13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyOtabek qaytib o‘lturmadi va havlining o‘rtasidan turib uzr aytdi:— Rahmat, usta, men bu kun oshig‘ich yurib, ertalab jo‘nab ketgan yuklarning ketidanyetib olmasam bo‘l-maydir.— Oshni tashlab ketsangiz xafa bo‘laman, qirqqa chidagan qirq biriga ham chidayoladir.— O‘lturing-o‘lturing, mehmon, — dedi usta Farfi.— Oshg‘a savzi bosildi — pishdi!— Men ustaning oshini birinchi martaba yeb yot-qanim yo‘q, agar savdogarchilik omonbo‘lsa, har o‘n besh kunda bir kelib ustaning jonig‘a ham tegaman, — dedi Otabek vaboqchag‘a qarab yuriy berdi.Usta Alim oshg‘a savzi bosish bilan ovora edi:— Men sizni zo‘rlamayman, lekin yo‘l ustida qorningiz ochib qolsa, o‘zingizdano‘pkalang, — dedi.Otabek maydonda otini supirib egarlar ekan, maydonning g‘arbidagi xaroba uyningdevoridan bir bosh ko‘tarilib munga qarab turar edi. Mundan uning xabari bormidi, yo‘qmi,lekin ul bu tomong‘a qaramasdan otini egarlash bilan mashg‘ul edi. Ul egarlanib bo‘ling‘anotini havlig‘a qarab yetaklay boshlag‘anda, havliga qarab turg‘an bosh ham devordanquyig‘a tushib yo‘qoldi. Ul otini havlining o‘rtasig‘a qantarib qo‘yib ayvondag‘i xurjun vapo‘stunini olar ekan, usta Farfi bilan xayrlashdi. Otni Sayfi yetaklagani holda usta AlimOtabekni ko‘chaga uzatib chiqdi va uning qo‘ltug‘idan olib otka mindirar ekan, o‘pkalashohangida dedi:— Oshni tashlab ketkaningizni unutmang, bek.Otabek egarga o‘lturib olg‘ach so‘radi:— Xafa bo‘ldingizmi?— Nega xafa bo‘layin, ammo yo‘lda ochiqib qolishingiz uchun sizga achinayotibman.— Tayyor oshni tashlab ketib, yo‘lda ochliqdan qiynalishimni o‘zim ham tushunibturibman, usta, — dedi Otabek va, — biroq tuyakashlar bilan Andijonda bu kungauchrashish uchun va’dalashkan edim, ularga yetib olib yo‘l xarajatlar uchun bir oz aqchabermasam, ya’ni o‘z rohatimni ko‘zlab sizni oshingizni kutib qolsam, besh kishini ko‘ra-bilaturib och qo‘yg‘an bo‘laman.Usta Alim otning jilovidan qo‘lini olib so‘radi:— Andijon o‘tkan kezlaringizda yo‘l ustidan kirib turishka va’da berasizmi?— Bo‘lmasa-chi, — dedi Otabek, — shu o‘n besh kunning ichida sakkiz tepki atlasdanloaqal ikki ko‘ra yig‘ib qo‘yingiz, yodingizdan chiqarmangiz!— Yodimda bor, xotirjam’ bo‘lingiz!— Xayr, xo‘sh!— Yaxshi qol, Sayfi!Saman yo‘rg‘a yo‘lga tushdi, chovig‘a odatdan tashqari bir-ikki qayta kelib tushkanachchig‘ qamchi zarbi bilan bir onda ko‘zdan g‘oyib bo‘lib ketdi. Otabekni uzoqlatib ustaAlim uyga kirgan ham edi, Jannat opaning eshigi ochildi-da, Sodiq ot yetaklagan holdachiqib keldi. Ul otqa minar ekan, eshik ichida ko‘ringan Homid — «tezroq!» — degan amrniberdi. Sodiq ham Otabek izicha otini haydab yubordi...Usta Alim Otabekni kuzatib kelib, ayvon peshonasiga o‘lturar ekan:— Tabi’ati juda qiziq yigit-da, — deb qo‘ydi.Usta Farfi so‘radi:— Bu yigit bilan qanday oshnalig‘ingiz bor?— Men sizga o‘zog‘i yili bir yigitning Homidning darbozasida adashib yurganligini vamen bilan birga havlig‘a kelib bir kun yotib ketkanligini so‘zlab edim shekillik?— Ha, ha, hali o‘sha yigit shumi?128

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!