13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

You also want an ePaper? Increase the reach of your titles

YUMPU automatically turns print PDFs into web optimized ePapers that Google loves.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyKumush hamon yuqorida aytilgan bir ma’nonigina ifoda qilmoqchi bo‘lar edi. AmmoOtabek Kumushning to‘sindan o‘zgarib ketkan xarakter qat’iyatiga va bir kundayoq,bunchalik masofani o‘tkan keskinlikka juda taajjubda, qarshisidag‘ining suratida emas,siyratida1 qiziq bir o‘zgarish ko‘rar edi.— Maqsadingizga yaxshi tushunaman, — dedi oxirda,— har jihatdan qaralg‘anda hamsiz bu to‘g‘rida haqlisiz. Ammo o‘shang‘acha... balki buni o‘zingiz his etarsiz, debo‘ylayman...Kumush indamay qo‘ydi. Ehtimolki, ul keyingi masala to‘g‘risida erining fikrini bilibqo‘ymoqchi edi...13. ESON BO‘LSAQ KO‘RISHARMIZToshkandga kelishning yigirmanchi kunidan qutidor Marg‘ilong‘a qaytish fikriga tushdi.Hoji va Otabeklar yana bir necha hafta qolishg‘a qistasalar ham, bo‘lmay uzr aytdi: «Uyyolg‘iz, faqat To‘ybeka bilan Oysha ona; hollari nima kechti, nima qo‘ydi ma’lum emas.Boshqa tarafdan o‘zimning savdo ishlarim ham o‘lda-jo‘lda, shunchalik mehmon bo‘ldiq.Bas, qilg‘an izzat va ikrom-laringiz uchun rahmat», dedi. Hojining: «Endi kelin bolaniyubormaymiz-da», deb kulishiga — «Manim bolam emas — sizniki, u yer ham bu yer hamo‘zining uyi, janobingiz nimani muvofiq ko‘rsalar, menga ham ma’quli o‘sha», dedi. Hojibirmuncha gap aylantirib, «O‘rtadan anovi gaplar o‘tmagan bo‘lsa edi, albatta bu yerdaolib qolmas, zeroki, sizning bag‘ringizni bo‘sh qo‘yish insofdan bo‘lmas edi. Agar sizga og‘irtushmasa yurtdagi gap-so‘z bosilg‘uncha birar yil Toshkandda tur-sin, so‘ngra Marg‘ilonborsin, derdim», dedi. Qutidorg‘a ham bu mulohaza juda ma’qul tushib «bu mulohazalaribeandoza to‘g‘ri, albatta munda birar yil turishi lozim va lobid!» deb javob berdi.Kumushning Toshkandda qolishig‘a otasi shunday yovosh qaradi, bu to‘g‘rida Oftoboyimning fikr va rizolig‘i bilan hisoblashish emas, hatto uni ko‘ngliga ham kelturib ko‘rmadi.Holbuki Marg‘ilondan chiqishda Oftob oyimning «Kumushni Toshkandda qoldirmaysiz!»deb qo‘yg‘an birinchi shartiga qayta-qayta qo‘l qo‘yg‘uchi shu qutidor edi. So‘znicho‘zmoqqa hojat yo‘q: erlarimizning Oftob oyimlarg‘a qarashi hamisha shundan boshqaemas.Qaytish xabari Oftob oyim qulog‘ig‘a yetishkandan keyin uning avvalg‘i uchrashishi qizibilan edi. Chunki eriga qarag‘anda ham ko‘broq ixtiyorni qizida bo‘lg‘anini yaxshi bilar edi.Shu xabarni Hasanalidan eshitishi ila to‘g‘ri Kumushning yonig‘a kirdi:— Kumush, — dedi kulimsirab, — qaytar emishmiz, dadang aytibtilar.Kumush qo‘lida nimadir tikib o‘lturg‘an edi. Ko‘zini ishdan olmadi:— Qaytsalaringiz, xayr-xo‘sh.Bechora ona qizining louboli1 bu gapidan bo‘shashib ketdi va ne zaylda o‘lturibolg‘anini bilmadi:— Nima deysan?Kumush iljayib onasig‘a qarab qo‘ydi, yana ishini tika berdi:— Ketsalaringiz xayr-xo‘sh.— Sen-chi?— Men qolaman.Oftob oyim tushunolmay qizig‘a bir necha vaqt tikilib turdi. Kumush unga qaramaynina sanchar edi.— Hazilingni qo‘y.— Hazilim emas — chinim.— Uyat emasmi?Kumush kuldi:— Nega uyat bo‘lsin?193

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!