13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— U sizga aniq aytmadimi?— Aytmadi. So‘rasam, gapni boshqa tarafka chalg‘i-tadi.— Imonsiz, aytishka uyalg‘an, — dedi usta Alim va kimgadir nafratlanib qarag‘andekbujmayib qo‘ydi.— Haytovur siz bilan achchig‘lashqan sababini so‘ra-sam, gapni chetka buradi.Usta Alim qo‘lidag‘i piyolasini qult etib bo‘shatdi-da, ustakori bilan achchig‘lashishsababini so‘zlab berdi:— Men Homidning qaynim Sayfiga yomon ko‘z bilan qarab yurganini sal-pal sezibyurar edim... Urisha-turg‘on kunimizning ertalabida Sayfini ilgariroq ishka jo‘natdim-da,o‘zim nimagadir urinib kechroq qolib bordim. Darbozadan kirishim bilan ishxona ichidankimningdir yig‘lab-yolborg‘an tovshini eshitib ajabsindim va ishxona eshigini ochib kirsam,imonsiz Homid qaynimg‘a zo‘rliq qilib turg‘an ekan. Eshik ochilish bilan cho‘chib Sayfinibo‘shatdi-da, menga qaradi. Men achchig‘imdan nima deyishni bilmay qolg‘an edim.To‘ng‘uz ishxonadan chiqib boshlag‘an edi: «Sen bilan otangg‘a yigirma yillab xizmat qilib,nihoyat sendan ko‘rgan yaxshilig‘im shu bo‘ldimi?» dedim. Churq etmay chiqib ketdi.Nimagadir, siz, Karim va Ortiqboylar ham ishxonaga kelmagan ekansizlar. To‘ng‘uzvaqtdan foydalanib Sayfiga yopishqan ekan. Mana, oramizdan o‘tkani shul. Uningorqasidan men ham Sayfini olib chiqib keldim-da, ikkinchi uchrashmay uyga do‘kon qurishharakatiga tushdim, — dedi. Usta Farfi ham ustakorning bu qilig‘idan nafratlangan edi:— O‘bba padarla’nati, hali shunaqa ish qildi deng-chi? O‘zi odam emas, hali bu uninghunarlarining eng pachog‘i, — dedi va tovshini sekinlatib davom etdi: — badbaxt, aqllarishonmasliq darajada bo‘lgan har bir yomonliqlarni qilar ekanki, biz bilmas ekanmiz.Otabek usta Alimning hikoyasini iltifot bilan eshitkan edi. Shuning uchun undanso‘radi:— Bu qanday Homid, qora cho‘tir kishi emasmi? Men hali uni qo‘shningiz uyidanchiqg‘an holda ko‘rgan edim.Usta Alim ajabsinib Otabekka qaradi:— O‘sha-o‘sha, siz uni qayoqdan taniysiz?— Uning bilan allaqayerda so‘zlashkanim bor edi.Usta Farfi Otabekka kulgi aralash qarab olib dedi:— Bo‘lmasa, uning qo‘lansa so‘zlariga xo‘b zavqlan-g‘andirsiz.Otabek ma’nolik qilib iljaydi. Ularning so‘zi shu yerga yetkanda ro‘ymolda tugiglik birnarsa ko‘targani holda Sayfi kirib keldi, salomdan so‘ng usta Farfi bilan ko‘rishdi vaOtabekka qarab dedi:— Kecha sizni kuta-kuta oshlarimiz sovib qoldi, bek aka.— Men bu kungami, deb o‘ylabman, — dedi kulib Otabek.Sayfi hovliqib bir narsa deyishka hozirlanar edi:— Bu kun kechasi hammomning og‘ilida biravni o‘ldirib ketibdirlar, — dedi.— Kimni? — deb so‘radi usta Alim.— Kim ekanini bilmadim.Usta Farfi javob berdi:— Kelishimda qo‘rboshilar boshliq o‘lukni aravaga ortar ekanlar, o‘ldirilgan Salimsharbatdorning o‘g‘li bechora Komilbek.— Tavba, — deb qo‘ydi usta Alim va so‘radi: — o‘ldurg‘uchi ushlanganmi?— Ushlanish qayog‘da, o‘lukning o‘zini qidira-qidira zo‘rg‘a yarim kechada topqanlar, —dedi usta Farfi. Otabek bu xabarni sovuqqina eshitib o‘lturar edi va fotiha o‘qub turishkahozirlanar edi.— Gumondor bormi? — dedi usta.— Gumondor-ku yo‘q, ammo bechoraning o‘lumi juda qiziq kunga to‘g‘ri kelishi ajib, —dedi usta Farfi va davom etdi: — Kecha Komilbekning Mirzakarim akaning qizi bilan124

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!