iz o‘ltirg‘aningizda mundan so‘ng kirmayin deyapman-ku.— Egrilikka olmang, Zaynab, — dedi Kumush, — men bu gapni yonimda erimbo‘lg‘anda kirma, deb aytmadim, balki boyag‘i so‘zimning isboti uchun aytdim...Bu o‘rinda ikkisi ham jim bo‘ldilar. Oybodoq darichaga kelgan edi:— Tushlik osh vaqti bo‘ldimi, nima tomoq qilsamikin?Kumush Zaynabka qaradi:— Nima tomoq buyuramiz?— Sizdan so‘rayapti...— Zaynabnisa yaxshi ko‘rgan tomoqni qilingiz, — dedi Kumush.— Lag‘mon qilaymi? — deb Oybodoq Zaynabka qaradi.— Tomoqqa ishtihom yo‘q, o‘zingiz bilganingizcha qilabering.Oybodoq ketdi. Uning keti bilan Zaynab «tavba» deb qo‘ydi.— Tavba demang, Zaynab... Bu gaplar ayniqsa siz bilan menga kelishmasa hamazbaroyi meni yolg‘iz tashlab qo‘yg‘aningizdan aytdim... men sizning uyingizga butunumrga kelgan emasman... Atigi uch-to‘rt kun qayin ota, qayin onalarimni ko‘rib ketishuchungina kelganman. Shunchalikka bir-biravimizdan chetlashib, ming‘ayishib yurishimizkishiga og‘ir kelar ekan.Kumushning «uch-to‘rt kuni...» bilan Zaynab yorishib ketgandek bo‘ldi:— Voy o‘lay, Kumush opa, — dedi Zaynab bo‘shashqan ohangda, — chindan hamko‘nglingizga olibsiz deyman. Ko‘nglimda tariqdek yomonlig‘im bo‘lsa, ertagacha yetmayin.«Ketish» so‘zini eshitib ond ichib boshlag‘an Zay-nabka Kumush ichdan kulib qo‘ydi va«endi o‘lsam ham ketmay, sen qarab tur!» deb yandi.Shundan keyin oradan gap-so‘z to‘xtag‘andek bo‘ldi. Kumush tizzasini quchoqlabnimanidir xayolida, Zaynab bo‘lsa qatimini uzun tortib to‘ppisini tikar edi. Anchagina shuholatda qatim tortqandan so‘ng Zaynab sekingina qarshisidag‘i g‘ayri rasmiy yovg‘ayovlarcha qaradi. Uzoqqina qarab turg‘andan keyin o‘ziga ham sezdirmaslik qilib entikdi,yana uch-to‘rt qatim tortti...— Siz munchalik qo‘rqmasangiz ham bo‘lar edi...Kumush bir oz javobsiz qoldi va surilib devorga suyaldi:— Nimadan ham qo‘rqmasam bo‘lar edi?— Axir... jek ko‘rmasangiz1 ham... deyman-da...— Men kimni jek ko‘ribman?— Bilarsiz axir, kimni...— Uyat, Zaynab!188

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!