13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriyoyoqlandirmoq maqsadida o‘z o‘g‘lini munda yuborg‘an ekan. Faqir sodiq qulingiz bue’vagar yigitning tevaragiga o‘z tarafdorlarini yig‘ib qurg‘an bir majlislariga rost kelib vauning Marg‘ilonga nima uchun kelganligini payqab, nihoyatsiz xavfka tushdim. Uningso‘zlari qipchoqlarni yo‘qotib, hukumatni shaharliklar qo‘lig‘a olish edi. Qipchoqlar xayrixohikamina qulingiz bu sirni ichimga yutolmay, bir necha vositalar birlan Marg‘ilon hokimiO‘tabboyga bildirdim. O‘tabboy qushbegi Yusufbek hojining o‘g‘li bo‘lg‘an mazkur Otabekbilan uning tarafdori va qayin otasi Mirzakarim otliq kishini qo‘lg‘a olib zindon qildi.Qushbegining chaqirishi bilan huzuriga hozir bo‘lib, Otabek og‘zidan nimaiki eshitkanbo‘lsam bir-bir so‘zlab berdim. Xolis shahodatim so‘ngida Otabek bilan qayin otasiMirzakarimni qushbegi osib o‘ldirishka buyurdi. Ammo O‘tabboyning kisai xiyonatigaMirzakarimning havlisidan kelib tushkan bir xalta oltinlar barobariga dor ostig‘a yetkane’vogarlarni o‘limdan ozod qildi, davlatning sodiq qullaridan bo‘lg‘an kaminai xolisnimuttahamlar yeriga zindon qilmoq va osib o‘ldirmoq bo‘ldi. Chunki kamina qulingizningsizga shikoyat qilishimdan benihoyat qo‘rqar erdi. Ammo davlatlari yori berib, sadoqatlikxizmatkorlaringizdan bo‘lg‘an Marg‘ilon qo‘rboshisining yordami birlan O‘ttaboyningchangalidan arang qutilishg‘a muvaffaq bo‘ldim...»Maktubning shu yeriga yetkanda Musulmonqul xatdan bosh ko‘tardi. Hozir uningkipriksiz qisiq ko‘zlariga o‘tlar yonmoqda edi. Qichqirdi:— Chilim!«Shundog‘ qilib sizning o‘z kishingiz bo‘lg‘an O‘tab-boy tuz haqingizni unutdi. Birhamyon oltin deb dushman-laringiz tarafiga o‘tdi. Sizning xayrixoh qullaringizdan bo‘lg‘anbiri o‘z shahrini tashlab Qo‘qon qochmoqqa va ulug‘ dargohingizga sig‘inmoqqa majburbo‘ldi. Men, xolis qulingiz o‘zimning sadoqatim evaziga bunday mukofot olg‘anim uchunqayg‘irmayman va lekin O‘tabboy va Otabek kabi xoinlarni kundan-kunga kuch olib davlatishahriyorig‘a dahshatlik bir falokat tug‘dirishlaridan qayg‘iraman. Bu maktub sodiq birqulning xolis sadoqatidan bir namunadir. Men shuning ila shoyad o‘z bo‘ynimdag‘i vazifaniado etkan bo‘lurman. Shoyad davlat dushmanlarini o‘z oyog‘laridan yitib1 ketishlarigasabab bo‘lg‘an bo‘lurman.O‘zimning bu xizmatim evaziga bir mukofot olish muddaosida bo‘lmag‘animdan vanimaiki janoblari yo‘lida mashaqqat chekkan bo‘lsam o‘zimning bir vijdoniy vazifam debbilib, bu maktubda o‘z otimni yozishg‘a ham tilamadim. Yosh xonimizga tinch va shavkatlikdavr, davlat xoinlariga o‘lim tilab bir g‘aribi bechora».Musulmonqul nihoyatda tutoqqan edi. Hozirgi borliq alamini tamakudan oladirg‘andekhudaychi keltirgan chilimga yopishdi-da, shig‘-g‘ etdirib, sarxonani sindirish darajasigayetkuzib tortdi. Og‘zidan pag‘a-pag‘a tutun chiqarar ekar, xatning mazmunini Xudoyorg‘aso‘zladi. Toshkand ustiga yuborg‘an sipohlari bilan Normuhammad qushbegini nihoyatToshkandni ololmay qaytish xabarini eshitib, so‘ng darajada ma’yusiyat ichida o‘lturganMusulmonqul uchun bu maktub yara ustiga tuz sepish qabilidan tag‘in ham alamlik bo‘libtushkan edi.— Xudaychi!— Labbay taqsir!— Mirzani chaqir! — dedi Musulmonqul, so‘ngra qo‘lidagi maktubni taxig‘a solar ekan,Xudoyorg‘a dedi:— Eshitdingizmi, o‘g‘lim! Azizbek bilan Yusufbek bizga nimalar qilmoqchibo‘ladirlar? O‘zimizning sodiq kishimiz, deb o‘g‘lag‘an O‘tabboy ham dushmanlarimiz bilanbirgalashib boshlag‘an... Xayr qo‘llaridan kelganni qilib ko‘rsinlarchi, biz ham mundan keyino‘shandoq ko‘rnamaklar bilan qiladirg‘an muomalamizni bilarmiz.O‘z saltanatiga raxna solishdan iborat bo‘lg‘an bu xabarlardan Xudoyorxonningmutaassir bo‘lg‘anlig‘i belgusiz, ul bu gapni eshitmasdan ilgari qanday bo‘lsa, hozirda hamshu holda o‘zgarishsiz edi. Musulmonqulning yonib turg‘an, o‘tdek tutoqib so‘zlag‘an gapinisukut bilan kechirmaslik uchungina bo‘lsa kerak quruq va shirasiz qilib:63

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!