13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyboyag‘idek esankirab, mutaraddid1 qolmaymiz, chunki Kumushbibi lolalar isidagi bir gul vayo yulduzlar orasidag‘i to‘lg‘an oy edi.Orada hamon boyag‘i jimjitlik hukm surar edi.Har bir majlisning jonlandirg‘uchi, idora qilg‘uchi bir-ikki qahramoni bor bo‘lganidek, buqizlar majlisi ham shunday qahramonlardan holi emas edi. Majlisni bunchalik ruhsizlanib,ma’yusiyat ichida qolishig‘a Gulsinbibi chidab turolmadi:— Biz nima uchun yig‘ildiq-da, nimaga yer chizishib o‘lturamiz! — dedi. — Biz bu yergaaza ochqali keldikmi?Gulsinning yonig‘a Xonimbibi qo‘shilishdi:— Ko‘b o‘ylashmang, o‘rtoqlar! — dedi, — baribir bu gap hammamizning hamboshimizda bor! Tur Savra! Havlig‘a olov yoqib childirmangni qizit! Anorgul, sen dutoringniol! Kumushbibi, siz uncha xayol surmang kulib o‘lturing. Baribir ertaga joysiz chekkanqayg‘in-gizdan o‘kinarsiz! — dedi-da, majlisni ost-ust kuldirib yubordi. Kumushbibi hamixtiyorlik, ixtiyorsiz bu kulgulikka tortilib, uning yovoshqina iljayishidan yoqutdek lablariostidagi sadaf kabi oq tishlari bir oz ko‘rinib qo‘ydilar.Shu gapdan keyin majliska kutilmagan bir ruh kirdi. Anorgulning qo‘lidag‘i dutor«O‘rtoqlar» kuyini tanlarga larza berib, tarona qildi. Xonimbibi qizlarg‘a qistatib o‘lturmayo‘rnidan sakrab turdi-da, o‘ynab ham ketdi. Dutor yonig‘a childirmaning chertmagi kelibqo‘shilg‘andan keyin bazm tag‘in ham jonlandi. Chapaklar ham ko‘tarildi. O‘yin qizib boraredi, uning daricha eshiklari beklanib toqchalarg‘a sham’ yoqil-g‘andan so‘ng, bazmning ruhiyana oshdi. Yel bilan o‘ynashib yong‘an sham’ nuri qizlarni allaqanday ajib holatkaqo‘ymoqda, majlis ersa «Alif laylo» hikoyalaridagi «parilar» bazmini xotirlatmoqda edi.Dutor «Ifor» kuyini chalib, childirma ham nozik yo‘l bilan unga qo‘shilisha bordi. O‘yin hambir turlik nazokat kasb etib, Gulsinbibi yo‘rg‘alay ketdi. Dutor ko‘ngilning allaqandayingichka joyini qitiqlaydir, childirma yurakni nimagadir oshiqdirib, Gulsin qizningyo‘rg‘alashi borliq a’zoni zirillatadir. Bazm juda qiziq, juda ko‘ngillik edi.Kumushbibini ham bu qiziq bazmdan boshqalardek hissa oladir, so‘yinib quvonadir,deb o‘ylanmasin, chunki vujudi qizlar bazmi ichida bo‘lsa ham xayoli allaqayoqlarda uchibyurgandek, ko‘zlari o‘ynag‘uchi qizlarda bo‘lsa ham, ammo haqiqatda boshqa bir narsaniko‘rgandek... Ko‘rinishdan natija chiqarib aytkanda, bu qiziq majlis uning uchun bazmo‘rnini emas, aza joyini tutqandek...Ikki soatlik qiziq bir bazmdan so‘ng qizlar charchadilar-da, o‘yinni to‘xtatdilar. Gulsinbilan Xonimbibi endi dutor bilan qo‘shiqqa o‘lturdilar. Gulsin o‘zining qo‘ng‘uroqdek tovshibilan «Yig‘larman» kuyidan boshladi:O‘rtoqlarim, qo‘lg‘a olsam torimni,Beixtiyor yodlaydirman yorimni!Ikkinchi qaytarib aytishda unga Xonimbibi qo‘shilishdi. Bir turlik, bir ohanglik nafis,musiqaviy tovushlar kishining borliq vujudiga, qon tomirlarig‘a ajoyib bir o‘zgarish berganedilar. Shu choqqacha mo‘ltayib, xayol ichida sho‘ng‘ib o‘lturg‘an Kumushbibi bir seskandida,qo‘shiqchi qizlarg‘a qaradi.Qizlar ikkinchi baytka o‘tdilar:Bir ko‘rinib yag‘mo1 qilg‘an ko‘nglimni,Qaytib yana ko‘ralmadim norimni!Shu vaqt kutilmagan joyda Kumushning ikki ko‘zi jiq yoshga to‘lg‘an edi. Uchunchigao‘tdilar:29

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!