13.07.2015 Views

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

O'tkan kunlar - Islom Media

SHOW MORE
SHOW LESS

Create successful ePaper yourself

Turn your PDF publications into a flip-book with our unique Google optimized e-Paper software.

O’tkan <strong>kunlar</strong>Abdulla QodiriyMusulmonqulning yuzidagi boyag‘i achchig‘lar yerini bir zavqlanish vaziyati oldi.Kulimsirash ichida Otabekni kuzatar ekan:— Dav yuraging bor ekan, yigit... Hayfki, gunohing bo‘yningda1, — dedi va chaqirdi:— Jallod!Eshik yonida kutib turgan oyboltaliqlar harakatlandilar:— Xanjarimiz qonsirag‘an!Jallodlarning oldida kirgan hudaychi xong‘a arz qildi:— Toshkanddan bir chopar bor, huzuringizga kirish uchun izn so‘raydir!Xudoyor Musulmonqulg‘a qaradi. Musulmonqul ersa Otabekni jallodga topshirishuchun o‘nglang‘an tilini qisishg‘a majbur bo‘ldi. — Kirsin! — dedi va o‘zidan amr kutibturgan jallodlarga: — Bir ozdan so‘ng, — dedi, chiqib turmoqqa ishorat qildi. Negaki,choparning Toshkanddan bo‘lishi bu hukmda bir oz shoshmasliqni istar, chopar vositasibilan ham bu hukm ehtimol haqlik bir hukm bo‘lib chiqar va Musulmonqul ham loaqal o‘zumrida bir martaba bo‘lsa-da, o‘rinliq qon to‘kkan bo‘lar edi.Otabek garangsigansumon devorga suyangan, mundagi allaqanday ma’nolarnionglatqan taxt, toj, xon, bek kabi lash-lushlar uning ko‘z o‘ngida qora pullik qadruqiymatsiz... To‘g‘risi ul ajib bir tabi’atka kirgan, uning vujudi quruq va hissiz... Yo‘q, ulsezsa-da, bilsa-da, go‘yo oyog‘, qo‘li bog‘lanib bo‘g‘izlanishga hozir-langan bir qo‘y kabiqayralayotgan pichoqqa butunlay parvosiz, qo‘rquvsiz tomosha qilar edi. Bu turmish, buhokimiyat, cheki ko‘rinmagan bu qorong‘iliq... uning uchur sira qiziqarliq emaslar: ul yo‘qedi — tinch edi, ul keldi — tinchimadi, ul yana yo‘q bo‘lsa ehtimol yana tinchir edi. Manashuning uchun ham ul bezraygan edi. Faqat... faqat shu turmishdagi biravgina uningko‘nglidan tezroq yuvilmas va yuvilishi ham qiyindek... Nihoyat, bundan ham qutilg‘andekbo‘ldi. Ammo... ammo so‘ng nafasida uning bilan vido’lashsa, bo‘g‘zig‘a xanjar botar ekan,uning yuziga qarabqina ko‘zi nursizlansa... Uning hamma orzusi shu edi hozir.Hudaychi choparni boshlab kirdi. Chopar nomani tiz bukib Xudoyorg‘a topshirg‘ach,orqasiga qaytib, ko‘zini devordagi bezrayganga tashlamasunmi... Ul o‘zining xon huzuridabo‘lg‘anini ham unutdi-da, o‘zini Otabek ustiga tashladi, Toshkand choparining bukutilmagan harakati xonni, Musulmonqulni, qushbegi ham hudaychini va olding‘i zoldao‘lturgan a’yonni bir hayratda qoldirg‘an edi. Otabekning tasallo berishi bilan Hasanaliundan qo‘l tortdi ersada, biroq undan hayajon, yig‘i hali arimagan edi.— Adab! — deb qichqirdi Musulmonqul, so‘ngra o‘ziga qarab qo‘l bog‘lag‘anHasanalidan so‘radi, — sen kimning chopari?— Normuhammad qushbegining.— Qayerdan?— Toshkanddan, taqsir.Musulmonqul taajjub ichida o‘ziga Xudoyor tomo-nidan uzatilg‘an nomani oldi. Ochibkishi eshitarlik qilib o‘qudi:«Yosh xonimizg‘a va padari arus shahanshohi Musulmonqul bahodir huzurlariga. Yoshshohimizning baxt va tole’lari ruhsiz tanlarimizga qayta boshdan ruh, ma’yusko‘ngillarimizga qaytib chiqmasliq umid bag‘ishladi. Faqir qullari mundan to‘rt <strong>kunlar</strong> ilgariToshkanddan sipohlar bilan umidsiz qaytishga majbur bo‘lib, ul to‘g‘rida huzurlariga xabarham yuborg‘an edim. Shu holda biz sipohlar bilan Kirovchi yaqinig‘a yetkan ham edik,orqamizdan bir chopar Toshkandda Azizbekka qarshi isyon boshlang‘anini, bizni ko‘makuchun Yusufbek hojining Toshkandga chaqirg‘anlig‘ini so‘zlab, uning ismidan bir maktubberdi. Men darhol sipohlarni Toshkand qaytishga buyurdim-da, xabar olg‘ani ikkinchi kuniToshkandga yetdim. Biz Toshkandga kirganda Yusufbek hoji boshliq olomon Azizbeknio‘rda ichiga qamab yotar ekanlar. Olomon, ayniqsa, Yusufbek hoji bizni juda yaxshiqarshiladilar. Biz borg‘andan keyin o‘rdaga bosib kirdik-da, Azizbekni ushlab oldiq. Boshdamen Yusufbek hojini balki, Toshkand bekligi uchun ta’malanur deb o‘ylag‘an edim. Ammo67

Hooray! Your file is uploaded and ready to be published.

Saved successfully!

Ooh no, something went wrong!