13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla Qodiriy— Ota, siz yugurib tabibga boring-chi!Hasanali ishini tashladi:— Nima gap?— Keliningiz boyadan beri qusar emish.Hasanali tabibga yugurdi. Otabek qaytib uyga kirdi. Chaqaloqni Zaynab ko‘targan,Kumush hamon qus-moqda... Kumush holsizlanib o‘zini yostiqqa oldi. Qovoq ostlariko‘kargan, yonig‘a kelgan Otabekka ham qaramoqqa majolsiz edi.— Tuzikmisiz?— Ko‘nglim.Otabekning hamma badani titrab ketdi, shundog‘ bo‘lsa ham o‘zini qattig‘ ushladi:— Qatiq ichirib ko‘rdingizmi? — dedi onasig‘a.— Yo‘q.— Qatiq buyuring!Oybodoq qatiq keltirguncha Kumush yana jomga intildi. Bir-ikki o‘qchib qusqandankeyin, Otabekning qo‘lidag‘i suv bilan og‘zini chaydi va piyoladagi qatiqdan bir-ikki ho‘plab,o‘zini yostiqqa tashladi. Harorati kuchlik, yurak urishi favqulodda tez edi. Otabek uningmanglayini qo‘li bilan bosib ushlagan edi, bir oz tinchigandek bo‘ldi. O‘zbek oyimburchakda bola ko‘tarib o‘lturgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni to‘kib kelishkabuyurdi. Otabekni manglayida turg‘an qo‘li qizib ketib, ikkinchi qo‘lini almashdirishg‘amajbur bo‘ldi. Manglayida sovuqliq his etib Kumush ko‘zini ochdi.— Ko‘nglingiz bosildimi?Kumush javob o‘rnida yostiqdan qo‘zg‘aldi. Jom yo‘q edi. Otabek shoshib tokchadag‘ixitoyi norin tovoqni oldi. Kumush qusdi. Bu gal qusuq boyag‘i qatiq aralash ko‘kimtil vasarg‘imtil narsalar edi. Og‘zini chayg‘andan keyin Otabek qatiqni taklif qilg‘an edi, ichmadiva o‘zini yostiqqa otdi...Tabib keldi xabarini eshitib, Otabek jonlang‘andek bo‘ldi. Uy eshigiga jom ko‘taribkelgan Zaynab keyiniga qaytdi. O‘zbek oyim ham chaqaloqni ko‘tarib uydan chiqdi. Otabektabibning hurmatiga turishni unutib Kumushning manglayini bosqancha o‘lturar edi. TabibOtabekdan voqi’ani so‘rab bilgandan so‘ng Kumushning tomirini ko‘rib labini tishlab qoldiva tovoqdag‘i qusuqni hidlab qaradi:— Bu kun nima xo‘rak qilg‘an ekan?— Atala.— O‘sha taomdan bir oz qolg‘ani bormikin?— Bor! — dedi Otabek va boya onasi ko‘rsatkan joydan kosani olib tabib qo‘lig‘aberdi.Tabib kosadan barmog‘ig‘a bir oz elashdirib yaladi va darrav tuflab tashladi.— Zahar ichibti!Otabek sapchib ketdi, tusi qo‘rqunch holga kirgan edi...— Bekor gap!Tabib Otabekning hozirgi holatidan dahshatka keldi...— Men hozir daf’i uchun doru yuboraman, — dedi va qo‘zg‘aldi. Otabek ham uningbilan birgalashib o‘rnidan turdi:— Zaharni kim beradi?Nima deyishka ham hayron tabib:— Man... man... o‘zingiz o‘ylab ko‘ring-chi... Man darrav doru yuboray, darrav ichiring,tuzikmi? — dedi.— Bildim, bildim! — dedi bechora Otabek. — Zay-nab, Zaynab, Zaynab... Jalab!Yuboring, yuboring, darrav yuboring!Tabib ketdi, Otabek telbalarcha yugurib Kumushning boshig‘a keldi, yuzini ochibmanglayini bosdi va o‘pdi... Kumush ko‘zini ochib kuch bilan so‘l qo‘lini erining yelkasigatashladi... Qo‘lida chaqaloq bilan O‘zbek oyim kirdi.209

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!