13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Bu dunyoda shunaqa hojat chiqarishlardan topqanmiz, agar Toshkandgami,Qo‘qong‘ami otan-gizning xat-patlari bo‘lsa o‘g‘lim bajonudil olib ketadi. Shu o‘rtalarg‘akelib qolsam xabar olib o‘taymi? — deb so‘radi. Kumushning «yo‘q» deyishka og‘zi bormay«maylingiz, og‘ir kelmasa» deb javob berdi. Xotin yo‘lakka burildi. Kumush ayvon tomong‘aqaytar ekan oshiqib xatni ochti. Xat kichikroq qog‘ozda o‘lchavlik so‘zlardan iborat edi.«Kumushbibi binti1 Mirzakarimboyga — zavji2 toshkandlik Otabek Yusufbek hojio‘g‘lidan. Otangiz Toshkandda ekan vaqtida men bu ishni ochmoqqa og‘irsing‘an, to‘g‘risiuyalg‘an edim. Ma’lumingiz Toshkanddan uylanganimdan so‘ng yolg‘iz boshimg‘a hamToshkanddan, ham Marg‘ilondan ikki xotin ushlab turish og‘irliq qila boshladi. Shuninguchun bu ikki xotinning birisidan kechishka to‘g‘ri kelib, nihoyat turmishim uchun yengil vaorzumga muvofiq bo‘lg‘an bir narsaga qaror berdim. Ul ham toshkandlik xotinim bilanginaqolib, sizni taloq qilish edi. Maktubni olg‘an kuningizdan boshlab o‘zingizni mendan begonava nikohimdan tashqari hisoblasangiz bo‘ladir. Manim bu taloq xatimni albatta shariatpeshvolari shar’iy hisoblab iddangiz3 bitish bilan sizga boshqa er qilmoqqa ixtiyor bersalarkerak. Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li.13-inchi javzo4, 1265-inchi yil, Toshkand»....Ul bu maktubni o‘zining so‘ng tomchi kuchi bilan o‘qub tamom qildi-da, jonso‘z5 birtovush ila «uyatsiz!» deb qichqirdi va yerga yiqilib o‘zidan ketdi... Yiqilishda qo‘lidanchiqg‘an qog‘oz parchasi shamol bilan uchib borib boshi yonig‘a tushdi. Yo‘lak panasidanmudhish bashara chiqib bir-ikki qayta unga kulib qarag‘ach, yo‘qoldi...Bozordan qaytqan qutidor yerda hushsiz yotqan qizi ustiga dahshat ichida yuguribkeldi. Chakkasini zax yerga berib yiqilg‘an va kesak kabi hissiz qizini jon holatdaquchog‘ig‘a oldi. «Qizim... Kumush... ko‘zingni och!» Ammo Kumushdan javob yo‘q edi.Dahshati yuz daraja ortqan holda Kumushni ko‘tarib olib ichkariga yurdi. Uyda Oftob oyimbilan To‘ybeka qiychuv qo‘pordilar. Ayvong‘a yotqizg‘an bo‘lsalar ham Kumushni o‘zigakeltirish chorasini bilmay, to‘g‘risi nima chora ko‘rishni eslari topmas edi. Barakat bersinki,esi yarim bo‘lsa ham To‘ybeka umrida birinchi ish qildi: sovuq suv keltirib Kumushningmanglay va ko‘ksiga sepkan edi, seskanib o‘ziga keldi. Hushdan ajralayozg‘an bechoralarbu holdan so‘ng bir oz jonlang‘andek bo‘ldilar. Kumushni sovuq ter bosib bir necha vaqtjim yotdi, shundan keyin ohistag‘ina o‘nglanib yotib olg‘ach, ko‘zini ochdi.— Nima bo‘ldi qizim, ko‘zingga bir narsa ko‘rin-dimi?Kumush ko‘zini yumdi-da, entikib qo‘ydi. Javob bermadi. Bu savol otasi tomonidanham berilgandan so‘ng:— Meni tashqaridan kim olib keldi? — deb so‘radi.— Men, qizim!— Yonimda hech narsa ko‘rmadingizmi?Qutidor bu savoldan boshqa gap tushundi:— Yo‘q, qizim, sen o‘zing yolg‘iz yotar eding.— Shundoq yo... — dedi. So‘zining so‘ngg‘ini aytalmadi.— Gapur, gapur, qizim.— Yonimda bir xat bor edi... meni bu holg‘a qo‘yg‘uchi shu xatdir, — dedi, bu so‘zninihoyatda kuchlanib aytdi.Vaqt xuftanga yaqinlashg‘an edi. Qizining haligi javobi bilan sabrsizlikka tushkanqutidor qo‘lig‘a sham’ olib tashqarig‘a chiqdi va yerdan xatni oldi. Qizini bunchalik falokatkasolg‘an xatni olg‘an yeridan qo‘zg‘almayoq o‘qub chiqdi. Xat haqiqatan jonso‘z edi.Qutidorning ham oz qoldikim, hushi boshidan uchsin... So‘ng chekda xo‘rlang‘an vafavqulodda chayqalg‘an yuragi bilan ixtiyorsiz «makkor, insofsiz!» dedi. Ko‘z o‘nglariqorong‘ulanib bir necha vaqt serraygancha qoldi. Yana «yaxshiliqni bilmagan haromzoda»deb qo‘ydi. Boya bu xatdan xabarsiz edi. Endi qizining oldig‘a kirib, uning betiga qarashunga juda ham og‘irlashqan, chunki bu foji’aning bosh omili deb o‘zini tanig‘an edi. Borib93

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!