13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Bu gaping to‘g‘ri-ya, — dedi qutidor, — men ham Kumushni Toshkand yubormoqqaqarshiman. Gap bu yerda: biz Otabekdan bu va’dani olg‘an choqda, «Ota-onang‘dankechasan, ikkinchi uylanmaysan» degan va’dani ham olg‘anmi edik?— Bunday va’dani bergan bo‘lsin-bo‘lmasin, — dedi entikib, — suyub olg‘andan so‘ngikkinchi uylanish so‘zini ham og‘zig‘a olmasin.— Kim aytdi sanga, og‘zig‘a oldi, deb?— Hech kim aytmagan bo‘lsa ham siz orag‘a tushmang deyman, o‘z oyog‘ingizgao‘zingiz bolta qo‘ymang, deyman.— Pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa boshqag‘a, degan bir gap bor, — dedi jiddiyvaziyatda, — mendan ham san yaxshiroq tushunib turibsanki, agarda bizning rizoligimizbo‘lmas ekan, Otabek sira ham ikkinchi uylanmaydir. Masalan, biz ikav — qudalarningo‘rnida bo‘lib, yolg‘iz o‘g‘limiz boshqa bir shaharda, biz tanimag‘an bir qizg‘a uylanibqolg‘anda — o‘ylab qara, chiday olurmi edik. O‘g‘limiz ko‘nmaganda ham o‘z shahrimizdanikkinchi uylantirishka kirishmasmi edik. Bu tilagimizga qarshi tushib o‘g‘limizni o‘z shahri vao‘z uyida olib o‘lturg‘uchi qudalarimizg‘a la’nat o‘qub o‘lim tilamasmi edik?Bu so‘z Oftob oyimni bir oz o‘ylatib qo‘ydi. Lekin hali ham oyoq uzatmag‘an edi.— Endi nima qilmoqchisiz?— Nima qilar edim, — dedi qutidor, endi hamma ixtiyorni o‘z qo‘lig‘a olib qo‘yg‘an edi,— Otabek ko‘nmaganda ham ko‘ndirib, o‘zim birgalashib Toshkand tushaman...— Qizingiz bechoraga...— Qizimga hech gap yo‘q. Hali ham izzati, hurmati o‘z qo‘lida.— Qurib ketsin shu dunyoning ishlari!— Qizingni Toshkand jo‘natishka ko‘n bo‘lmasa.Oftob oyim javob berish o‘rniga o‘krab-o‘krab yig‘ladi.* * *Qayin ota, qayin ona, kuyav... Bu uch burchaklik o‘lturmishdan Otabek ko‘nglida nechaturluk shubha tug‘ilmoqda edi. Bu odatdan tashqari chaqiriq nega me-hmonxonag‘a bo‘ldi?Nega Kumush bu o‘lturishka chaqirilmadi? Qayin onasi nega unga termulib boqadir?Qutidor tomonidan shu orada ul kutmagan bir savol ham tashlanib qo‘yildi.— Otabek, uyalmay, tortinmay javob beringiz; bu gal Toshkanddan chiqishingizdagiasl maqsadingiz nimaga edi?Otabek tarafidan kutilmagan bu savol uni shoshirdi va nima deb javob berishni bilmayqoldi.— O‘zim... sizlarni ko‘rish uchun.— To‘g‘risini so‘zlangiz, bek, — qutidor bu gapni yarim jiddiy qilib kulib aytdi. ChunkiOtabekni shu yo‘sun ba’zi yoqlardan ta’min etmakchi va unga bu to‘g‘rida jasoratbermakchi edi.— Aytdim-ku.— To‘g‘ri aytmadingiz...Otabek shoshqan holda edi:— Toshkanddan chiqg‘animdagi maqsadni so‘zlash sizlarga bir behuzurlik berganideko‘zimga ham og‘ir... U to‘g‘rida qat’iy bir qarorg‘a kelganim uchun sizlarga so‘zlab o‘lturishham foydasiz, — dedi.Oftob oyim eriga qarab oldi, qutidor yovoshqina bir tovush bilan so‘radi:— So‘zlash og‘irmi?— Mengagina emas, hammamizga ham og‘ir...— Agarda biz rizoliq bersamiz-chi?79

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!