13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriykela olmag‘anlig‘i sirrini onglar edim. Bu yosh farishtani bu holda qoldirishg‘a ko‘nglimbo‘lmadi va dedim:— Qolg‘anini qachon olib kelasiz? — Bunga ham tez javob bermadi va javobsizlik bilanyana o‘z holini menga arz qilg‘andek bo‘ldi.— Pul topqanda keltirasizmi? — dedim-da, uning javobini kutmay qo‘liga shohinitutqazdim. Qiz menga ishonmay boshlag‘an edi:— Menga ishonasizmi?Men ishonch bildirib o‘lturmadim:— Uyingiz qayerda?— Ch... mahallasida.— Kimning qizisiz?— Sharif miltiqchining qiziman.— Otangiz qarib qolg‘anmi?— O‘lgan. Onam bor.— Akangiz yo‘qmi?— Yo‘q. Bitta kichkina o‘g‘ul ukam bor.— Ismingiz nima?— Saodat.Shundan so‘ng Saodatni shohi bilan jo‘natib yubordim. Saodat maning bu ishimgaishonmayg‘ina chiqib ketdi. Xalva shogirdlar: «Tuziksiz-ku usta», deb menga pichingotishdilar. Ammo men Saodat uchun har bir og‘irliqni ko‘targundek ko‘rinar edim...Uy egasi bo‘lg‘an usta Alim hikoyasini to‘xtatib, Otabekdan so‘radi:— Hikoyam uzayib ketdi shekillik, zerikdingizmi?Otabek uni ortiqcha bir e’tibor bilan eshitar edi, sarxushchasiga:— So‘zlay beringiz, — dedi.Usta Alim davom etdi:— Menga uch tanganing ahamiyati yo‘q edi. Ammo Saodat bilan bog‘lanib turishimuchun bu uch tanga ming tanganing ishini qilar edi. Oradan o‘n kunni o‘tkuzib, uch tangabahonasi bilan Saodatning uyiga bordim. Saodat xolasining uyiga ketkan ekan, onasig‘ao‘zimni tanitib, devor orqaliq anchagina so‘zlashdik: eri o‘lib erkaksiz qolg‘andan, ip yigiribovqat o‘tkarganidan va qizining kengashmasdan shohi buyurg‘anidan hasrat qilib ketdi;so‘zining oxirida yana bir hafta kutib turishimni iltimos qildi. Bir haftadan so‘ng aloqani uzibqo‘yish maning tinkamni quritaturg‘an bo‘lg‘ani uchun ishni boshqa rejada yurgizmakchibo‘lib aytdim: — O‘zingiz ip yigirib, kun ko‘rib turgan bo‘lsangiz, sizga uch tanga emas, uchpul berish ham og‘ir ekan, agarda sizga ma’qul bo‘lsa ko‘nglimga bir gap keladir,shundoqki, siz erkaksiz bo‘lg‘aningizdak, men ota-onasiz yolg‘iz yigitman.. Ko‘pincha kiryuvdirish va yirtiq-yamoq vajhlaridan qiynalaman. O‘sha sizdagi pul evaziga bir necha vaqtkir-pirimga qarab, yirtiq-yamog‘imni yamab bersangiz, qandoq bo‘lar ekan... Kampir buso‘zimni mamnuniyat bilan qabul qildi va ertasi kunga kirlarimni olib kelish uchun Saodatniyubormoqchi bo‘ldi. Shundoq qilib bu kun bog‘lanishni yaxshi asoska qurib qaytdim.Ertasiga Saodat kelib kirlarimni olib ketdi. Uch kundan so‘ng yuvilgan kirlarni keltirib,to‘quv do‘konimning yonida anchagina qarab o‘lturdi. Men uning kelishi uchun har haftapanjshanba kunini belguladim. Kundan-kun Saodatka qattig‘roq bog‘lana borg‘animnionglar edim, panjshanbani hayit singari qarshilar edim. Oradan uch-to‘rt hafta o‘tkandanso‘ng qo‘lig‘a «oyingga eltib ber» deb yigirma-o‘ttiz chaqa pul ham berdim. Saodat bilanaloqa qilg‘animning to‘rtinchi oyida ramazon hayiti keldi. Fitir ro‘za bahonasi bilan Saodatuchun sakkiz tepki xon atlas, onasi bilan ukasiga bo‘z ko‘ynak qilib, Saodatlarning uyigao‘zim chaqirib bordim. Saodat meni yo‘lakdan qarshiladi va gunohsizcha qo‘limdan tutibichkariga boshladi. Men: — Saodat, esingni yedingmi, onang mendan qochmaydimi?—dedim. Saodat tortishida davom etib:107

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!