13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Marg‘ilonga nima yumish bilan kelgan edingiz?— Savdogarchilik bilan, taqsir.— O‘zingiz yolg‘izmi?— Bir kishim bor edi.Qushbegi qo‘lidagi ro‘yxatka qarab oldi va davom etdi:— Hasanali kim bo‘ladir?Otabekdagi boyag‘i tushunmaslik bir shubhaga alishindi. Ammo parvosizcha javobiniberaverdi:— Qulimiz bo‘ladir, Toshkanddan kelgandagi yo‘l-doshim shu siz aytkan Hasanali edi.— Hasanali bu kunda qayerda?— Marg‘ilonda.— Siz bilan birga turadimi?— Yo‘q. Saroyda bir muncha mollarimiz bo‘lar edi, saroyda mollarg‘a qarab turadir.— Bu kishi kimingiz?— Qayin otamiz.— Ko‘bdan berimi?— Bu kun sakkizinchi kun...— Ilgari o‘zingiz uylangan edingizmi?— Yo‘q.— O‘zingiz toshkandlik bo‘laturib nima majburiyat ostida Marg‘ilondan uylandingiz?Bu savoldan Otabek bir oz o‘ng‘aysizlanib to‘xtadi. Ammo bu o‘ng‘aysizlanishdanqushbegining oldida boshqa bir haqiqat ochilg‘andek bo‘ldi:— Javob beringiz.— Taqdir, taqsir.Qushbegi bir oz o‘ylab olib yana savol berdi:— Marg‘ilonda kimlarni taniysiz?— Marg‘ilonda uch-to‘rt kishidan boshqa odamni tanimayman.— Akram hojini tanirsiz?— Taniyman. Uning bilan bir necha majlislarda o‘lturishkan edim.— Bu kunda Akram hoji oshnangiz qayerda?— Bilmadim, taqsir, — dedi va qayin otasig‘a qaradi.Qutidor javob berdi:— Akram hoji bu <strong>kunlar</strong>da Andijonda bo‘lsa kerak, taqsir.— Xo‘b. Otabek, siz javob beringiz: Akram hoji bilan bo‘lg‘an majlislaringiz kimnikidaedi?Otabek bunday so‘roqlarning bekorga emasligini payqab, buning tegida qanday bo‘lsaham bir gap borli-g‘ig‘a ishondi:— Birinchi majlisimiz mundan bir oy chamasi burun Ziyo aka deganning uyida,ikkinchisi (qutidorg‘a imo qilib) bu kishinikida bo‘lg‘an edi. Shu majlislarda Akram hoji hambor edi.— Ziyo akanikida bo‘lg‘an majlisingizga kimlar ishtirok qildi?— Men, Ziyo shohichi, bu kishi (qutidor), — dedi va bir oz o‘ylanib oldi, — Ziyoakaning o‘g‘li — Rahmat, Akram hoji, Hasanali, Homid ismlik yana bir kishi.Homid ismini eshitkan qo‘rboshi tasdiq qilg‘andek bir harakat yasab qo‘ydi. Qushbegiqo‘rboshig‘a yer tegidan ko‘z yuborib oldi-da, davom qildi:— Ikkinchi majlisingizda kimlar bo‘ldi?— Ikkinchi majlisimizda boyag‘i kishilargina bo‘ldi. Faqat Homid yo‘q edi.— Boya, Marg‘ilon kelganimga necha kun bo‘ldi, dedingiz?— Qirq <strong>kunlar</strong> chamasi.39

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!